“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
Uchinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviyat tug‘ma xarakterga ega emasli-
gini, u yosh avlodda ijtimoiy muhit va bunyodkor mafkuralar ta’siridagina shakllanishini
hisobga olishi;
To‘rtinchidan, ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida o‘zini yosh avlod
kamolotiga bevosita mas’ul bo‘lgan bunyodkor mafkurachi shaxs deb bilishi;
Beshinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlodda nomoddiy unsurlar hisob-
lanmish imon, e’tiqod, vijdon, sabr-qanoat va boshqa shu kabi ijobiy komponentlar
yig‘indisi bo‘lgan ma’naviyatni hosil eta olishi uchun bunyodkor mafkura mexanizmi-
dan amalda foydalana oladigan darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari
lozimdir.
Mana shundagina bugungi kun o‘qituvchi va murabbiysi o‘z vazifasi orqali inson-
larni jumladan, yangi avlod hisoblanmish o‘quvchi-yoshlarni chala – nomukammal
mavjudot bo‘lib qolishini oldini oladi hamda ulardan tom ma’noda mukammal, hazrati
insonlar yetishib chiqishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |