19-Mavzu. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Kasb tanlashga individual yondashuv. Kasbga yo’llash tizimi va uning asosiy qismlari. O’quvchilarin kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyatining roli. Sinf rahbarining ota- onalar bilan ishlashi kasb maorifi sifatida. Yoshlar tashkilotlarining kasb tanlash jarayonida ishtiroki. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar kasbiy tasavvurlarni tarkib toptirish omili ekanligi.Maktabdan tashqari maxsus muassasalar kasb tanlash va kasbiy mahorat manbai sifatida.O’quv fanlarining kasbga yo’llash imkoniyatlari. Mehnat ta’limi tizimida professiogrammaning o’rni. Kasbga yo’llashda mahalliy matbuot, radio, televideniye, uchrashuvlar, kinofilmlar va boshqr vositalarning ta’siri.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, T-sxemasi, blits-so‘rov, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A2; A3; A4; A5; Q1; Q2; Q5; Q6.
III. Seminar mashgʻuloti boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar
3.1. Seminar mashgʻulotiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Psixologiya va mehnat
2-mavzu. Mehnat faoliyatini oʻrganish metodlari
3-mavzu. Kasblar klassifikasiyasi
4-mavzu. Motivasiya psixologiyasi
5-mavzu. Faoliyat psixologiyasi
6-mavzu. Jamoa va xodimlarni boshqarishning psixologik asoslari
7-mavzu. Muvaffaqiyatli ish izlash hamda ishni rasmiylashtirishning yoʻl va vositalari
8--mavzu. Kasbiy psixologiyaning nazariy va konseptual asoslari
9-mavzu. Kasbiy psixologiyaga kirish
10-mavzu. Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
11-mavzu. Kasbga o’qitishning psixologik asoslari
12-mavzu. Professiografiya (professiogramma) to’g’risida umumiy tushuncha
13-mavzu. Kasbiy faoliyatning psixodiagnostikasi
14--mavzu. Kasbiy faoliyat darajalari va ko’rsatkichlarini
tekshirish yo’llari
15-mavzu. Kasb tanlashga yo’llashning umumiy masalalari
16-mavzu. Reoriyentasiya psixologik muammo sifatida
17-mavzu. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar
18. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Seminar mashgʻulotlari davomida an’anaviy oʻqitish (oʻrgatish) uslublaridan tashqari, quyidagi innovatsion pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi: muammoli savollar qoʻyish va vaziyatli vazifalarni toʻgʻri yechish yoʻllarini topish; ekspress-intervyu; “aqliy-hujum”; “ekspress-test- savol va javob”; rollarini ijro etish oʻyinlari; “keys-stadi” – muayyan vaziyatni tanlash va ushbu vaziyatdan chiqishga oʻrgatish; oʻquv videofilmlarini namoyish etish, seminar mashgʻulotlari mavzulari boʻyicha talabalar taqdimotlari va ularning bilimlari baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |