Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ostonov s


-rasm. Rangli nurlarning qo’shilishi


Download 0.49 Mb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1497429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ostonov S 2-V fizika optika kurs ishii

7-rasm. Rangli nurlarning qo’shilishi

Jismlarning rangi. Shaffof (yorug‘likni qaytarmaydigan va yutmaydigan) jismning rangi undan o‘tadigan yorug‘likning tarkibi bilan aniqlanadi.
Agar bo‘yoq surtilgan shishaga oq yorug‘lik tushsa, unda shisha, asosan, bo‘yoq rangidagi yorug‘likni o‘tkazadi. Masalan, qizil bo‘yoq surtilgan shisha qizil rangli yorug‘likni, yashil bo‘yoq surtilgan shisha yashil rangli yorug‘likni o‘tkazadi va h.k. Turli rangli filtrlardan foydalanish shunday xususiyatga asoslangan.
Agar jism o'ziga tushayotgan yorug‘likni qaytarsa, nima bo’ladi? Tabiiyki, jism shu rangda ham ko‘rinadi. Masalan, qizil bo‘lib ko‘ringan jism qizil rangli yorug‘likni, ko‘k bo‘lib ko‘ringan jism ko‘k rangli yorug‘likni qaytaradi. Noshaffof jismning rangi u qaytaradigan yorug‘lik ranglarining aralashmasi bilan aniqlanadi. Demak, jismlarga biror rangli bo‘yoq surtish unga shu xil rangli yorug‘likni qaytaradigan moddani surtish, demakdir. Barcha rangdagi yorug‘likni qaytaradigan jism oq bo‘lib ko‘rinadi. O‘ziga tushayotgan barcha yorug‘likni yutadigan jism esa qora jism bo'ladi. Tabiatda absolut qora jism ham, absolut oq jism ham mavjud emas. Ya’ni barcha jismlar ozmi-ko‘pmi yorug‘likni yutadi yoki qaytaradi.
Spektrlarning turlari. Difraksiya va dispersiya natijasida hosil bo’lgan spektrlar bir-biridan keskin farq qiladi. Difraksion panjaraga tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligiga qarab difraksion maksimumlarga taqsimlanadi. Og‘ish burchagining sinusi to‘lqin uzunligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun ham katta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan qizil nurlar, kichik to‘lqin uzunligiga ega binafsharang nurlardan ko‘ra ko‘proq og‘adi [13].
Dispersiyada esa yorug‘lik muhitning sindirish ko‘rsatkichiga qarab yoyiladi. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi ortishi bilan prizmaning sindirish ko‘rsatkichi kamayadi. Shuning uchun katta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan qizil nurlar, kichik to lqin uzunligiga ega bo‘lgan binafsharang nurlardan ko‘ra kamroq og‘adi. Dispersiyaning ahamiyati shundaki dispersiya hodisasining kashf qilinishi yorug‘likning tabiati, umuman olganda, nurlanish yordamida moddalarning tuzilishi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar olishga imkon berdi. Bundan tashqari, ranglar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar bezash ishlarida, kerakli ranglarni tanlashda muhim ro’l o‘ynaydi. Boshqacha aytganda, kerakli bo‘yoqni turli ranglarni qancha hissada qo‘shib hosil qilishni aniqlash mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling