Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s
I. BOB. ATOM SPEKTRLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Download 0.49 Mb.
|
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii
I. BOB. ATOM SPEKTRLARI HAQIDA TUSHUNCHA1.1. Atom spektrlariAtom spektrlari – erkin yoki kuchsiz bogʻlangan atomlarning (bir atomli gazlar yoki bugʻlar) elektromagnit toʻlqin chiqarganda (nurlanish atom spektrlari) yoki yutganda (yutilish atom spektrlari) paydo boʻladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziqchiziq, ya’ni alohida-alohida joylashgan spektral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning koʻrinuvchi, ultra binafsha, infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish atom spektrlari atomni turli yoʻllar bilan masalan uygʻotilganda (yorugʻlik, elektronlarning urilish va hokazo) hosil boʻladi. Yutilish atom spektrlari uzluksiz spektrli yorugʻlik atomar gazlar yoki bugʻlardan oʻtganda paydo boʻladi. Atom spektrlari spektral asboblar yordamida kuzatiladi. Ionlarning atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan boʻlishi bilan neytral atomlarning atom spektrlaridan farq qiladi. Atom spektrlaridagi spektral chiziqlar ma’lum qonuniyatlarga boʻysunadi va sodda hollarda spektral seriyalar hosil qiladi. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin boʻlgan kvant oʻtishlari natijasida yuzaga keladi. Vodorod atomidagi spektral seriyalar ayniqsa ajralib turadi. Vodorod atomida Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari aniqlangan. Bu seriyalardagi toʻlqin sonlarini quyidagi formula yordamida topish mum-kin: bunda R = 109677,58 sm-1 –Ridberg doimiysi, pk va p– kvant oʻtishlari boʻlayotgan energetik sathlarining bosh kvant sonlari. Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari uchun pk mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5, 6 ga teng. Bunday seriyalar boshqa elementlar atomlari uchun ham kuzatiladi. Elementning atom soni oshib borishi bilan seriyalardagi spektral chiziqlar soni ham oshib boradi va murakkab koʻrinishga ega boʻladi. Elementlar Atom spektrlarining uziga xosligi modda tarkibini aniqlashda, ulardagi spektral chiziqlar ravshanligining 765 atomlar konsentratsiyasiga bogʻliqligi – element miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi. Atom spektrlaridagi chiziqlar tartibsiz joylashgan bo`lmay, balki ular gurux-gurux bo`ladi. Chiziqlar orasidagi oraliq uzunroq to`lqindan qisqaroq to`lqinga o`tgan sari ma’lum qonuniyat bilan kamaya boradi. 1885-yilda Shveysariyalik fizik I. Balmer vodorod spektrining ko`rinuvchan qismidagi chiziqlarga to`g`ri hamda mos keluvchi tebranish chastotalarini hisoblash mumkinligini ko`rsatadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling