Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s
Download 0.49 Mb.
|
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Yorug’lik dispersiyasining tabiati
5-rasm.
5-rasmda Intensivlikning oshishi tufayli kuchayish koeffisiyentining kamayishi tasvirlangan. Kuchayish koeffisiyentining aktiv moddaga tushayotgan yorug’lik intensivligiga bog’liq o’zgarishi (26) formuladan ko’rinib turibdi. Intensivlik I(v) katta bo’lishi kuchayish koeffisiyentining shakli saqlanadi. 4-rasmda yorug’lik kuchayishning to’yinish grafigi tasvirlangan. Aktiv modda lyuminessensiya nurlanishning spektral chizig’i bir jinsli kengaygan. 2.2. Yorug’lik dispersiyasining tabiatiD ispersiya so‘zi lotincha dispersio — sochilish so‘zidan olingan. Yorug‘lik dispersiyasini birinchi bo‘lib kuzatgan kishi ingliz fizigi I.Nyuton hisoblanadi. U oq yorug‘lik dastasini shisha prizma orqali o‘tkazib, ekranda turli ranglar ketma-ketligidan tashkil topgan spektrni kuzatdi (6- rasm). I. Nyuton oq yorug‘lik yetti xil — qizil, pushti, sariq, yashil, havorang, ko‘k va binafsharanglardan iboratligini aniqladi. Prizmadan o‘tgan oq yorug‘likning turli ranglarga ajralib ketishi dispersiyaning natijasidir. Dispersiya deb muhit sindirish ko‘rsatkichining yorug’lik to'lqin uzunligiga bog‘liqligiga aytiladi. Shunday qilib dispersiya hodisasi yorug‘likning to‘lqin tabiati asosida tushuntirish mumkin bo‘lgan hodisalardan biri bo‘lib, unda to‘lqin uzunligi muhim rol o‘ynaydi. Yorug’lik dispersiyasining tabiati. Vakuumda istalgan to‘lqin uzunlikli elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi bir xil (c=3 108 m/s), moddalarda esa to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham oq yorug‘lik tarkibiga kiradigan turli ranglarga mos keluvchi to‘lqinlar uchun muhitning sindirish ko'rsatkichi ham farq qiladi. Natijada prizmadan o‘tish paytida turli ranglar turlicha sindirish ko‘rsatkichiga uchraydi, turlicha sinadi va bir-biridan ajralib chiqadi. Shuni ta’kidlash lozimki, dispersiya hodisasi nafaqat prizmada, balki juda ko‘p boshqa hollarda ham kuzatiladi. Masalan, quyosh nurlarining atmosferada hosil bo‘ladigan suv tomchilarida sinishi uning rangli nurlarga ajralishiga, ya’ni kamalakning hosil bo‘lishiga olib keladi. 6-rasm. Spektr Normal dispersiyada to‘lqin uzunligi ortishi bilan muhitning sindirish ko‘rsatkichi kamayadi. Shuning uchun ham spektrning yuqorisida eng katta to‘lqin uzunlikli qizil, pastida esa eng kichik to‘lqin uzunlikli binafsharanglar joylashadi. Boshqa ranglar ham shu tartibda, to‘lqin uzunliklarning kamayib borishiga muvofîq joylashgan. Spektr ranglarining qo‘shilishi. Nyuton o‘z tajribalarini davom ettirib, prizmadan chiqqan rangli nurlarni linza yordamida bir joyga to‘plagan va ekranda oq yorug‘lik hosil bo‘lganini ko‘rgan. Demak, rangli nurlarning qo‘shilishi natijasida oq yorug‘lik hosil bo‘ladi, ya’ni dispersiya natijasida hosil bo'lgan yettita rangli yorug‘lik oq yorug‘likning tarkibiga kiruvchi yorug‘liklardir (7-rasm). Umuman olganda, ikkita (yoki undan ko‘p) ranglarni qo'shish bilan ham oq yorug‘likni hosil qilish mumkin. Bunday ranglarga qo‘shimcha rang deyiladi. Sariq va ko‘k ranglar qo‘shimcha ranglarga misol bo‘la oladi. Uchta asosiy hisoblanmish qizil, yashil hamda binafsharanglarni turli hissalarda qo‘shish bilan istalgan ko‘rinishdagi rangni hosil qilish mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling