Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: madrahimov j
Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’li
Download 0.64 Mb.
|
Madrahimov J 2-G fizika optika kurs ishi
2.3. Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’liKometalar quyruqlarining paydo bo’lishi kometalar quyoshga yaqinlashgani sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib, kometalar quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta’sirida quyoshdan uzoqlashadi, degan xulosalarni chiqarishga majbur qildi. Hisoblar hamda ayniqsa Lebedovning eksperimental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi. Bu ma’lumotlarga qarab o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarning quyosh nurlanishi ta’sirida quyoshdan itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan tortilish kuchi radiusning kubiga proportsional kamayadi, itarilish esa radiusning kvadrati kabi kamayadi. Kerakli o’lchamdagi zarra uchun itarilishning tortilishga qaraganda ustunligi quyoshdan istagan masofada kuzatiladi, chunki nurlanishning zichligi ham, gravitatsion ta’sir ham masofaga qarab bir xil radiusning kvadratiga teskari proporsional o’zgaradi [6]. Kometalarning quyruqlari faqat quyosh yaqinida kattalasha boshlashiga o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralar quyosh yaqinida bug’lanish paydo bo’lishi sababchidir. Ammo, lekin keyingi vaqtlarda kametalarda quyruq paydo bo’lishi juda murakkab protses ekanligi hamda yorug’lik bosimi xilma xil xodisalarning sababini ochib berolmasligi aniqlandi. Yaqinda yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Astronomiya ma’lumotlaridan shu narsa aniqki, o’lchamlari ma’lum maksimumdan ortadigan yulduzlar umuman yo’q ekan. Eddington yulduzlar o’lchamlarining ortishiga quyidagi sharoit to’sqinlik qilishi kerakligiga e’tibor berdi. Yulduzlarning massalari ko’paygani hamda tashqi qatlamlarining markazga tortilish kuchi ortgani sari yulduzning ichki qatlamlarining siqilishishi ham ortadi, natijada shu qatlamlarning harorati ortib bir necha million gradusga yetadi. Lekin temperaturaning ortishi yulduz ichidagi nur energiyasining zichligi demak yorug’lik bosimi kattaligining ortishini bildiradi. Xisoblab tortilish kuchi bilan yorug’lik bosimi ta’sirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari o’rtasidagi muvozanat tufayli yulduzning massasi ma’lum chegaraviy qiymatdan ortmasligini ko’rsatadi. Massasi katta bo’lgan yulduzlar turg’un bo’lmaydi va tezda parchalanib ketadilar. Haqiqatdan ham yuqorida aytilgan fikrlar asosida o’tkazilgan hisoblarning natijasi bo’lmish yulduzlarning yuqori chegaraviy massasi astrofizik kuzatish natijalari bilan bir xildir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling