Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
hayoti davomida qoraqalpoq xalqining bolalariga ma’rifat, ta’lim-tarbiya berish ishi bilan 
shug‘ullangan. S.Majidov yaratgan ushbu darsliklar qoraqalpoq xalqi uchun  olamshu-
mul voqea bo‘lib, ular qoraqalpoq milliy  yozuvida chop etilgan edi.
XX  asrning  birinchi  10  yilligida  jadid  maktablarining  ko‘plab  ochilishi,  rus-tuzem 
maktablarining obro‘sizlanishiga sabab bo‘ldi. Shuni hisobga olib, chor ma’muriyati na-
zoratni kuchaytirdi va jadid maktablari sonini bir qadar qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 
1908-yilda Farg‘onada 30 dan ortiq jadid maktablari bo‘lib, ularda 3 mingta bola tahsil 
olgan. 1911-yilda 11 ta, 1913-yilda esa 9 ta jadid maktabi faoliyat ko‘rsatgan. Farg‘ona 
viloyati bo‘yicha xalq bilim yurtlari noziri O.yegorov o‘z hisobotida, yangi usul maktabla-
rida savod o‘rgatish tovush metodi bo‘yicha amalga oshirilgani, shuningdek, o‘qitishning 
o‘zi eski usul maktabidan farqli ravishda onglilikka asoslanganligini ta’kidlaydi.
XX asrda ko‘pchilik xalq ommasini savodxon qilish va ayni vaqtda yangilanayot-
gan zamonning munosib farzandlarini tarbiyalash masalasi kun tartibiga qo‘yilgan edi. 
rossiya va uning tobeligida yashovchi o‘nlab millatlarning tutqin, turg‘un hayotida ham 
qo‘zg‘alish boshlandi. Turkistonda ham qisqa muddatda o‘zbek ma’rifatchilarining butun 
bir avlodi yetishib chiqdi. 
Jadid maorifchilari mamlakat rivoji, millatning taraqqiyoti, o‘zlikni anglashda tarix va 
geografiya fanlarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar. Ular dinga emas, balki diniy 
aqidaparastlikka qarshi bo‘ldilar. Xususan, M.Behbudiy faoliyatida tarix va geografiya 
muammolarini o‘rganishga undash muhim ahamiyat kasb etdi. U barkamol shaxsni tar-
biyalashda va jamiyatni boshqarishda tarix fanining o‘rni beqiyosligini ta’kidlaydi. U “Ta-
rix va jo‘g‘rofiya”, “Turkiston tarixi”, “Sart so‘zi majhuldir” kabi asarlarida faqatgina Vatan 
tarixini emas, yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida fikr yuritgan. 
Ma’rifatparvarlar diniy va dunyoviy ilmlar orasidagi nomutanosiblikni barham topti-
rish maqsadida, yangicha usuldagi milliy maktablar yaratish uchun kurashdilar. kundalik 
turmushda yangiliklarni joriy qilishga moyillik, ularni atroflicha muhokama qilishga intilish 
kuchaydi. Turkiston o‘lkasida jonlanish, madaniy harakatchilik, milliy uyg‘onish tomon 
siljish yuz berdi. Bu taraqqiyotning asosiy negizi maktabdan boshlandi. Ma’rifatparvar-
lar maktab-maorif sohasida keskin burilish yasashga kirishdilar. O‘qitishning yodlatish 
usuli rad etildi, uning o‘rniga harf-tovush usuli joriy qilindi. Savod chiqarish favqulodda 
tezlash di, o‘quv dasturlari va darsliklar tuzildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy uyg‘onish davri ziyolilarining ma’rifatpar-
varlik harakati o‘lka xalqining tarixini o‘rganish, ijtimoiy-ma’naviy faoliyat doirasida chek-
lanib qolmay, adabiyot, san’at, shu jumladan, darsliklarga yangicha qarashni ham qam-
rab olgan edi. Ular amalga oshirgan islohotlardan dastlabkisi O‘rta Osiyoning siyosiy va 
ma’naviy hayotiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan maorif sohasidagi islohotlar hisobladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling