Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: jumaboyeva ch
Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar va ularni kamaytirish yo‘llari
Download 0.49 Mb.
|
optika Jumaboyeva Ch
2.4. Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar va ularni kamaytirish yo‘llariBiz yuqorida, optik o‘qqa parallel nurlar hosil qilgan tasvirda kuzatiladigan aberratsiyalar bilan tanishib chiqdik. Bu tasvir optik o‘qda yotadi. Ob’ektivga uning optik o‘qiga qiyshiq tushayotgan parallel nurlar hosil qiladigan tasvir optik o‘qdan chetda hosil bo‘ladi va bunday tasvirda o‘qdan tashqi aberratsiyalar kuzatiladi. Bular koma, astigmatizm, ko‘rish maydonining egrilanishi va distorsiyadir. a) Koma. Yulduzlardan kelayotgan va teleskopning optik o‘qiga burchak ostida tushayotgan parallel nurlari dastasi hosil qilgan yulduz tasviri bu aberratsiya tufayli o‘qqa nisbatan radial yo‘nalishda cho‘ziladi yoki tasvirda radial yo‘nalishda «o‘simta» paydo bo‘ladi (7-rasmga qarang). Tasvirning cho‘zilish miqdori tushish burchagiga hamda ob’ektiv zonalari radiusi kvadratiga proporsional bo‘ladi. Ob’ektivning chetki zonalaridan o‘tgan nurlar uning markazidan o‘tgan (paraksial) nurlarga nisbatan radial yo‘nalishda cho‘zilgan tasvirlar hosil qiladi. Koma ob’ektivning yorug‘lik kuchi (A) kvadratiga proporsional va yorug‘lik kuchi kam ob’ektivlarda u tasvirni ko‘p buzmaydi. Refraktorlarda bir-biridan ma’lum masofaga uzoqlashtirilgan ikki linzali tizmlar yordamida xromatik, sferik aberratsiyalar va koma bartaraf etiladi va bunday ob’ektiv aplanat deb ataladi [10]. Parabolik ko‘zgularda koma kuchli bo‘ladi va u teleskopning fokal tekisligi yaqiniga o‘rnatilgan linza (afokal sistema) lar yordamida bartaraf etiladi. Ikki ko‘zguli teleskopik tizimlarda (Kassegren, Richi-Kreten) bosh ko‘zguning komasi maxsus hisoblashlar yo‘li bilan tanlangan ikkinchi ko‘zgu (u odatda, do‘ng giperbolik sirtga ega) bilan bartaraf etiladi. 7-rasm. Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar. a) manbalar, b) sferik abberatsiya, v) koma, g) astigmatizm. b) Astigmatizm. Bu nuqson hatto kam yorug‘lik kuchga (A) ega teleskoplarning optik o‘qidan chetida kuchli bo‘lishi mumkin. Astigmatizm ob’ektivga tushayotgan parallel nurlar bilan optik o‘q orasidagi burchakning kvadratini A ga ko‘paytmasiga proporsional bo‘ladi. Astigmatizm meredianal va ularga tik yo‘nalishdagi sagittal nurlarning fokusi har xil bo‘lishi bilan bog‘liq. Optik o‘qqa buchak ostida tushayotgan parallel nurlarning yo‘nalishidagi ob’ektivning eng katta kesimi meredional, unga tik yo‘nalishdagi kesim esa sagittal kesim deb ataladi. Meredional kesm fokusi bilan sagittal kesm fokusi orasidagi masofa ob’ektivning astigmatik farqi (l) deb ataladi. Astigmatizm kuchli bo‘lsa, bu farq katta bo‘ladi va aksincha. Astigmatizm tasvirni buzmaydi deb hisoblanadi agar l 2/A2 bo‘lsa. v) Ko‘rish maydonining egriligi. Ob’ektivning meredional va sagittal fokuslari o‘rtasidagi nuqtada tasvir eng aniq bo‘ladi. Biroq bu nuqta optik o‘qdan chetlashgan sari undagi tasvir fokal tekislikdan chetlashaboradi. Bu ko‘rish maydonining egriligini ko‘rsatadi. Ko‘rish maydonining egrilanishi 2 proporsional. Ko‘rish maydoni ikkinchi darajali egri sirtdan (sfera, paraboloid) iborat. Bunday holda, yaxshi tasvir olish uchun fotoplenkani shu sirt bo‘ylab joylashtirish (egish) kerak. Teleskop ob’ektivi ustolari fokal tekislikni yassi sirt darajasiga yetkazishga harakat qiladilar. Bunday ob’ektiv anastigmat deb ataladi va bunga misol Kukning (Kuk – amerikalik mashhur optik usto) uch linzali ob’ektividir. g) Distorsiya. Bu optik sirt nuqsoni yulduz tasviri markazini bo‘zmaydi, biroq tasvir chetida to‘rtta uch hosil qiladi. Distorsiya bartaraf etilgan katta (5x50) astrograflar ixtiro etilgan. Masalan, O‘zFA Astronomiya institutining Kitob (Qashqadaryo) filialiga o‘rnatilgan astrograf to‘rtta linzadan iborat ob’ektivga ega. O‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar teleskopning yuqori sifatli tasvir hosil bo‘ladigan maydonini, ko‘rish maydonini, kichraytiradi. Misol uchun 5 m li Polomar teleskopining (yorug‘lik kuchi 1:3.3) qoniqarli ko‘rish maydoni diametri 12 mm. Teleskop parabolik ko‘zgusining fokus masofasi 17 m va uning 12 mm ko‘rish maydon diametriga 2.5 yoy minuti to‘g‘ri keladi. Bu teleskopda Oy gardishi (burchakiy diametri 31 yoy minuti) chetlari koma tufayli noaniq ko‘rinadi. Bir xil shishadan yasalgan biri musbat ikkinchisi manfiy ikkita linzadan iborat Ross afokal sistemalari Polomar teleskoplarining ko‘rish maydonlari diametrlari 15 sm gacha kattalashtiradi. Linzalar teleskoplarning fokusi yaqiniga o‘rnatiladi hamda endi, Oy gardishi, uning markazidan chetigacha, aniq ko‘rinadi. Hozirgi paytda astrofizik tekshirishlarda keng qo‘llaniladigan Richi-Kreten (amerikalik astronom va optik ustolar Jorj Richi va A. Kreten) teleskopi ikkita giperbolik ko‘zgudan iborat. Giperbolik ko‘zguda manfiy (o‘qdan chetdagi nurlar o‘qdagi nurlardan uzoqroqda yig‘iladi) sferik aberratsiya kuzatiladi. Bosh ko‘zguning bunday sferik aberratsiyasi va komasini maxsus hisoblab yasalgan ikkinchi giperbolik ko‘zgu tuzatadi. Richi-Kreten teleskopining astigmatizmi va maydonning egriligi uning fokal tekisliklari oldiga qo‘yiladigan asferik shisha plastinka yordamida bartaraf etiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling