Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s
-rasm. Moddalarning yutilish spektrlari
Download 0.49 Mb.
|
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii
1-rasm. Moddalarning yutilish spektrlari
Quyosh va yulduzlarning spektrlari. Quyosh hamda yulduzlar temperaturasi va rangiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: eng issiq yulduzlarning temperaturasi 100 kK atrofida; havorang yulduzlarniki — 30000 K; sariqlariniki esa 6 000 K va eng sovuq yulduzlarniki 3000 K atrofida bo‘ladi. (Quyosh bizga eng yaqin joylashgan yulduz bo‘lib, sirtining temperaturasi 6000 K.) Yulduzlar energiyasining manbayi ularning ichida 10 000 000 K temperaturada hamda vodorodning geliyga aylanish reaksiyalaridir. Shuning uchun ham barcha yulduzlarning (jumladan, quyoshning ham) atmosferasining asosiy qismini vodorod va geliy tashkil qiladi. Yulduzlarning spektrlari ularning tarkibida vodorod va geliydan tashqari turli kimyoviy birikmalar va elementlar mavjudligini ko‘rsatadi. Juda issiq yulduzlarning spektrlarida geliy va azotga xos bolgan yorqin chiziqlar ajralib tursa, sovuq yulduzlarning spektrlarida turli molekular birikmalaming yutilish yo‘llari ko'proq bo‘ladi. Quyoshning spektri turli qora chiziqlar bilan kesilganini ko‘rish mumkin. (1-e rasm). Bu chiziqlar ularni birinchi bo‘lib tavsiflagan kishining nomi bilan Fraungofer chiziqlari deyiladi [4]. Kirxgofning fikriga ko‘ra, bu chiziqlar quyosh va yer atmosferasi tarkibiga kiruvchi elementlarning yutilish spektrlaridir. Bu chiziqlarning spektrdagi o‘rniga qarab, quyosh nuri quyosh almosferasidan qanday moddalar orqali o‘tganligini aniqlash mumkin. Quyosh atmosferasida yerda mavjud elementlardan vodorod, natriy, kalsiy, temir va boshqa moddalar mavjudligi aniqlangan. Quyosh spektrini o‘rganish o‘sha paytgacha noma’lum bo‘lgan element mavjudligini ko‘rsatdi. Uni geliy (grekcha «gelios» - quyosh so‘zidan olingan) deb nomladilar. 26 yil o‘tgandan so‘ng geliy yerda ham topildi. Spektral analiz haqida tushuncha. Nurlanish va yutilish spektrlarini o‘rganish moddalarning tarkibini aniqlashga imkon berishi haqida bayon qilindi. Shuningdek, spektral chiziqlarning yorqinligi mazkur elementning birikmadagi miqdorini aniqlashga imkon beradi. Nurlanish va yutilish spektrlariga muvofiq moddaning kimyoviy tarkibini o‘rganish usuli spektral analiz deyiladi. Misol uchun spektrda sariq chiziq bo‘ladigan bo‘lsa, bu o‘rganilayotgan modda tarkibida natriy borligini ko‘rsatadi. Agar spektrda oldin ma’lum bo‘lmagan chiziq ko‘rinsa, bu yangi element kashf qilinganligining isbotidir. Spektral analiz juda sezgir usul bo‘lib, uning yordamida elementning 10-10 g miqdorini ham aniqlash mumkin. Kimyoviy usullar bilan bunday kam miqdordagi moddani qayd qilishning mutlaqo iloji yo‘q. S pektral asboblar. Spektrning ko‘rinish sohasini o‘rganish uchun spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng sodda spektroskop 2 - rasmda ko‘rsatilgan. Spektroskop kolli- mator - 7; prizmali ko‘rish trubasi - 2; prizmali stolcha - 3; tirqish - 4; linza - 5; obyektiv - 6 va okular - 7 lardan lashkil topgan. Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga tushadi. U prizmadan o'tishda turli ranglarga ajraladi va obyektiv, ko'rish trubasi orqali okular yordamida kuzatiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling