Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: madrahimov j
Download 0.64 Mb.
|
Madrahimov J 2-G fizika optika kurs ishi
III. XULOSAYorug’likning zarra xossalaridan bo’lgan yorug’lik bosimi texnikada juda katta miqyosda ishlatilmasa ham uni kosmanavtikada bir qancha kattaliklarni topishda keng qo’llaniladi. Yorug’lik nuri sirtga tushganda unga bosim berganligi sababli kometalarning dumlari quyosh yonidan o’tganda og’ishini ko’rishimiz mumkin. Yana yorug’lik nuri bosimi borligi Nyutonning korpuskulyar nazariyasini to’g’riligini ham yana bir bor isbotlab berdi. U bosim juda kichik bo’lganligi sababli uni o’lchashda jud sezgir qurilmadan foydalanish zarur bo’lar ekan. O’sha qurilmani yasashda har ikkala tarafi ikki xil qaytaruvchi va yutuvchi qilib tanlanishi sirtlar yorug’likni tanlab yutishi yoki qaytarishini yaqqol isbotlab ham beradi. Lebedov tajribasidagi qurilma teskari qora tarafga aylanganligining ham sababi ko’zga ko’rinuvchi nurlardan tashqari boshqa sohadagi nurlar unga kattaroq bosim berishi mumkin degan taxminga keldim. Xulosa o’rnida quyidagi fikrlarni bayon qilsak bo’ladi, yorug’likning moddaga ko’rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega ekan. Yorug’likning bosimi yorug’lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi bundan tashqari, yorug’likning tabiatdagi ya’ni kosmik sohadagi hodislarni mohiyatini ilmiy asoslash uchun ham keng qo’llaniladi ekan. Yorug’lik o’zi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak degan g’oyani Kepler ilgari surib bu sohaga yo’l ochib bergandan buyon yorug’lik bosimi tabiatini o’rganish uchun ko’plab tajribalar o’tkazildi hamda Keplerning yorug’lik bosimi borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Ya’ni, kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi, kometalar quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi uni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib kometa quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta’sirida quyoshdan ancha uzoqlashadi, degan xulosaning ilmiy asoslanishiga yordam berdi. Kepler ushbu o’rganishlari orqali yorug’lik bosimini qanchalik ahamiyatli ekanligini isbotlab berdi. Kepler bu izlanishlari natijasida o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarni quyosh nurlari ta’sirida quyoshdan itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga qaraganda ham kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, bu esa astronomiya sohasida kometalar va yulduzlar ichki bosimi haqidagi ma’lum xulosalarni keltirib chiqardi. Hozirgi paytdagi izlanishlar natijasida yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Keyinchalik Maksvell yorug’likning elektromagnitik nazariyasi asosida yorug’lik bosimining bo’lishi zarurligini keltirib chiqarganidan va xatto bu bosimning kattaligini hisoblab bergandan so’ng yorug’lik bosimini aniq qiymatini aniqlashni iloji topildi. Uning nazariyasiga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit to’lqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil topadi. Bu bilan elektromagnit nazariyada yorug’likning bosimini qanchalik o’rinli ekanligini isbotlab berdi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling