Fizika guruh talabasi madrahimov javohirning optika fanidan mandelshtam-brillyuen majburiy sochilishi mavzusida yozgan


 Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’li


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1435290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Madrahimov J 2-G fizika optika kurs ishi

2.3. Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’li 
Kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi kometalar quyoshga yaqinlashgani 
sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi 
Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib, kometalar 
quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta’sirida quyoshdan 
uzoqlashadi, degan xulosalarni chiqarishga majbur qildi. Hisoblar hamda ayniqsa 
Lebedovning eksperimental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi. Bu ma’lumotlarga 
qarab o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarning quyosh nurlanishi ta’sirida 
quyoshdan itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga qaraganda 
kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan 
tortilish kuchi radiusning kubiga proportsional kamayadi, itarilish esa radiusning 
kvadrati kabi kamayadi. Kerakli o’lchamdagi zarra uchun itarilishning tortilishga 
qaraganda ustunligi quyoshdan istagan masofada kuzatiladi, chunki nurlanishning 
zichligi ham, gravitatsion ta’sir ham masofaga qarab bir xil radiusning kvadratiga 
teskari proporsional o’zgaradi [6]. 
Kometalarning quyruqlari faqat quyosh yaqinida kattalasha boshlashiga 
o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralar quyosh yaqinida bug’lanish paydo bo’lishi 
sababchidir. Ammo, lekin keyingi vaqtlarda kametalarda quyruq paydo bo’lishi juda 
murakkab protses ekanligi hamda yorug’lik bosimi xilma xil xodisalarning sababini 
ochib berolmasligi aniqlandi.
Yaqinda yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi 
masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Astronomiya ma’lumotlaridan 
shu narsa aniqki, o’lchamlari ma’lum maksimumdan ortadigan yulduzlar umuman 
yo’q ekan. Eddington yulduzlar o’lchamlarining ortishiga quyidagi sharoit to’sqinlik 
qilishi kerakligiga e’tibor berdi. Yulduzlarning massalari ko’paygani hamda tashqi 
qatlamlarining markazga tortilish kuchi ortgani sari yulduzning ichki qatlamlarining 
siqilishishi ham ortadi, natijada shu qatlamlarning harorati ortib bir necha million 


14 
gradusga yetadi. Lekin temperaturaning ortishi yulduz ichidagi nur energiyasining 
zichligi demak yorug’lik bosimi kattaligining ortishini bildiradi. Xisoblab tortilish 
kuchi bilan yorug’lik bosimi ta’sirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari o’rtasidagi 
muvozanat tufayli yulduzning massasi ma’lum chegaraviy qiymatdan ortmasligini 
ko’rsatadi. Massasi katta bo’lgan yulduzlar turg’un bo’lmaydi va tezda parchalanib 
ketadilar. Haqiqatdan ham yuqorida aytilgan fikrlar asosida o’tkazilgan hisoblarning 
natijasi bo’lmish yulduzlarning yuqori chegaraviy massasi astrofizik kuzatish 
natijalari bilan bir xildir. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling