Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s
Download 0.49 Mb.
|
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii
III. XULOSAMen o’z kurs ishimni tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan foydalandim va atomlarning nurlanish spektri tushunchasi bilan yanada yaqindan tanishdim. Shuningdek spektrlarning turlari va ularning ahamiyatlari haqida o’rgandim, va bu spektr turlarini tajribada kuzatish mumkinligini bilib oldim. Atomlarning nurlanish spektrlarini o’rganish mobaynida men spektral analiz sanoatda muhim ro’l oynashini bilib oldim moddaning atomlarining spektrlarga ajralishiga qarab modda xususiyatlarini o’rganish mumkin ekan. Hozirgi kunda spektral analizdan ko‘plab maqsadlarda, masalan, sanoatda, qishloq xo‘jaligida, astronomiyada, metallurgiya va hatto, oziq-ovqat sanoatida ham foydalanilmoqda. Spektroskopiya bu elektromagnit nurlanishning hamda akustik to‘lqinlarning modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan bo‘lib, spektroskopik usullardan bu o‘zaro ta’sirlarning xususiyatlarini o‘rganishda keng foydalaniladi. Bu fanning vazifasi moddaning tuzilishi, tarkibi va xossalarini ularning spektrlari orqali aniqlashdir. Moddalarning xossalari uning qanday molekulalardan tuzilganligiga va bu molekulalarning o‘zaro qanday joylashganligiga bog‘liq. Spektral analiz hamda spektral chiziqlarni o’rganish fan uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uning astronomiya uchun ahamiyati juda ham katta. Osmon jismlarining tarkibi to‘g‘risida ma’lumot olishning yagona yo‘li spektral analizdir. Bu usul bilan Quyoshning, yulduzlarning va yulduz turkumining tarkiblari o‘rganilgan. D.I.Mendeleyev elementlar jadvalining 25 ta elementi kashf qilingan. Hozirgi paytda spektral analiz geologiyada, metallurgiyada, kimyoda, tibbiyotda va hatto oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Rezerfordning yadroviy modeli fizikasining ulkan yutug’i bo’lsada, u atomning spektral qonuniyatlarni tushuntirib bera olmaydi. Bundan tashqari, bu model klassik mexanika va elektrodinamika qonunlariga zid bo’lib chiqdi. Elektronini yadro atrofidagi orbita bo’ylab harakati chiziqli, ya’ni tezlanish bilan ro’y beradigan harakatdir. Bu harakat esa klassik elektrodinamika qaonunlariga muvofiq elektron o’qidan nur chiqarishi kerak. Ya’ni harakat davomida elektronning energiya kamayadi, uning aylanish orbitasi kichrayadi va u yadroga yaqinlasha boradi. Boshqacha aytganda, ma’lum vaqtdan keyin elektron yadroga tushib, atom yo’qolishi kerak. Bu Rezerford modeliga muvofiq, atom nostabil sistema bo’lishini ko’rsatadi. Amalda esa atomlar juda mustahkam sistema hisoblanadi. Bor nazariyasi atom fizikasi rivojlanishiga ulkan hissa qo’shib, kvant mexanikasining yaratilishida muhim qadam bo’lib xizmat qildi. U vodorod hamda vodorodsimon atomlarning spektrlar va spektral chiziqlarning chastotalarini hisoblashga imkon bergan bo’lsada, bu chiziqlarning intensivligini aniqlashga va u yoki bu o’tishlarning ro’y berishiga sabab nimaligini tushuntirishga ojizlik qild. Bor nazariyasining jiddiy inqirozi, aniqmas, eng soda elementlardan biri, vodoroddan bevosita keyingi element geliy atomining spektrini tushuntirish yo’lidagi urinishlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashida namoyon bo’ldi. Borning o’zi buning asosiy sababi nazariyaning yarim klassik ekanligida, ya’ni, bir tomondan, kvant postulatlari qo’llanilsa, ikkinchi tomondan klassik fizika qonunlarining qo’llanilishida, deb tan oldi. Biz ham bu mavzuni o’rgangan holda optika fani haqidagi tasavvurlarimizni kengaytirishimiz hamda kimyo, tibbiyot kabi sohalarga o’z hissamizni qo’shishimiz mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling