Ilmiy pedagogik ishi yuzasidan tayyorlagan
Download 12.33 Kb.
|
Hisobot
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TA’LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (BOSHLANG’ICH TA’LIM)” MUTAXASSISLIGI 1- BOSQICH MAGISTRANTI Lobarxon Xurramova Akramjonovnaning 2020-2021 O‘QUV YILINING BIRINCHI SEMESTRIDA ILMIY PEDAGOGIK ISHI YUZASIDAN TAYYORLAGAN HISOBOTI Men Xurramova Lobarxon Akramjonovna 2022-2023 o’quv yilining 1-semestrida ilmiy pedagogik ishlar yuzasidan shaxsiy rejamda belgilangan quyidagi ishlarni amalga oshirdim: Shaxsiy rejaga binoan, mutaxassislik fanlari bo’yicha bakalavr ta’lim yo’nalishida ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlarini kuzatish va tahlil qilish (8ta tahlil 1- semestr uchun). Boshlang’ich ta’lim fakulteti, Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi akadem guruhlarda o’tiladigan darslarni kuzatib tahlil qildim, jumladan: - 2021 – yil 12- fevral sanasida Boshlang’ich ta’lim metodikasi dotsenti H.Nusratova tomonidan o’tilgan “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan “Xudoyberdi To’xtaboyev va Farhod Musajon hayoti va ijodi” mavzusidagi ma’ruzasini kuzatib tahlil qildim. - 2021-yil 12-fevral sanasida dotsent Xadicha Sattorova tomonidan 3- bosqich bakalavriat ta’lim yo’nalishida olib borilgan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan amaliy mashg’ulot darsini kuzatib tahlil qildim. Amaliy mashg’ulot mavzusi “Fe’lni o’rganish darslarini kuzatish va tahlil qilish”. Dars jarayonida o’qituvchining didaktik prinsip va talablarni amalga oshirish faoliyatini diqqat bilan kuzatdim. - 2021-yil 23 – fevral sanasida Bekmurod Pardayevning 201-guruhda olib borgan “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan seminar mashg’ulotini kuzatib tahlil qildim. Seminar mashg’uloti mavzusi “Hakim Nazir va Po’lat Mo’min hayoti va ijodi” deb nomlanib, dars innovatsion metodlar, AKT lardan foydalanilgan holda o’tildi. Men ushbu darsni kuztib kelajakda o’z pedagogik faoliyatimda kerak bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalarga, shuningdek tajribalarga ega bo’ldim. Shaxsiy rejaga muvofiq, oraliq va yakuniy nazoratlar savollarini va testlarini tuzish bo’yicha ko’nikma hosil qilish topshirig’i bo’yicha: Ushbu vazifa yuzasidan men Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishining 2-bosqich talabalariga o’tiladigan Ona tili va bolalar adabiyoti fanini tanladim. Ushbu fan yuzasidan 3- semestrga mo’ljallangan oraliq va yakuniy nazorat savollari bilan tanishib chiqdim. Oraliq va yakuniy nazoratlar savollarini va testlarini tuzish bo’yicha ko’nikma hosil qilish maqsadida fan o’qituvchisidan ushbu fan bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat shakllari haqida ma’lumot oldim. Fan bo’yicha tuzilgan savollarni o’rgandim. Oraliq nazorat fan uchun ajratilgan soatlarning 60-65 % bajarilgandan keyin o’tkazilishini hisobga olib, o’tilmagan mavzulardan savol tuzilmasligi, yakuniy nazorat savollari esa kurs uchun ajratilgan soatlar to’liq bajarilgandan keyin, barcha mavzulardan tuzilishi shartligi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Rejaga binoan, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarini o’rganish va tanlangan mutaxassislik o’quv fani bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlash. Mustaqil ta’limini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarini o’rgandim va tanlangan Ona tili va bolalar adabiyoti mutaxassislik o’quv fani doirasida 2- kurs uchun tavsiya etilgan mustaqil ta’lim mavzulari bilan tanishib chiqdim. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini tuzib chiqdim. Shaxsiy rejaga ko’ra, guruh murabbiysi sifatida tarbiyaviy ishlar olib borishni o’rganish, axborot soatlari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar uchun materiallar yig’ish, ma’ruzalar tayyorlash va tadbirlar tashkil qilish. Ushbu vazifa yuzasidan ilmiy rahbarim Hamida Nusratovaning guruh murabbiyligi ostidagi 301-guruh bilan ishladim. Dastlab 2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan guruh rahbarining shaxsiy ish rejasi bilan tanishib chiqdim. Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari namunaviy rejasiga muvofiq, 2020/2021-o‘quv yilining yigirma ikkinchi haftasida o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari materiallari va mazkur hafta davomida o‘tkazilgan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarini “Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik” mavzusida talabalar bilan davra suhbati olib bordim. Shuningdek, 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlab “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida 301-guruhda kichik tadbir tashkil qildim. Biriktirilgan guruh bilan birgalikda fakultetda o’tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdim. Rejaga muvofiq, bakalavr ta’lim yo’nalishlarida o’quv jarayonlarining o’quv – me’yoriy hujjatlarini o’rganish va tahlil qilish (DTS, malaka talablari, namunaviy va ishchi o’quv reja,namunaviy va ishchi fan dasturlar, taqvim rejalar) Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi uchun tuzilgan DTS, malaka talablari, namunaviy va ishchi o’quv reja, namunaviy va ishchi fan dasturlar, taqvim rejalarni o’rgandim va tahlil qildim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi uchun tuzilgan davlat ta’lim standartini qunt bilan o’rgandim va tahlil qildim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi malaka talablarining tahlilini bajardim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi uchun tuzilgan namunaviy o’quv rejasini tahlil qildim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi 3-kurs uchun tuzilgan ishchi o’quv rejasini tahlil qildim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan “Ona tili va bolalar adabiyoti” namunaviy fan dasturini o’rganib, tahlil qildim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan “Ona tili va bolalar adabiyoti” ishchi o’quv dasturini o’rganib, tahlil qildim. - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan tuzilgan taqvim rejani o’rganib chiqdim va tahlil qildim. -2021-yilning 20- fevral kuni TDPUning Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida ,,TALANT SHOU’’ nomli tadbirda qatnashdim. Ushbu shouda she’riyat, aktiyorlik, qo’l mehnati ishlari, milliy hunarmandchilik, pazandachilik, raqqosalik kabi yo’nalishlarda o’z iqtidorlarini namoyon qildilar. Magistrant: Z.Tursunova Download 12.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling