Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s


Download 0.49 Mb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1497429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-V FIZIKA GURUH TALABASI OSTONOV SANJARBEKNING OPTIKA FANIDAN ATOMLARNING NURLANISH SPEKTRLARI VA UNING TURLARI MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI





ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.
BAJARDI: OSTONOV S.


NUKUS_2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
I. BOB. ATOM SPEKTRLARI HAQIDA TUSHUNCHA 6
1.1. Atom spektrlari 6
1.2. Nurlanish va yutilish spektrlari. Spektral analiz 7
II BOB. SPEKTRAL CHIZIQLAR 11
2.1. Spektral chiziqlarning kengligi va shakli 11
2.2. Yorug’lik dispersiyasining tabiati 21
III. XULOSA 24
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 26


KIRISH


Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha jamiyatni axborotlashtirish bilan ham bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermog’i lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayonlariga tezkor joriy qilish mexanizmlar, o’quv dasturlar, darsliklar hamda o’quv meodik qo’llanmalar vositasi amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda hamda ajratilgan vaqt ichida loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir [2].
Fizika fanida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jarayonlariga kirib kelishi va axborot texnologiyalarining tez almashinuvi hamda takomillashuvi jarayonida har bir insonning o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatini yaratadi. Ta’limning bugungi vazifasi fizika fanidan o’quvchilarni kun sayin o’sib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iborat. Bunda jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlashga, kerakli xulosa qabul qilishga, o’tilayotgan mavzularda egallagan bilimini qo’llay olishga, amaliy mashg’ulotlar hamda laboratoriya tajribalarini o’tkazish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishga o’rgatishdan iboratdir. Fizika ta’limiga pedagogik texnologiyalarning jalb etilishi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib, har bir o’qituvchi buni o’z darsiga muvofiq tusda tashkil etib bormog’i lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ularni dars o’tish, ekskursiya, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, leksiya, seminar, diktant, nazorat testi va boshqalar tarzida tushunamiz. Umumiy o’rta makrablarida fizika darslari jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning bir qator tamoyillari mavjud bo’lib, darsning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda qiziqarli dars tashkil etish, test savollari asosida o’quvchining bilimini sinab ko’rish, muammoli vaziyatlar asosida savol-javoblar tariqasida dars o’tish va boshqalardan iborat. Dars jarayonida bolani zo’riqtirmaslik, uning yoshini hisobga olgan holda turli usullardan foydalanish o’qituvchining, pedagogning bilishi zarur bo’lgan xususiyatdir. Shu o’rinda men pedagogika hamda ta’lim texnologiyasiga chuqurroq to’xtalmoqchiman. Pеdаgоgik tехnоlоgiya tushunchаsining qo’llаnilishi bu аsоsiy e’tibоrni fаqаt tа’lim jаrаyonini sаmаrаli tаshkil etishgаginа qаrаtilmаy, bаlki hаm tа’lim, hаm tаrbiya jаrаyonining sаmаrаdоrligini tа’minlаshgа birdеk хizmаt qilаdi. Pеdаgоgik tехnоlоgiya o’z mоhiyatigа ko’rа sub’еktiv хususiyatgа egа, ya’ni, hаr bir pеdаgоg tа’lim vа tаrbiya jаrаyonini o’z imkоniyatlаri, kаsbiy mаhоrаtidаn kеlib chiqqаn hоldа ijоdiy tаshkil etishi lоzim [1].
Yorug‘likning tabiati, yorug‘lik hodisalaridagi qonuniyatlar va yorug‘lik bilan moddalarning o‘zaro ta’siri insonlarni juda qadimdan qiziqtirib kelgan, jumladan, yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar ham doimo fiziklarning diqqat markazida bo‘lgan. Yorug‘likning nurlanish jarayoni, har xil muhitlarda tarqalishi hamda yorug‘likning moddalar bilan ta’sir jarayonlari fizikaning optika bo‘limida o‘rganiladi. Optikaning rivojlanishi bilan birgalikda fizikada spektroskopiya yo‘nalishi ham paydo bo‘la boshladi. Spektral chiziqlar spektroskopiyaga bevosita bog’liq bo’lgani uchun bunga biroz to’xtalsak.
Spektroskopiya – elektromagnit nurlanishning hamda akustik to‘lqinlarning modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan bo‘lib, spektroskopik usullardan bu o‘zaro ta’sirlarning xususiyatlarini o‘rganishda keng foydalaniladi. Bu fanning vazifasi moddaning tuzilishi, tarkibi hamda xossalarini ularning spektrlari orqali aniqlashdir. Moddalarning xossalari uning qanday molekulalardan tuzilganligiga va bu molekulalarning o‘zaro qanday joylashganligiga bog‘liq. Fizika, kimyo va biologiya fanlaridagi ko‘pgina fundamental masalalarni hal qilishda moddadagi molekulalarning miqdorini, ularning tuzilishini va ular orasidagi o‘zaro ta’sirlarni keng temperatura, bosim va konsentratsiya intervalida hamda turli holatlarda bilish talab etiladi. Bunday talablarga javob bera oladigan universal usullardan biri molekular spektroskopiyadir. Ushbu qo‘llanmada molekular spektroskopiyaning asosiy muhim qirralari, spektroskopiya turlari bu fanni o‘rganish uchun zarur ma’lumotlar yoritib berilgan.
Molekular spektroskopiya fizikaning bir bo‘limi bo‘lib, hamda elektromagnit nurlanishning molekula va uning birikmalari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Uning asosida shartli ravishda alohida molekulani nazariy va tajriba yo‘li bilan o‘rganish yotadi. Tajribada alohida molekuladan ma’lumotni o‘ta siyraklashtirilgan gaz yoki molekulalar o‘zaro deyarli ta’sirlashmaydigan holda olish mumkin. Tabiiyki, erkin 7 molekulalarning spektri spektroskopiyaning nazariy asosini yaratish uchun zarur. Alohida, erkin molekulalar spektroskopiyasiga asoslanib, o‘zaro ta’sirlashuvchi molekulalar spektroskopiyasini, boshqacha aytganda kondensirlangan sistemalar spektroskopiyasini tuzish mumkin. Bunda real gazlar, eritmalar va suyuqliklar, qattiq jismlar va kristallarni o‘rganish mumkin. Bu sistemalarda zarrachalarning o‘zaro ta’siri natijasida molekulalarning aylanma, tebranma va elektron spektrlari (chastotalar, intensivliklar, spektral chiziqlarning kengligi) o‘zgaradi. Gazlardan suyuqliklarga o‘tish tufayli real sistemalarning spektri alohida molekulalar spektridan ko‘proq farq qila boradi.
Molekulalararo o‘zaro ta’sir natijasida molekular komplekslar hosil bo‘ladi. Bu komplekslarni yangi murakkab molekulalar deb qarash mumkin. O‘zaro ta’sir tufayli yangi hosil bo‘lgan molekulalarning yashash davri juda qisqa bo‘ladi, ular o‘zlarining spektral xarakteristikalariga ega. Ularda yangi tebranma sathlar paydo bo‘ladi, aylanish doimiyliklari va energetik sathlar orasida o‘tishlar ehtimoliyatlari o‘zgaradi. Alohida ajratilgan molekulalarning spektri oddiyroq bo‘ladi, real sistemalar, ya’ni gazlar va suyuqliklarning spektri molekulalararo o‘zaro ta’sir tufayli ancha murakkab bo‘ladi.
Kurs ishining dolzarbligi: Atom nurlanish spektr chiziqlari hamda dispersiyani o’rganish orqali yangi moddalarni kashf etish hamda tibbiyot,
astronomiya kabi fanlarga hissa qo’shish mumkin.
Molekular komplekslar spektroskopiyasining nazariy asosini yaratish uchun dastlab oddiy, o‘zaro ta’sir juda kam bo‘lgan holdagi molekulalar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Keyingi yillarda molekular komplekslarni nazariy hisoblashlarga ham katta e’tibor berilmoqda va bu yerda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Shunga qaramasdan molekular komplekslarni noempirik hisoblash borasida izlanishlar davom etmoqda. Alohida molekula spektridan real gaz yoki suyuqlik spektriga o‘tganda molekulalararo o‘zaro ta’sir tufayli spektral parametrlarning o‘zgarish sabablari o‘rganiladi. Buning uchun avvalo, moddaning gaz holatidagi spektrini qarash lozim. Chunki u suyuqlikning spektriga nisbatan oddiyroq bo‘ladi, lekin molekula hamda molekulalararo o‘zaro ta’sir haqidagi ma’lumotlar bunday spektrda mavjud bo‘ladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling