Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: jumaboyeva ch
-rasm. Xromatik aberratsiya
Download 0.49 Mb.
|
optika Jumaboyeva Ch
1-rasm. Xromatik aberratsiya
Qizil nurlar ob’ektivdan yoki o‘rtacha fokusdan uzoqroqda, havorang nurlar esa – ob’ektivga yaqinroqda yig‘iladilar. Natijada, o‘rtacha fokusda yulduz tasviri ranglarga bo‘yalgan kattagina gardishcha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agar kuzatishlar natijasida monoxromatik nurda bajarilayotgan bo‘lsa, xromatik aberratsiyaning ta’siri bo‘lmaydi. Masalan, koronograf bitta linzali teleskop va unda Quyosh toji yashil toj chizig‘i (530.3 nm) nurida suratga olinadi. Bitta linzali ob’ektivning xromatik aberratsiyasi unda hosil bo‘lgan difraksion gardishchadan kam chetga chiqishi uchun uning fokus masofasi ga teng bo‘lishi kerak. Bu juda uzun fokusli, demak kam optik kuchga ega, ob’ektiv bo‘ladi va u astrofizik tekshirishlarga yaramaydi. Ko‘pchilik yoritqichlarning monoxromatik nurlanishi (radio va rentgen nurlanish bundan mustasno) kuchsiz, shuning uchun keng (100 nm) spektral diapazonda kuzatishlar bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda bu har xil rangdagi nurlarni bitta fokusga keltirish maqsadida, har xil sindirish koefitsenti va egrilik radiusiga ega ikkita linzalardan tuzilgan ob’ektiv qo‘llaniladi. Bu linzalarning biri krondan (shisha navi) ikkinchisi esa, flintdan tayyorlanadi. Krondan yasalangan linza musbat va u ikki linzali obektivning oldi tomoniga o‘rnatiladi. Flintdan (shisha navi) yasalangani esa manfiy linzadir. Bunday ikki linzali ob’ektiv qizil va havorang nurlarni bitta fokusga keltiradi va u axromatik ob’ektiv deb ataladi. Axromatik ob’ektivlarning fokus masofalari , ya’ni yakka holdagi linzali ob’ektivnikidan 16 marta qisqa va uni astronomik kuzatishlarda qo‘llash mumkin. Maktab refraktor teleskopiga shunday ikki linzali ob’ektiv o‘rnatilgan [7]. Ko‘zguli ob’ektivlarda xromatik aberratsiya bo‘lmaydi. Sababi shundayki, aks qaytish qonuni nurning to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Astrofizik teleskoplarning ob’ektivi botiq ko‘zgudan iborat bo‘ladi (ular reflektor deb ataladi). Botiq ko‘zgu sferik, parabolik yoki giperbolik sirtli qilib yasaladi. Bunday sirtlardan qaytgan to‘lqin fronti har xil shakl oladi va ko‘zguning fokal tekisligida nuqtaviy yoritqichning turlicha shakldagi fazoviy tasvirlarini hosil qiladi. Optik sistemalarni oq nur bilan yoritilganda xromatik aberratsiya kelib chiqadi. Bu abberratsiya sindirish ko’rsatkichi har xil to’lkin uzunlikdagi nurlar uchun xar xil bo’lishidan kelib chiqadi. Qisqa to’lkin uzunligidagi binafsha nurlar A1 nuqtada to’planadi, uzunligi λ - li nurlar A11 nuqtada to’planadi, bu nuqtalar orasida qolgan nurlar fokuslanadi. Yetti hil nur uchun linza fokusi bitta nuqtada bo’lmaydi. Natijada t a’sir bo’yalgan bo’lib ko’rinadi (2-rasm). 2-rasm Sferik abberratsiya kamaytirish uchun linzalar sistemasidan foydalaniladi. Xromatik aberratsiyani yo’qotish uchun linza sirtiga yupqa tiniq qatlam surtiladi. L inzalarning kamchiligidan yana biri astigmatizmdir. Bu quyidagicha: Agar buyum bosh optik o’qga nisbatan ancha uzoqda bo’lsa ta’sir xira bo’ladi. Lekin ekranni u yoq bu yoqga surib ikki joyda ikki xil ta’sirni ko’rish mumkin (3-rasm). 3-rasm Bundan tashqari distorsiya ham mavjud bo’lib bu ta’sirni linzadan o’tganda keyin hamma nuqtalari bir hilda katta bo’lmasligidan kelib chiqadi. Astigmatizm hamda distorsiya ishlatish soxasiga qarab imkoniyati boricha kamaytiriladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling