Ilmiy metodologik kimyo


Download 0.72 Mb.
bet1/10
Sana23.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1224710
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Geterosiklik birikmalar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY METODOLOGIK KIMYO” KAFEDRASI
KIMYO O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN



KURS ISHI


MAVZU: Geterosiklik birikmalar mavzusini o‘qitishda “Piramida’’ metodidan foydalanish


BAJARDI: Raxmatillayev Sherzod
TEKSHIRDI: To‘rayeva Habiba

CHIRCHIQ-2023


REJA:
KIRISH
I.BOB. Organik kimyo kursida geterosiklik birikmalar mavzusining yoritilishi.
1.1.Geterosiklik birikmalar haqida umumiy ma’lumot.
1.2. Besh a’zoli ikki geteroatomli geterohalqali birikmalar.
1.3.Olti a’zoli geterosiklik birikmalarning nomlanishi, struktura tuzilishi, olinishi, kimyoviy xossalari va ishlatilishi.
II.BOB.Geterosiklik birikmalar mavzusini o‘qitishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanish.
2.1. Geterosiklik birikmalar mavzusini o‘qitishda “Piramida” metodidan foydalanish
2.2. Geterosiklik birikmalar mavzusini o‘qitishda “Assisment” metodi asosida o’qitish.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarining vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib,uchinchi bosqichdagi o‘zgarishlar davom etmoqda.Bu bosqichda o‘quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish,yuqori sifat ko‘rsatgichga erishish talab qilinadi[1].
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fani 7-sinfdan boshlab o‘qitiladi.O‘quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlrini shakllantirish va bilim berish davomida uni rivojlantirib borish darslarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishni taqoza qiladi.
Ma’lumki,maktab kimyo kursida «Organik kimyo » kursi alohida o‘rin tutadi. Kimyoni keyingi bosqichlarda chuqur o‘rganish albatta,o‘quvchilarning organic kimyo kursini qanday o‘zlashtirganliklariga bo‘g‘liq bo‘ladi.
Shu sababdan ham «Organik kimyo » kursining “Geterosiklik birikmalar” mavzularini o‘qitishda turli xil interfaol metodlardan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni taqoza etadi.
Kurs ishining maqsadi.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida « Geterosiklik birikmalar » mavzularini o‘qitish samaradorligini noan’anaviy va interfaol metodlarni qo‘llash orqali oshirish.
Tadqiqot vazifalari.
-maktab kimyo kursida « Geterosiklik birikmalar » mavzularining o‘rnini aniqlash;
- « Geterosiklik birikmalar mavzularini o‘rganishda turli xil o‘qitish metodlarining mohiyatini aniqlash;
- « Geterosiklik birikmalar » mavzulari bo‘yicha noan’anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish;
Himoyaga quyidagilar olib chiqiladi:
-« Geterosiklik birikmalar » mavzulari bo‘yicha noan’anaviy darslarning senariylari;
-« Geterosiklik birikmalar » mavzulari bo‘yicha interfaol darslarning senariylari;
Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida « Aminlar » mavzularini o‘qitishning o‘ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o‘rganilib,ularni uslubiy jihatdan to‘g‘ri hal etishda noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi.
Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o‘quvchilarning « Geterosiklik birikmalar »mavzularini chuqur o‘zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.Kurs ish materiallaridan maktab kimyo o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidav tashkil topgan. Kurs ishni yozishda 18 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling