Oʻzbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti


Download 56.03 Kb.
bet1/12
Sana05.10.2023
Hajmi56.03 Kb.
#1692419
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2023 Sotsiologiya Silabus (8)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI


OʻZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI



TASDIQLAYMAN”
_______________
Rektor M.R. Boltabayev
2023 yil “___” _________
Roʻyxatga olindi: № __________
2023-yil “___” _________



SOTSIOLOGIYA
OʻQUV DASTURI


Bilim sohasi:

200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

210 000 – Sotsiologiya va psixologiya

Ta’lim yo’nalishi:

5210200 – Psixologiya (sport)


CHIRCHIQ – 2023



Fan/modul kodi
382SPOP1621

Oʻquv yili
2023-2024

Semestr
3-4

ECTS - Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
Oʻzbek/rus

Haftadagi dars soatlari
2

1.

Fanning nomi

Auditoriya
mashgʻulotlari
(soat)

Mustaqil
ta’lim
(soat)

Jami
yuklama
(soat)

Sport psixologiyasi

120/120

240

480

2.

I. Fanning mazmuni
“Sotsial psixologiya” fanimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada oʻylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, oʻzi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz oʻzimizni oʻzgalarsiz, oʻz manfaatlarimizni oʻzgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, “Sotsial psixologiya” fani shaxs va jamiyat munosabatlari qonuniyatlarini oʻrganishga bagʻishlangandir.
Faning vazifasi - “Sotsial psixologiya” fani shaxs taraqqiyoti uchun muhim boʻlgan omil va jihatlar, jumladan, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi fikrning mustaqilligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib ketishi, jamiyat normalari va ijtimoiy rollarni oʻzlashtirishi, guruhda oʻzini tutishi, professional yuksalishiga turtki boʻluvchi muhim omillar, ya’ni, ma’naviyati, mafkurasi, axborot xavfsizligi, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, shaxslararo munosabatlar va nizolar kabi qator masalalarni oʻrganadi.
“Sotsial psixologiya” fani umumkasbiy fan hisoblanib, 3-4 semestrda oʻqitiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (sportda axborot kommunikasion texnologiyalari), umumkasbiy rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, biomexanika, anatomiya va fiziologiya, sport tibbiyoti va reabilitasiyasi), umumkasbiy (umumiy psixologiya, mehnat psixologiyasi, social psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti) va ixtisoslik fanlar (sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya, sport psixologiyasi) va tanlov fanlaridan olingan bilim va koʻnikmalarni toʻldirishga yordam beradi.
Fanining asosiy maqsadi – boʻlgʻusi psixologlarga, shaxs va jamiyat munosabatlariga oid psixologik qonuniyatlarni, jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlarning shaxs ijtimoiy xulqiga ta’sir koʻrsatishini tushuntiruvchi mexanizmlar toʻgʻrisida bilim berishdir.
“Sotsial psixologiya” fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:katta va kichik guruhlar ijtimoiy psixologiyasi; shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni; etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda milliy urf-odat, an’analar va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari haqidagi bilimlarga ega boʻlishi;shaxs va jamiyat oʻzaro munosabatining turli qirralarini; zamonaviy ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiyaning tadqiqot metodlarini; milliy tuygʻular, etnik attityud va steriotipni, ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatishning yoʻnalishlarini, ommaviy madaniyatning millatga koʻrsatadigan ta’sirini bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmalariga ega boʻlishi;nazariy-metodologik jihatdan oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotga joriy etish; psixologiyasi qonuniyatlarini bilgan tarzda ijtimoiy-psixologik treninglar oʻtkaza olish; tadqiqotlarda olingan natijalarni ilmiy asoslab tahlil qila olish; sportchilarda liderga xos sifatlarni tarbiyalash malakalariga ega boʻlishi kerak.

Download 56.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling