II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgʻulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Psixologiya va mehnat.
Mehnat psixologiyasi. Mehnat faoliyati psixologiyasi. Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari. Mehnat va psixologiyaning oʻzaro munosabatlari. Mehnat, kasb, mutaxassislik.
Mehnatning funksiyalari. Mehnat funksiyalarining samarali amalga oshishini ta’minlovchi omillar. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi. Mehnatning psixologik mazmuni. Psixologik faoliyat tizimi.
Shaxs va faoliyat. Shaxs mehnat faoliyatini tushuntirishning muhim omillari.
2-mavzu. Mehnat faoliyatini oʻrganish metodlari.
Konkret faoliyatning oʻziga xos tomonlari bilan tanishishda qoʻllaniladigan ish hujjatlarini tahlil etish metodi. Faoliyat mazmuniga oid ma’lumotni vizual toʻplashda yordam beradigan ish jarayonini kuzatish metodi. Mehnat jarayonining ayrim koʻrsatkichlarini baholashda qoʻllaniladigan xronometraj metodi. Mehnat egasidan faoliyati bilan bog’liq yozma yoki og’zaki ravishda ma’lumotlarni olishda foydalaniladigan soʻrov (anketa, suhbat, ekspert baholash) metodi. biografik metod. Faoliyat shart-sharoitlarini oʻrganishga qaratilgan fiziologo-gigiyenik metodlar. Mehnat subyektining ayrim psixologik xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladigan tajriba (tabiiy va laboratoriya ) metodi.
Professiografiya metodi. Professiogramma tushunchasi. Professiogrammaning tarkibiy qismlari: psixogramma va trudogramma. Shaxsning faoliyatda yuksalishida akmeogrammaning roli.
3-mavzu. Kasblar klassifikasiyasi.
Kasblar klassifikasiyasiga oid lug’atlar tahlili. Ye.A. Klimov boʻyicha kasb darajalari tasnifi.
Mehnat obyekti tizimiga koʻra kasb toifalari: inson → tabiat (I-Ta); inson → texnika (I-Te); inson → inson (I-I); inson → belgilar tizimi (I-Bt); inson → badiiy obraz (I-Bo).
Kasblarning maqsadiga koʻra sinflari: gnostik (grek. «gnozis» – bilim) kasblar; oʻzgaruvchan kasb; izlanuvchilik kasbi. Kasblarning maqsadga koʻra klassifikasiyalanishi.
Mehnat vosita/qurollarining asosiy belgilariga koʻra kasb boʻlimlari. Qoʻl mehnatiga asoslangan kasblar. Mashina va qoʻl Mehnati kasblari. Avtomatlashtirilgan va avtomatik tizimni qoʻllash bilan bog’liq boʻlgan kasblar. Mehnat vositalarining koʻpfunksiyaliligiga bog’liq kasblar.
Mehnat sharoitiga koʻra kasb guruhlari. Mikromuhit, maishiy qulayliklar, «xonakilashtirilgan» sharoitlarda ishlovchilar. Har qanday ob-havo sharoitida ham ochiq havoda boʻlish zarurati bilan bog’liq ishlar. Noqulay shart-sharoitlar – balandlikda, suv tagida, yer ostida, yuqori hamda past TemPeraturada va hokazolardagi ishlar. Insonlarning ma’naviy hayoti va sog’ligi uchun javobgar boʻladigan, asosan qadriyatlarga yoʻnaltirilgan ishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |