Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1,2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
qutqaruvchi vosita sifatida ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida elektron sigaretalar sotilayotgan bo‘lishiga qaramay elektron sigareta ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uning inson salomatligi uchun bezarar ekanligini uqtirishga, ishontirishga harakat qilsalarda, o‘zlari chekishga butunlay qarshi chiqadilar. nikotinga qaramlik masalasi keskin turgan qator xorijiy davlatlarda tamakisiz aralashmalarni chekish ham odatdagi tamakini iste’mol qilish kabi xavfli degan ilmiy xulosaga kelingan va ayrim xorijiy davlatlarda tamakidan holi muhit to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan. Jumladan, jamoat joylarida chilim chekish germaniya, italiya, Avstriya, Belorussiya, Fransiya, Shvetsiya, Ukraina, Qozog‘iston, Birlashgan Arab amirligi, Quvayt va boshqa davlatlarda taqiqlangan va jarima sanksiyalari belgilangan. Shuningdek, Braziliya, kanada, Daniya, Turkiya, Norvegiya, Avstraliya, Urugvay, iordaniya, italiya, Birlashgan arab amirligida 2013- yildan boshlab elektron sigaretalarni reklama va realizatsiya kilish taqiqlangan. Taylandda esa elektron sigaretlar va ularning analoglarini olib kirish, foydalanish, saqlash va olib yurish taqiqlangan. Rossiya Federatsiyasida 2013-yildan boshlab shakli va rangi bo‘yicha tamaki mahsulotini eslatuvchi eletron sigaretlarni sotish ma’n etilgan. Ayrim davlatlar qonunchiligida huquqbuzarlarni axloq tuzatish ishlariga ham yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Mamlakatimiz qonunchiligida ham jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning sog‘lig‘ini chilim va elektron sigaretalarning zararli ta’siridan, u bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilish shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. 2018- yil 2- iyulda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonuni fikrimizning isbotidir. yoshlarning zararli illatlarga qaramligini oldini olishda iste’mol qilayotgan mah- sulotining tarkibi va uning zarari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar berish va uning oqibatlarini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois qonunda “chilim”, “chilim uchun tamakisiz chekish aralashmasi”, “chilim chekish uchun damlama”, “chilim uchun chekish toshi”, “elektron sigareta” kabi asosiy tushunchalarga ta’rif beriladi. Jumladan, “Chilim” – tamaki chekish yoki tarkibida tamaki bo‘lmagan chekiladigan qorishma (tutatqi qiyom, tutatqi tosh) iste’mol qilish uchun qo‘llaniladigan asbob bo‘lib, unda aerozol (bug‘) yoki tutun suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali o‘tadi 8 . “elektron sigareta” esa nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazish vositasi sifatida foydalaniladigan, nafas olib yutish uchun mo‘ljallangan aerozol (bug‘) hosil qiladigan elektron moslama, deya ta’rif beriladi. Chilim chekish jarayonida is gazidan tashqari katta miqdorda og‘ir metallar va turli xil kimyoviy birlashmalarning organizmga tushishi onkologik, yurak qon-tomir, o‘pka va nafas yo‘llari kasalliklariga, asab va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishiga, jinsiy va reproduktiv qobiliyatning susayishiga olib kelishi, tish milklari patologiyasini keltirib chiqarishi kuzatilgan. elektron sigaret chekish davomida paydo bo‘ladigan bug‘li-tutunli aralashma kuchli kanserogen ta’sirga ega bo‘lib, nafas olish organlari va immun tizimiga jiddiy putur yetkazadi, teri kasaliklarini keltirib chiqaradi. Eng achinarlisi, homilaning vaqtidan oldin, kam vazn bilan tug‘ilishi natijasida chaqaloqlar 8 O‘zbekiston respublikasining “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonuni. // Xalq so‘zi gazetasi, 2018-yil 3-iyul, №133 (7091). 19 o‘limi ko‘payadi. Balog‘at yoshida bunday mahsulotlarni iste’mol qilish esa bepushtlikka olib keladi. Qonunda chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari tarkibi aniqlashtirilgan bo‘lib, ular quyidagi obyektlardir: – statsionar savdo obyektlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari bundan chilim va elektron sigaretalar chekish uchun maxsus ajratilgan xonalar mustasno; – kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun mo‘ljallangan boshqa yopiq inshootlar; – klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa ko‘ngilochar (bo‘sh vaqt o‘tkaziladigan) joylar; – muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar; – mahalliy hamda uzoqqa qatnaydigan poezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlari), daryo kemalari, shahar, shaharlararo va xalqaro qatnovdagi avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar va shahar elektr transporti, havo kemalari; – yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari; – aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil va suv transporti bekatlarining binolari; – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning binolari; – sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari; – ish o‘rinlari bo‘lgan xonalar; – ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari shuningdek, uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari; – xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqalar jamoat joylari hisoblanadi. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, korxonalar (muassasalar), ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki orqali yoshlar tarbiyasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini ta’min- lanlash ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga yoshlarni ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida chilim va elektron sigaretalarni targ‘ib etish, ya’ni chekishni rag‘batlantiruvchi, shaxsda ularni iste’mol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g‘oyalar, qarashlar va badiiy obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar qonun bilan taqiqlanadi. Mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida jamoat joylarida yoshlar o‘r- ta sida chilim va elektron sigaretalar chekish keng tarqalishining, chekmaydigan fuqa- rolarning huquqlari himoyasini ta’minlashga yoki tamaki tutunidan zaharlanishning, chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning, shuningdek, guruh bo‘lib chekish oqibatida yuqish xavfi bo‘lgan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga erishiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur qonun bilan belgilangan jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash orqali ko‘zlangan natijaga erishish, jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish uchun har bir fuqaro jamoat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling