Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi


Download 19.12 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi19.12 Kb.
#200402
  1   2   3   4

Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. Noklassik ilmiy oqilonalik obyektning tabiati bilan uni tadqiq qilish vositalari va usullarining o'zaro nisbatini e’tiborga oladi. Barcha ta’sirlami, bilishga ko‘maklashuvchi omillar va vositaiami istisno etish emas, balki ulaming roli va ta’sirini aniqlash haqiqatning tagiga yetishning muhim shartiga aylanadi.

Oqilona ongoing barcha shakllariga borliqqa mumkin qadar ko‘proq e’tibor berish xos. Agar dunyoning klassik manzarasi nuqtai nazaridan oqilonalikning predmetliligi deganda awalambor obyektning predmetliligi tushunilsa, noklassik oqilonalikning predmetliligi deganda insonning o‘zi faoliyat ko'rsatayotgan borliqqa nisbatan plastik, jo‘shqin munosabati tushuniladi. Birinchi holda biz borliqning predmetliligiga, ikkinchi holda esa, shakllanishning predmetliligiga duch kelamiz. Vazifa - ulami birlashtirish.

Oqilonalikning postnoklassik qiyofasida, oqilonalik nafaqat mantiqiy-metodologik standartlami, balki insonning oqilona, izchil harakatlari va xulq-atvorini tahlildan o ’tkazishni ham o 'z ichiga oladi. Fanda yuzaga kelgan plyuralizm g'oyasi oqilonalikni alohida paradigmalaming texnologiyalariga singdirib yuboradi. P.Gaydenko ta’biri bilan aytganda, bir tafakkur o‘mida oqilonalikning ko‘plab turlari vujudga keladi. Bir qancha mualliflaming fikriga ko‘ra, oqilonalik rivojlanishining postnoklassik bosqichi bilim nafaqat bilish vositalari, balki faoliyatning qadriyat va maqsadlari bilan ham o‘zaro nisbatlashganligi bilan tavsiflanadi.

Oqilonalikning yangi postnoklassik tipi yangi tushunchalar: chiziqsizlik, qaytmaslik, nomuvoziylik, tartibsizlik va boshqa tushunchalardan faol foydalanadi. Bu metodologik mo‘ljallami asming yangi imperativlari deb nomlash ham mumkin.




Download 19.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling