Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
SIFATLI TA’LIM –
BUYUK KЕLAJAK KAFOLATI 5 Ushbu suhbatda xalq ta’limi tizimida ancha yillardan beri to‘planib qolgan muam- molar ochiq-oydin aytib, ularni bartaraf etish yo‘llari va choralari ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan: “Hozirgi vaqtda respublika miqyosida 11 mingdan ortiq o‘qituvchilik lavozimlarida vakansiyalar mavjud. 66 ming nafardan ortiq oliy ta’lim diplomiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar maktablarda faoliyat yuritmoqda. Erkak o‘qituvchilar ulushi 30 foizdan ham kam. Toshkent shahrida esa bu ko‘rsatkich atigi 10 foizni tashkil etadi. Bir eslab ko‘raylik, o‘quvchilik yillarimiz erkak pedagoglar salmog‘i ancha yuqori edi. Shuning uchun, tartib-intizom ham joyida, uncha-muncha bola yurak yutib, bezorilik qi- lavermasdi. O‘g‘il bolalarda yigitlarga xos mardlik, jasorat, tantilik, bir so‘zlilik kabi fa- zilatlarning shakllanishida erkak muallimlarning roli kattaligi inkor etib bo‘lmas haqiqat. Bu muammolarning asosiy sababi, maktab ta’limi tizimidagi xodimlar oylik ma- oshining o‘ta past ekanidir. Oxirgi uch yillikni sarhisob qiladigan bo‘lsak, umumiy o‘r- ta ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik maoshi eng past bo‘lib, o‘sish sur’ati ham boshqa soha vakillari maoshlariga solishtirganda ancha quyi dara- jada”, deydi Sherzod Shermatov. Biz nega bunday ahvolga tushib qoldik? axir, bir zamonlar dunyo ilm-faniga tamal toshini qo‘ygan xalqmiz, jahon tamaddunini shakllantirib bergan millatmiz-ku! yaponiya bosh vaziriga mamlakat iqtisodiyoti qanday qilib bu darajaga yetgani haqida savol berilganida, u: “O‘qituvchilarga imperator hurmatini, bosh vazir maoshini, diplomat daxlsizligini berish evaziga shu darajaga erishdik”, deb javob bergan ekan. Mazkur suhbatda o‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoya qilish, pedagoglik kasbining nufuzini oshirishga ham to‘xtalib, shunday deyiladi: “Bugun yurtdoshlarimiz- ning 7 foizigina farzandi o‘qituvchi bo‘lishini istaydi. O‘qituvchilarning esa atigi 3 foizi o‘g‘il-qizi o‘z kasbini davom ettirishi tarafdori. Boshqa davlatlar bilan solishtirganda bu nihoyatda past, achinarli ko‘rsatkich. Masalan, xitoyliklarning 55 foizi farzandi o‘qituv- chi bo‘lishini xohlarkan. Yurtimizda esa o‘qituvchilar oylik maoshi kamligi yetmagandek, bepul ishchi ku- chi sifatida muntazam majburiy mehnatga jalb etilgan. Davlatimiz rahbari oldimizga o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishni qat’iyan to‘xtatish vazifasini qo‘yganiga qaramay, ayrim joylarda bu holat hamon davom etmoqda”. O‘qituvchi o‘zi kim? U nimalar bilan band bo‘lishi kerak? Bugungidek majburiy mehnatga umumiy o‘rta ta’lim maktablari muallimlarini jalb etaversak, ustoz-murab- biylarning maoshini oshirmasak, yana o‘sha eski hammom, eski tos: har kuni falon maktabning o‘qituvchisi, falon dekan pora olayotib qo‘lga tushibdi, degan noxush xa- barlarni eshitishda davom etaveramiz. aslida, o‘qituvchilik – katta san’at. Bu san’atga pedagog osongina, o‘z-o‘zidan erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun china- kam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushu- nadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan oshirib boruvchi, mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqiqiy vatanparvar, mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yi- cha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, ta’lim mu- assasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs. Mashhur pedagog, o‘zbek maktabi asoschisi abdulla avloniy o‘z asarlarida o‘qi- tuvchi shaxsi va uning faoliyati borasida qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. alloma, bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynashi, uning fikriy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling