Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
O‘quv fanlariga ajratilgan soatlar
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
O‘quv fanlariga ajratilgan soatlar
Sinflar Rus tili Matematika Yangi til Turkiy Tarix Jamiyatshunoslik Fizika Geografiya Dinshunoslik tarixi Rasm Jismoniy tarbiya Musiqa Qo‘l mehnati Jami 1 8 6 - - - - - - 1 1 3 1 1 21 2 7 6 - - 2 - - - 2 1 3 1 3 25 3 8 6 - - 2 - - - 2 1 3 1 3 26 4 5 5 - 3 2 - - 2 3 3 3 1 3 30 5 5 5 4 3 2 - - 2 2 2 3 1 3 32 6 5 5 4 3 3 - 2 2 2 2 3 1 3 35 7 5 6 3 3 3 2 2 2 3 1 3 - 3 36 yuqorida taqdim etilgan dars jadvalidan ma’lum bo‘ladiki, bu davrda ruslashtirish siyosati tufayli o‘quv rejasida rus tili darslarining salmog‘i juda katta bo‘lgan. Turkiy til ya’ni, o‘zbek tili mahalliy aholi uchun ona tili bo‘lishiga qaramasdan, uni o‘rgatish 4 sinf- dan boshlanib, 4-7 sinflarning har biri uchun atigi 3 soatdan vaqt ajratilgan. Bunday sha- roitda esa ona tilining ichki imkoniyatlari va yozuv xususiyatlarini o‘quvchilarga batafsil o‘rgatish mumkin emas edi. 1919-20-yillarda yangi tipdagi sovet maktablarida o‘quv qo‘llanmalariga katta eh- tiyoj mavjud edi. Ushbu muhtojlikni bartaraf etish maqsadida, shu davrda o‘zbek tilida “Boshlang‘ich geografiya” o‘quv qo‘llanmasi, “Turkiston” (tarix va geografiyani o‘qitish uchun qo‘llanma), arifmetika darsligi, Qori niyoziyning “Tabiatning bir bo‘lagi” (tabiats- hunoslikni o‘qitish uchun qo‘llanma), shuningdek, alifbolar va o‘qish kitoblari ham chop etildi. 1919-yil Samarqand viloyat xalq maorif inspeksiyasi Toshkent Davlat nashriyotiga yozgan xatida quyidagi darsliklarni Toshkent Davlat nashriyotdan sotib olish istagini bil- dirgan. Samarqand viloyat maorif inspeksiyasi uchun: 4 O‘sha manba 119 Sovg‘a – 1500 dona. (O‘zbekcha) “O‘qish” 1-qism – 300 dona. (O‘zbekcha) “O‘qish” 2-qism – 250 dona. (O‘zbekcha) “O‘qish” 3-qism – 250 dona. arifmetika(o‘zbek tilida) – 400 dona. grammatika(sarf) i. – 150 dona. grammatika(naxu) ii. – 150 dona. Talabnomada, jumladan: “Ushbu darsliklar 3000 rubl atrofida bo‘lishi kutilmoqda, darsliklar olish uchun hisobimizda 2986 rubl miqdorida kreditimiz borligini inobatga ol- gan holda, buyurtma qilingan darsliklarning narxini chiqarib berishingizni, agar mavjud mablag‘ yetmasa darsliklar sonini har bir uezddan kamaytirishingizni so‘raymiz. Bizning buyurtmamiz qabul qilinganligi to‘g‘risidagi va talabimiz qondirilishi haqidagi ma’lumotni olishimiz bilan pul Sizning hisobingizga ko‘chiriladi, yoki Xalq Maorif komissariatining Samarqand viloyatidagi inspeksiyangiz vakiliga ham berishimiz ham mumkin”, deya ta’kidlangan. Mazkur talabnomadan maktablarni darsliklar bilan ta’minlash darajasi ko‘p jihatdan mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lib, maktablarda alifbe, o‘qish, grammatika darsliklariga ehtiyojning katta bo‘lgani ma’lum bo‘lmoqda. Xuddi shunday buyurtmalar Jizzax, Xo‘jand, kattaqo‘rg‘on maorif inspeksiyalari to- monidan ham berilgan. respublika Davlat arxivida 1923-yilda Turkiston maktablarida o‘qitiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati saqlanmoqda. Mazkur ro‘yxatni o‘rganish asosida chiqargan asosiy xulosamiz shundan iboratki, darsliklar va metodik qo‘llanmalar yaratish tajribasi XX asr boshlarida rus va xorijiy mu- alliflardan o‘rganish natijasida bir qadar rivojlangan. XiX asrning oxiri, XX asrning boshlarida Turkistonning turli joylarida maorif soha- sida bir qadar ijobiy siljishlar ro‘y bera boshladi. Jumladan, atoqli o‘zbek olimi T.n.Qo- ri-niyozov Farg‘ona shahrida o‘zbek maktablarini tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. Bu maktablarda ona tili, rus tili, arifmetika, tabiatshunoslik, geografiya, ashula, gimnastika, qo‘l mehnati kabi o‘quv predmetlari o‘rgatilgan. Bu davrda butun Turkistondagi kabi qoraqalpoq o‘lkasida ham maktab va maorif sohasida yangicha qarashlar davri boshlandi. Jamiyatda milliy uyg‘onish, mustaqillik uchun kurashga intilish kabi g‘oyalarni ilgari surgan ma’rifatparvarlar yetishib chiqdi- lar. Shunday ma’rifatparvarlar pedagog-olim Seyfulg‘abit Majidov (1867-1938), Sidiq To‘qban o‘g‘li (1857-1917), ajiniyoz, Q.amirov, Qozi Mavlik, Muhammad idris (1869 y. tug‘ilgan), islom Bobojonov, Q.avezov (1897–1940), Q.ayimbetov, B.yergaliev, a. Dosnazarov, O.yermanov, k.nurmuxamedov, i.Bekimbetov, Jangabay Qoratay o‘g‘li, abdiqodir Bekimbet o‘g‘li, Qidirniyozlar maktablar ochdilar, ularning ayrimlari darslik va o‘quv qo‘llanmalari tuzdilar. XX asrning boshlarida Qoraqalpog‘iston maktablarida darslik va o‘quv qo‘llanma- lar yetishmagani sababli qozoq maktablari uchun yaratilgan a.Baytursinovning “alifbo”, “O‘qish kitobi” (1914) darsliklari ba’zi o‘zgarishlar bilan qoraqalpoq tiliga o‘girilib o‘rga- nilar edi, S.Majidov esa turkiy xalqlarda keng tarqalgan arab alfaviti namunasini ijodiy o‘rganib, arab harfi asosida ahmed Baytursinovning 1912-yilda qozoq alfaviti, yeshanali arabaev 1924-yilda qirg‘iz alfavitini (alifbosini) qanday ishlab chiqqan bo‘lsa, S.Majidov ham qoraqalpoq tili fonetikasiga moslashtirib qoraqalpoq alfaviti va “alifbe” darsligini yaratdi. S.Majidov qoraqalpoq xalqini savodli qilish maqsadida “alifbo”, “O‘quv kitobi”, “yeg- dalar (“kattalar savodi”) (1925) kabi maktab darsliklari va dasturlarini yaratdi. U butun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling