Fizika guruh talabasi madrahimov javohirning optika fanidan mandelshtam-brillyuen majburiy sochilishi mavzusida yozgan


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1435290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Madrahimov J 2-G fizika optika kurs ishi

III. XULOSA 
Yorug’likning zarra xossalaridan bo’lgan yorug’lik bosimi texnikada juda katta 
miqyosda ishlatilmasa ham uni kosmanavtikada bir qancha kattaliklarni topishda 
keng qo’llaniladi. Yorug’lik nuri sirtga tushganda unga bosim berganligi sababli 
kometalarning dumlari quyosh yonidan o’tganda og’ishini ko’rishimiz mumkin. 
Yana yorug’lik nuri bosimi borligi Nyutonning korpuskulyar nazariyasini 
to’g’riligini ham yana bir bor isbotlab berdi. U bosim juda kichik bo’lganligi sababli 
uni o’lchashda jud sezgir qurilmadan foydalanish zarur bo’lar ekan. O’sha qurilmani 
yasashda har ikkala tarafi ikki xil qaytaruvchi va yutuvchi qilib tanlanishi sirtlar 
yorug’likni tanlab yutishi yoki qaytarishini yaqqol isbotlab ham beradi. Lebedov 
tajribasidagi qurilma teskari qora tarafga aylanganligining ham sababi ko’zga 
ko’rinuvchi nurlardan tashqari boshqa sohadagi nurlar unga kattaroq bosim berishi 
mumkin degan taxminga keldim. 
Xulosa o’rnida quyidagi fikrlarni bayon qilsak bo’ladi, yorug’likning moddaga 
ko’rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega ekan. 
Yorug’likning bosimi yorug’lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun 
katta ahamiyatga ega bo’ladi bundan tashqari, yorug’likning tabiatdagi ya’ni kosmik 
sohadagi hodislarni mohiyatini ilmiy asoslash uchun ham keng qo’llaniladi ekan. 
Yorug’lik o’zi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak degan g’oyani 
Kepler ilgari surib bu sohaga yo’l ochib bergandan buyon yorug’lik bosimi tabiatini 
o’rganish uchun ko’plab tajribalar o’tkazildi hamda Keplerning yorug’lik bosimi 
borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Ya’ni, kometalar quyruqlarining 
paydo bo’lishi, kometalar quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib 
borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi uni kometalarning quyruqlari 
zarralar oqimidan iborat bo’lib kometa quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar 
yorug’lik bosimi ta’sirida quyoshdan ancha uzoqlashadi, degan xulosaning ilmiy 
asoslanishiga yordam berdi. Kepler ushbu o’rganishlari orqali yorug’lik bosimini 
qanchalik ahamiyatli ekanligini isbotlab berdi. Kepler bu izlanishlari natijasida 
o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarni quyosh nurlari ta’sirida quyoshdan 
itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga qaraganda ham kuchliroq 


24 
ekanligini aniqlash mumkin, bu esa astronomiya sohasida kometalar va yulduzlar 
ichki bosimi haqidagi ma’lum xulosalarni keltirib chiqardi. Hozirgi paytdagi 
izlanishlar natijasida yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari 
to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Keyinchalik 
Maksvell yorug’likning elektromagnitik nazariyasi asosida yorug’lik bosimining 
bo’lishi zarurligini keltirib chiqarganidan va xatto bu bosimning kattaligini hisoblab 
bergandan so’ng yorug’lik bosimini aniq qiymatini aniqlashni iloji topildi. Uning 
nazariyasiga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit to’lqin yuzaga 
keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu 
energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil 
topadi. Bu bilan elektromagnit nazariyada yorug’likning bosimini qanchalik o’rinli 
ekanligini isbotlab berdi. 


25 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling