Yer yuzida atmosfera bosimining o‘zgarishi. Gorizontal barik gradiyent Reja: 1
Download 23.07 Kb.
|
Yer yuzida atmosfera bosimining o
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mezosfcra
Stratosfera - bu troposfera ustida joylashib, 50-55 km balandiikgacha cho'zilgan qatlam. Bu qatlamning pastki qismida harorat balandlik bo'ylab deyarli o'zgarmay qoladi, ammo balandlik 25 km dan oshgandan keyin harorat sekin orta borib, bu qatlamning yuqori chegarasida
yillik o'rtacha harorat 0°C gacha yetadi. Troposfera bilan stratosfera orasidagi o'tish qatlamini tropopauza deb ataladi, uning qalinligi bir necha yuz metrdan 1-2 km gacha yetadi. Troposferaning ustki qismida haroratning balandlik bo'yicha pasayishi to'xtagan balandlikdan boshlab tropopauza boshlanadi. Stratosferaning 20-55 km balandliklarida ozon gazi bor bo'lganligiuchun havoning harorati orta boshlaydi. Chunki ozon gazi ultrabinafsha nurlami yaxshi yutganligidan isiganligi uchun stratosferaning harorati nisbatan yuqori boladi. 3. Mezosfcra Stratosferadan yuqorida joylashgan qatlamni mezosfera, stratosferadan mezosferaga oMish qatlamini esa stratopauza deb yuritiladi. Mezosferaning yuqori chegarasida havo harorati - 80°C gacha pasayadi. Mezosferadan termosferaga oMish qatlamini mezopauza deyiladi. 4. Termosfera. Mezosfera ustida joylashgan qatlam termosfera 800 km gacha balandlikka cho'zilgan. Bu qatlamda ham havo harorati balandlik bo'yicha ortadi va bu qatlamning yuqori chegarasida 2000°C gacha yetadi. Ammo bundan termosfera shunday issiq ekan deb xulosa qilish kerak emas. Bunday yuqori harorat gaz molekulalari ilgarilanma harakatining kinetik energiyasinigina tavsiflaydi, xolos. Termosferada havo molekulalari juda siyrak joylashganliklari uchun molekulalar ketma-ket to'qnashuvlar orasida tezligi juda ortib, katta kinetik energiyalarga ega bola oladi. Download 23.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling