Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdalova z


 Yorug'likning sinish qonuni


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana06.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1435260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi

2.2. Yorug'likning sinish qonuni 
Yorugʻlikning sinishi-yorugʻlik ikki shaffof muhitning boʻlinish chegarasidan 
oʻtayotganda tarqalish yoʻnalishlarining oʻzgarishidir. Bir jinsli va izotrop shaffof 
muhitlarning yassi hamda uzun boʻlinish chegarasida yorugʻlik nurlarining sinishi 
Snellius — Dekart sinishi qonuni boʻyicha yuz beradi. Bu qonunga binoan yorugʻlik 
tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati doimiy kattalikdir. 
Ushbu holatni toʻla ichki qaytish hodisasi deyiladi. Yorugʻlikning sinish qonunini 
1620-yilda golland olimi V. Snellius tajribalar natijalariga asoslanib ochdi. Lekin bu 
qonun nashr qilinmagan edi. Fransuz olimi R. Dekart 1627-yilda arab olimi Al 
Hasan ibn al Xaysamning asarlari ustida ishlashi natijasida yorugʻlik tezligini tashkil 
etuvchilarga ajratish orqali oʻzining yorugʻlikning sinishi qonunini yaratadi va 1637- 
yilda "Dioptrika" asarida nashr etiladi. Shuning uchun ham bu qonunni Snellius 
Dekart qonuni deyiladi. Yorug'likning sinishi ham yorug'likni aks etishi bilan birga 
keladi. Ko'zgu qonuni hamda sinish qonuni faqat ma'lum shartlardagina amal qiladi. 
Agar aks ettiruvchi oynaning o'lchami yoki ikkita vositani ajratib turadigan sirt 
kichik bo'lsa, biz yuqoridagi qonunlardan sezilarli og'ishlarni kuzatamiz. Shu bilan 
birga, odatiy optik qurilmalarda kuzatiladigan turli xil hodisalar uchun yuqorida 
keltirilgan barcha qonunlarga qat'iy rioya qilinadi. Yorug’lik nuri tiniq muhitlarning 
silliq sirtiga tushganda qaytgan nurning o’zigina hosil bo’lmaydi. Nur tushgan 


nuqtadan yana bir nur chiqadi, singan nur deb ataladigan bu nur ikkinchi tiniq 
muhitda tarqaladi. Singan nurning yo’nalishi, umuman aytganda, tushgan nurning 
yo’nalishi bilan bir bo’lmaydi, ular orasida ma’lum bog’lanish bor, bu bog’lanishni 
tajribada aniqlash mumkin. 1-rasmda shisha plastinkalarning silliqlangan yuzasiga, 
sirtiga yorug’lik dastasi tushmoqda. Shishani havodan ajratib turgan chegarada 
nurlar dastasi ikkiga ajraladi: Ulardan biri shisha sirtidan qaytadi, ikkinchisi esa o’z 
yo’nalishini o’zgartirib, shishaga o’tadi. SO - tushayotgan yorug’lik dastasining, OS

– qaytgan va OS

- singan yorug’lik dastasining markaziy nurlari.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling