Yer yuzida atmosfera bosimining o‘zgarishi. Gorizontal barik gradiyent Reja: 1


Download 23.07 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi23.07 Kb.
#1542680
  1   2   3
Bog'liq
Yer yuzida atmosfera bosimining o


Yer yuzida atmosfera bosimining o‘zgarishi.
Gorizontal barik gradiyent
Reja:
1. Yer yuzida atmosfera bosimining o‘zgarishi.
2. Atmosfera tuzilishi.Yuqori atmosfera qatlamlaridagi havo tarkibi.
3.Atmosferani o‘rganish usullari

Atmosfera bosimi yer yuziga nisbatan faqat vertikal yo‘nalishdagina


o‘zgarmasdan, balki gorizontal yo'nalishda ham o'zgaradi, yoki yer
yuzining turli nuqtalarida ayni bir vaqtda o'lchangan atmosfera
bosimining qiymatlari bir-biriga teng bo'lmaydi. Yer yuzida gorizontal
yo'nalishda atmosfera bosimining masofa bo'ylab o'zgarishiga turli
yerlardagi havoning isishi va sovishi jarayonlarining turlichaligi, u yerlar ustidagi havo oqimlarining xususiyati va boshqalar sabab bo'ladi.
Masalan, bir-biriga yondosh joylashgan ikki xil joyni olaylik. Ularning
birinchisi haydalgan yer (shudgor) va ikkinchisi suv havzasidan iborat
bo'lsin (har birining yuzasi yetarlicha katta deb qaraymiz). Havo ochiq
kunlari tushki paytgacha shudgor ustidagi havo ancha ko'proq isiydi,
suv ustidagi havo esa kamroq isiydi. Natijada, shudgorlik yer ustida atmosfera bosimining qiymati kamroq, suv havzasi ustida esa ko'proq
bo'lib qoladi va suv havzasi tomondan shudgorga shamol esishi ro'y
beradi.
Atmosfera bosimining qiymatlari haqidagi ma’lumotlami turli joylardagi meteorologik stansiyalar beradi. Biroq bu ma’lumotlarni bevosita
bir-biri bilan taqqoslab bo'lmaydi. Chunki avval aytganimizdek turli
meteorologik stansiyalar dengiz sathidan har xil balandda joylashgan.
Shuning uchun ulardagi atmosfera bosimining qiymatlarini dastavval
dengiz sathidagi qiymatlariga o'tkaziladi va shundan keyingina o'zaro
taqqoslanadi.
Atmosfera bosimining katta hududlardagi taqsimotini bilish uchun
sinoptik xaritalarga turli joylarda ayni bir vaqtda o'lchangan va dengiz
sathidagi qiymatlariga keltirilgan qiymatlarini yozilishini yana bir
ta’kidlab o'tamiz. Shundan so'ng teng bosimli nuqtalami egri chiziqlar
bilan tutashtiramiz, hosil bo'lgan egri chiziqlarni bosim o'zgarmaydigan
- teng bosimli yoki izobaralar deb yuritiladi. Izobaralarni odatda bosim
o'zgarishi 5 gPa dan qilib chiziladi. Izobaralar zich chizilgan joylarda
bosim katta, siyrak chizilgan joylarda esa kam bo'ladi.
Katta hududlar uchun chizilgan sinoptik xaritalami tahlil qilib, katta va kam bosimli joylarning joylashishini, havo massalarining harakati yo‘nalishlarini
aniqlab boriladi. Bu kabi ma’lumotlar ob-havoning kelgusida qanday bo‘lishini oldindan aytish (bashorat qilish)da muhim ahamiyatga ega.
Atmosfera bosimining gorizontal yo'nalishda o'zgarishini tavsiflash uchun gorizontal barik gradiyent tushunchasi kiritiladi.

Download 23.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling