Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s
Nurlanish va yutilish spektrlari. Spektral analiz
Download 0.49 Mb.
|
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii
1.2. Nurlanish va yutilish spektrlari. Spektral analizNurlanish spektri. Har qanday qizdirilgan modda o‘zidan elektromagnit to'lqinlar chiqaradi. Bu to‘lqinlar majmuasi nurlanish spektri deyiladi. Moddalarning holatiga va nurlanish mexanizmiga qarab nurlanish spektrlari ham turlicha bo‘ladi. Agar qizdirilgan qattiq jismdan chiqayotgan yorug‘lik prizma orqali o‘tkazilsa, ekranda yaxlit uzluksiz nurlanish spektri hosil bo‘ladi. Agar gaz yoki bug’ yorug‘lik manbai bo‘lib hizmat qilsa, spektrning manzarasi keskin o‘zgaradi. Qorong‘i sohalar bilan ajratilgan yorqin chiziqlar majmuasi kuzatiladi. Bunday spektrlar chiziqli spektrlar deyiladi. Natriy, vodorod va geliyning spektrlari chiziqli spektrlarga misol bo‘la oladi (1- a, b, d rasmlar). Nurlanayotgan gazlar spektrlarining ko‘rinishi gazning kimyoviy tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir gaz yoki bug‘ o‘zigagina xos bo‘lgan spektrlarga ega. Shuning uchun nurlanayotgan gazning spektriga qarab, uning kimyoviy tarkibini aniqlash mumkin. Agar nurlanish manbayi bo‘lib moddaning molekulasi xizmat qilsa, yo‘l-yo‘l spektr kuzatiladi. Yutilish spektrlari. Yuqorida ko‘rilgan nurlanish spektrlardan tashqari yutilish spektrlari ham mavjuddir. Ular quyidagi yo’l bilan hosil qilinadi. Oq yorug‘likni tekshirilayotgan modda orqali o‘tkazib spektrni aniqlaydigan asbobga yo‘naltiriladi. Bunda yaxlit spektrda ma’lum tartibda joylashgan qora chiziqlar ko‘rinadi. Bu chiziqlarning soni va joylashuvi tekshirilayotgan moddaning tarkibi to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beradi. Misol uchun, oq yorug‘likning yo'lida natriy bug‘lari turgan bo‘lsa, u holda nurlanish spektrida sariq chiziq turgan joyda, yutilish spektrida qora yo‘l hosil bo‘ladi (1-a va 1-f rasmlari solishtiring). Ushbu hodisa Kirxgof tomonidan quyidagicha tushuntirildi. Atom o'zidan qanday yorug‘lik to‘lqini nurlasa shunday yorug‘lik to'lqinini yutadi, hamda 1-f, g, h rasmlarda natriyning, vodorodning va geliyning yutilish spektrlari ko‘rsatilgan. 1- e rasmda tarkibiga yuqoridagi moddalar kirishini isbotlovchi quyosh spektri keltirilgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling