Mavzu: Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
Download 429.69 Kb.
|
Zamonaviy-Iqtisodiyot.1-M-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- EQD=HI/EUD*100
Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axbotot Texnologiyalari Universiteti Axborot Xavfsizligi fakulteti Zamonaviy iqtisodiyot fanidan MUSTAQIL ISH. Bajardi: Abdurasulov AlijonMavzu: Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni.
Insonlarning talab va ehtiyojlari ko‘p va turlichadir. Biologik nuqtayi nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy boshpana bo‘lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar o‘z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko‘proq yangi tovar va xizmatlarga talab bildiradi. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idishlarda chiroyli qadoqlangan suv, salqin ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Kiyinish borasida ham avvalgi eng sodda kiyim-kechaklarni emas, balki yuqori sifatli, bejirim kiyim-boshlarga ega bo‘lishni xohlaydilar, albatta.Avvalgidek insonlar oddiy uyda emas, balki ko‘p qavatli binolarda, hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Insonlar ehtiyojining chek-chegarasi yo‘q. Shuningdek, biz o‘zimizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, sifatli ta’lim olishga, ishonchli xavfsizlikka, sog‘likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz.Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarningehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Кishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarningo‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi.Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlari xususiyatiga bog‘liq.Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi. Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi. 1. Кishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq. 2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarningo‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni EQD=HI/EUD*100ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT ! Xulosa. Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib borishi ehtiyojlarningo‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Mazkur qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilariningo‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarningo‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi.Download 429.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling