Ilmiy metodologik kimyo


Download 0.72 Mb.
bet4/10
Sana23.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1224710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Geterosiklik birikmalar

Nomenklatura
Ko‘pincha uch va to‘rt a’zoli geterohalqalar IYUPAK nomenklaturasida besh va olti a’zoli geterohalqalilar esa trivial nomlar bilan ataladi.
Geterohalqali birikmalami oddiy vakillarini nomlashda trivial nomlardan foydalaniladi va o‘rinbosarlarning holati a-,(3-,y- va hokazo harflar bilan ko‘rsatiladi.
Geterohalqali birikmalarni nomlashda maxsus IYUPAK nomenlkaturasidan ham foydalaniladi. Ayniqsa monotsiklik geterosikllarni bu sistemada nomlashda halqani kata-kichikligi, geteroatom soni, holati, tipi, to‘yinmaganlik darajasi oddiy va qisqa nomda o‘z ifodasini topadi. Bunda tegishli qo‘simchalardan foydalaniladi. Bu nomenklaturaning asosiy qoidasi quyidagicha:
1. Geteroatom tabiati old qo‘shimcha -oksa (O)-tia (S) -aza (N) bilan ifodalanadi. Diaza qo‘shimchasi geterohalqada ikkita azot atomlari borligini bildiradi. Ikkita har xil geteroatomda esa geteroatomlarning katta kichiklik tartibi O, S, NH, N rioya qilinadi. Bitta kislorod bitta azot bo‘lganda oksaza, oltingugurt va azotda tiaza qo'shimchalari qo‘llaniladi
2. Halqa katta kichikligi - ir- (3), -et (4), -al-(5), -in-(6 ) asoslarda o‘z ifodasini topadi. Eng muhim tabiiy fiziologik faol va dori moddalar yadrosini tashkil etgan geterohalqal birikmalar ularning sinflari nomlari halqadagi atomlarini nomerlash tartibi quyida keltirilgan. Geterohalqali birikmalarning nomenklaturasi aromatik birikmalar nomenklaturasiga o‘xshash. Nomlashda geterohalqaning nomi asos qilib olinib, o‘rinbosarning holati esa raqam bilan ko‘rsatiladi. Nomerlash geteroatomdan boshlanadi. Molekulada =NH ikkilamchi va uchlamchi =N- azot bo‘lganda ikkilamchi kichik raqam bilan nomerlanadi.
Besh a’zoli 1 va 2 geterohalqali geterohalqali birikmalar:


Olti a ’zoii 1 va 2 geteroatomli geterohalqali birikmalar:



3. To‘yinmaganlik darajasi suffikslar-idin (N-H toyingan naiqa)-an: (N bo‘lmaganda ifodalanadi. To‘yinganlikni ifodalashda tegishli geterohalqali birikma nomiga digidro, tetragidro, pergidro qo‘shimchalari qo‘shib hosil qilinadi. To‘yinganlik yana o‘rinbosar holatini ko‘rsatuvchi son yoniga vodorod belgisini H yozish bilan ifoda qilinadi.
4. Atomlami nomerlash geterohalqadagi geteroatomdan boshlanadi va o‘rinbosarlar eng kichik sonlar bilan ifodalanishi kerak (namunaga qarang).

Kondensirlangan halqali geterohalqalar ham ko‘pincha trivial nomlarga ega. Masalan kumarin, indol, xinolin. Sistematik nomlari halqalar nomidan hosil qilinadi, aromatik halqa benzo-, nafto-old qo'shimcha shaklida geterohalqa nomi oldida aytiladi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling