ТОSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“O‘ZBEK (RUS) TILI” KAFEDRASI
KATTA O‘QITUVCHISI
PAZLETDINOVA NAIMA PAXRITDINOVNANING
“ILMIY NUTQ USLUBI VA UNING XUSUSIYATLARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
“ILMIY NUTQ USLUBI VA UNING XUSUSIYATLARI” - Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘rinishi adabiy nutq uslubi deyiladi. Uslub orqali so‘zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi.O‘zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: rasmiy uslub, so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, ommabop uslub va ilmiy uslubdir. (Ayrim darsliklarda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi): durust, metro, ko‘k, tuzuk (so‘zlashuv uslubi); moviy, metropoliten (kitobiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |