Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi


Yangi oqilonalikning cheksizligi


Download 19.12 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi19.12 Kb.
#200402
1   2   3   4
Yangi oqilonalikning cheksizligi monologizmdan voz kechilishi va polifundamentalizm, inversiyalilik, tizimlarning ochiqligi, ularni tavsiflashning tarmoqli grafigini tasdiqlovchi ko‘p sonli raqobatdosh yondashuvlarning tan olinishi reduksionizm, elementarizm, chiziqlilik tamoyillarining inker etilishi bilan bir vaqtda yuz beradi. Bulaming barchasi hozirgi ilmiy oqilonalikni cheksiz va sertarmoq qilib qo‘yadi. «Oqilonalik» tushunchasining yangi, kengaytirilgan hajmiga intuitsiya, noaniqlik, evristika hamda klassik ratsionalizm uchun an ’anaviy bo‘lmagan boshqa pragmatik xususiyatlar, masalan, foyda, qulaylik, samaradorlik kiritilgan. Yangi oqilonalikda obyekt sohasi unga «sun ’iy intellekt», «virtual voqelik», «kiborg-munosabatlar» singari tizimlar kiritilishi hisobiga kengayadi. Obyekt sohasining tubdan kengayishi uning tubdan «insoniylashuvi» bilan muvoziy tarzda kechadi. Inson dunyoning manzarasiga uning faol ishtirokchisi sifatidagina emas, balki tizim hosil qiluvchi tamoyil sifatida ham kiradi. Bu insonning tafakkuri obyektning predmetli mazmuni bilan qo‘shilib ketishini bildiradi. Shuning uchun ham postnoklassik oqilonalik - subyektivlik va obyektivlikning birligi demak. U ijtimoiy-madaniy mazmun ham kasb etadi. Subyekt va obyekt tushunchalari elementlari faqat bir-biri va butun tizim bilan bog‘liqlikda ma’noga ega bo‘ladigan tizimni hosil qiladi. Mazkur tizimda qadimiyat davridayoq ilgari surilgan inson va dunyoning ma’naviy birligi g‘oyasini ko‘rish mumkin.

Hozirgi zamon olimi o ‘z oldiga qo ‘ygan maqsadlaridan qat’i nazar olingan natijalarni qayd etish va tahlil qilishga, shu jumladan, bu natijalar dastlabki maqsadga qaraganda boyroq bo 'lishi mumkinligiga ham tayyor turishi lozim.

Borliqning hozirgi qiyofasi fan paradigmasida yuz bergan o‘zgarishlami tasdiqlaydi, olamni ko‘rishning yangicha usulini belgilaydi va dunyoning hozirgi postnoklassik manzarasining muhim elementi hisoblanadi.




Download 19.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling