Fizika guruh talabasi madrahimov javohirning optika fanidan mandelshtam-brillyuen majburiy sochilishi mavzusida yozgan


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1435290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Madrahimov J 2-G fizika optika kurs ishi



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI 
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G 
FIZIKA GURUH TALABASI MADRAHIMOV JAVOHIRNING OPTIKA 
FANIDAN MANDELSHTAM-BRILLYUEN MAJBURIY SOCHILISHI 
MAVZUSIDA YOZGAN 
 
KURS ISHI 
 

 

ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.
BAJARDI: MADRAHIMOV J. 

 
 
 
 
NUKUS_2023 



MUNDARIJA 
I. KIRISH ................................................................................................................. 3 
II. ASOSIY QISM ................................................................................................... 6 
2.1. Yorug’lik bosimining fotonlar nazariyasiga tadqiq qilinishi ....................... 6 
2.2. Yorug’lik bosimini tajribada o’rganish ......................................................... 7 
2.3. Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’li ......................... 13 
2.4. Mandelshtam-Brillyuen effеkti Kоmptоn effеkti ........................................ 14 
2.5. Yorug‘likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi ............................ 20 
III. XULOSA .......................................................................................................... 23 
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ....................................................... 25
 



I. KIRISH 
O'zbekiston Respublikasida oliy ta’lim sohasida bo'layotgan tub o'zgarishlar 
davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi 
tomonidan e'tirof etilmoqda. O‘z navbatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 
qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib 
tarbiyalashga asosiy yuksak e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda 
o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi 
ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil vazifasini o'taydi. 
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin hamda mustaqil fikrlovchi shaxsni 
tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim 
modelining asosiy g'oyasi va mazmuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da o'z ifodasini topgan. Respublikada umumiy o'rta ta’lim 
muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida 
samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash 
bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli 
beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi 
o'qituvchilaridan umumiy mehnat bilim, ko'nikma hamda malakalarini, kasbiy 
kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik tarizda rivojlanib borayotgan 
pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari 
yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor 
iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim va ko'nikmalarni egallashni 
taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma 
hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta 
ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va 
yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid 
murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takom illashtirish jarayonining didaktik shart-
sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va 
vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish
uning mazmunini boyitish, hamda shu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga 



oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha 
tadbirlarni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda [1]. 
Yorug’lik nurining tarqalishini ifodalab beradigan asosiy ikkita nazariya bo’lib 
bular, Gyugensning to’lqin nazariyasi va Nyutonning zarra nazariyasi hisoblanadi. 
Yorug’lik nuri qanday tarqalishi rang hosil bo’lishini ko’rish kabi bir qator 
tushunchalarni ifodalash uchun bir qancha olimlar o’zlarining nazariyalarini 
yaratishdi. Bularning ichida Nyuton yaratgan zarracha nazariyasiga to’xtaladigan 
bo’lsak yorug’lik nuri bu uning energiyasini tashuvchi zarralar oqimidan iborat 
bo’lib ular faqat haraktda mavjuddir deyiladi. Bundan ko’rinadiki zarracha biron 
tezlik bilan borib jismlar bilan ta’sirlashishi natijasida u sirtga albatta zarra berishi 
kerak degan xulosa chiqib keladi. Haqiqatdan ham bu bosim bor yo’qligini aniqlash 
uchun bir qator tajribalar olib borilgan bo’lib ulardan biri bu Lebedov tajribasi 
hisoblanadi. U yorug’lik nuri zarra bo’lib to’siqqa urilgan vaqtda yaltiroq sirtlardan 
qaytishi qora sirtlarda esa yutilishidan bosimlar farqi yuzaga kelishini amaliyotda 
qo’llab ko’rmqochi bo’ldi. Buning uchun Lebedov yengil aylanuvchi o’qqa ikkita 
yaproqchalarni iladi. Ularning ikki tarafi ham ikki xil qaytarish koefitsiyentiga ega 
bo’lgani sababli ular aylanishi kerak edi. O’tkazilgan tajriba natija berdi lekin bu 
natija nazariyaga teskari bo’lib yaproqchaning qora tarafiga aylanadi. Shunday 
bo’lsa hamki o’tkazilgan tajriba yorug’lik bosimi borligini isbotlab berdi. Ularning 
teskari aylanishiga sabab esa o’sha sirtlarga ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa 
sohadagi nurlarning yutish koefitsiyenti har xilligidir. Ya’ni ko’zga ko’rinadigan 
nurlardan boshqa infraqizil ultrabinafsha sohadagi nurlar ham unga bosim berishidir. 
Undan oldingi olimlar ham xuddi quyosh yonidan o’tgan kametalarning dumi 
egrilanishiga sabab yorug’lik bosimiligini shu paytlar taxmin qilib ketishgan. 
Zamonaviy spektroskopiya oldiga molekulalararo o’zaro ta’sir va bu ta’sirning 
tabiati hamda fizik mexanizmlarni o’rganishdek dolzarb muammolar qo’yiladi. Bu 
muammolarni o’rganish uchun turli optik usullar qo’llaniladi. Bu optik usullar ichida 
eng samaralisi spektroskopik usuldir. Bularning orasida yorug’likning kombinatsion 
sochilish spektri o’zining antiqaligi bilan ajralib turadi. Yorug’likning kombinatsion 
sochilishi bu moddadan yorug’lik sochilganda uyg’otuvchi chastotadan tashqari 



qo’shimcha chastotalarning hosil bo’lishidir. Har xil moddalar uchun kombinatsion 
sochilishi chizig’i molekulaning tuzilishiga bog’liq. Aralashma chizig’ining soni, 
holati va intensivligi sochuvchi moddaning xarakterli xossalarini aks ettiradi. 
Ma‘lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon 
bo‘ladi. Bunday o’zaro ta‘sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda 
bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi.
Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning 
o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi [2]. 
Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular 
bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki 
mohiyatini yanada chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi 
tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan 
hodisalar qatoriga quyidagilar issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti
majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning 
mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan 
butun sistemalarning mexanik energiyalariga (yorug‘likning bosimi) aylanish 
jarayonlari, va shuningdek, yorug‘likning turli xil kimyoviy ta‘sirlari (fotoximiya, 
fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu yangi tabiatidan 
kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling