Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: madrahimov j
Download 0.64 Mb.
|
Madrahimov J 2-G fizika optika kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI MADRAHIMOV JAVOHIRNING OPTIKA FANIDAN MANDELSHTAM-BRILLYUEN MAJBURIY SOCHILISHI MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N. BAJARDI: MADRAHIMOV J. NUKUS_2023 MUNDARIJAI. KIRISH 2 II. ASOSIY QISM 6 2.1. Yorug’lik bosimining fotonlar nazariyasiga tadqiq qilinishi 6 2.2. Yorug’lik bosimini tajribada o’rganish 7 2.3. Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’li 13 2.4. Mandelshtam-Brillyuen effеkti Kоmptоn effеkti 14 2.5. Yorug‘likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi 21 III. XULOSA 23 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 26 I. KIRISHO'zbekiston Respublikasida oliy ta’lim sohasida bo'layotgan tub o'zgarishlar davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. O‘z navbatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy yuksak e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil vazifasini o'taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin hamda mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o'z ifodasini topgan. Respublikada umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi o'qituvchilaridan umumiy mehnat bilim, ko'nikma hamda malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik tarizda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim va ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takom illashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, hamda shu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha tadbirlarni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda [1]. Yorug’lik nurining tarqalishini ifodalab beradigan asosiy ikkita nazariya bo’lib bular, Gyugensning to’lqin nazariyasi va Nyutonning zarra nazariyasi hisoblanadi. Yorug’lik nuri qanday tarqalishi rang hosil bo’lishini ko’rish kabi bir qator tushunchalarni ifodalash uchun bir qancha olimlar o’zlarining nazariyalarini yaratishdi. Bularning ichida Nyuton yaratgan zarracha nazariyasiga to’xtaladigan bo’lsak yorug’lik nuri bu uning energiyasini tashuvchi zarralar oqimidan iborat bo’lib ular faqat haraktda mavjuddir deyiladi. Bundan ko’rinadiki zarracha biron tezlik bilan borib jismlar bilan ta’sirlashishi natijasida u sirtga albatta zarra berishi kerak degan xulosa chiqib keladi. Haqiqatdan ham bu bosim bor yo’qligini aniqlash uchun bir qator tajribalar olib borilgan bo’lib ulardan biri bu Lebedov tajribasi hisoblanadi. U yorug’lik nuri zarra bo’lib to’siqqa urilgan vaqtda yaltiroq sirtlardan qaytishi qora sirtlarda esa yutilishidan bosimlar farqi yuzaga kelishini amaliyotda qo’llab ko’rmqochi bo’ldi. Buning uchun Lebedov yengil aylanuvchi o’qqa ikkita yaproqchalarni iladi. Ularning ikki tarafi ham ikki xil qaytarish koefitsiyentiga ega bo’lgani sababli ular aylanishi kerak edi. O’tkazilgan tajriba natija berdi lekin bu natija nazariyaga teskari bo’lib yaproqchaning qora tarafiga aylanadi. Shunday bo’lsa hamki o’tkazilgan tajriba yorug’lik bosimi borligini isbotlab berdi. Ularning teskari aylanishiga sabab esa o’sha sirtlarga ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa sohadagi nurlarning yutish koefitsiyenti har xilligidir. Ya’ni ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa infraqizil ultrabinafsha sohadagi nurlar ham unga bosim berishidir. Undan oldingi olimlar ham xuddi quyosh yonidan o’tgan kametalarning dumi egrilanishiga sabab yorug’lik bosimiligini shu paytlar taxmin qilib ketishgan. Zamonaviy spektroskopiya oldiga molekulalararo o’zaro ta’sir va bu ta’sirning tabiati hamda fizik mexanizmlarni o’rganishdek dolzarb muammolar qo’yiladi. Bu muammolarni o’rganish uchun turli optik usullar qo’llaniladi. Bu optik usullar ichida eng samaralisi spektroskopik usuldir. Bularning orasida yorug’likning kombinatsion sochilish spektri o’zining antiqaligi bilan ajralib turadi. Yorug’likning kombinatsion sochilishi bu moddadan yorug’lik sochilganda uyg’otuvchi chastotadan tashqari qo’shimcha chastotalarning hosil bo’lishidir. Har xil moddalar uchun kombinatsion sochilishi chizig’i molekulaning tuzilishiga bog’liq. Aralashma chizig’ining soni, holati va intensivligi sochuvchi moddaning xarakterli xossalarini aks ettiradi. Ma‘lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta‘sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi [2]. Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini yanada chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga quyidagilar issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemalarning mexanik energiyalariga (yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, va shuningdek, yorug‘likning turli xil kimyoviy ta‘sirlari (fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu yangi tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling