Ilmiy-pedagogik asoslari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
касбга йўллаш ўкув кўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- SH.S.SHaripov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova. Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent, 2007. 146 b.
- Pedagogika fanlari doktori, professor U.Nishonalievning umumiy tahriri ostida Taqrizchilar: Tolipov O’tkir Qarshievich
- KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SHaripov SHavkat Safarovich, Davlatov Karim, Nasriddinova Gulchehra Salohuddinovna KASBGA YO’NALTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI O’QUV QO’LLANMA Magistratura mutaxassisligi: 5A142001 - Mehnat ta`limi metodikasi Toshkent – 2007 2 SH.S.SHaripov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova. Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent, 2007. 146 b. Mazkur o’quv qo’llanmada talabalarda umumiy o’rta ta`lim maktabi hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berilgan. O’quv qo’llanma asosan mehnat ta`limi metodikasi mutaxassisligi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, shuningdek undan amaliyotchi o’qituvchilar, kasbga yo’naltirish muammolari bilan ilmiy izlanuvchilar va psixologlar ham foydalanishlari mumkin. Pedagogika fanlari doktori, professor U.Nishonalievning umumiy tahriri ostida Taqrizchilar: Tolipov O’tkir Qarshievich – O’zPFITI direktor o’rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muslimov Narzulla Alixanovich - TDPU Kasb ta`limi fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O’quv qo’llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Ilmiy Kengashi yig`ilishida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. 2007 yil 29 martdagi 9-raqamli bayonnoma. 3 KIRISH Magistrantlar uchun “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” fanidan ushbu o’quv qo’llanmani yaratishdan maqsad va vazifalar “Ta`lim to’g`risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan vazifalarni ilmiy asoslarini ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan o’zlashtirish hamda amaliy jihatdan qo’llashga yo’naltirilgan. “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursining asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni umumiy o’rta ta`lim maktabi hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga muvaffaqiyatli rahbarlik qilishdagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat etib belgilangan. “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursi belgilangan maqsad asosida talabalarni kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: ilmiy, pedagogik, tadqiqotchilik sifatlarini rivojlantirish; umumiy o’rta va kasb-hunar ta`limi muassasasida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish faoliyatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilishga tayyorlash; o’quvchilarni kasbga, kasb tanlashga va kasb-hunarga yo’naltirish ishida yangi axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarini o’zlashtirish, zamonaviy metodlardan samarali foydalana olish maqsadlarini shakllantirish. “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursi bo’yicha ma`ruza, amaliy va seminar mashg`ulotlari o’tilishida magistrantlar turli manbalardan foydalanib o’zlarining ilmiy izlanish va ilmiy pedagogik faoliyatlariga, ayniqsa ilmiy tadqiqotlar olib borishga o’zlarini tayyorlashlari maqsadga muvofiqdir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling