Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: tojiboyeva z
Yorug’lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali foydalanishi
Download 489.22 Kb.
|
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika
1.3 Yorug’lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali foydalanishiEynshteynning yorug’lik kvantlari to’g’risidagi gipotezasiga asosan yorug’lik diskret energiya portsiyalari – fotonlar sifatida nurlanadi, yutiladi hamda fazoda tarqaladi. Foton energiyasi ga teng. Foton massasini uning energiyasi orqali ifodalash mumkin: Fotonni elementar zarracha deb hisoblasak, c yorug’lik tezligi bilan tarqalshi sababli, turg’un massasini nolga teng deb hisoblash mumkin. Fotonning impulsi ga teng. Fotonning massasi, impulsi va energiyasi uning korpuskulyar xususiyatini belgilaydi, ν- chastotasi esa, yorug’likning to’lqin xususiyatini belgilaydi. Fotoeffekt nazariyasi; Eynshteyn tenglamasi. Fotoeffektning faqat birinchi qonunini to`lqin nazariya asosida tushuntirish mumkin. Lekin ikkinchi va uchinchi qonunlarni to`lqin nazariya tushuntirishga ojizlik qiladi. Haqiqatdan ham to`lqin nazariyaga asosan, fotokatodga tushayotgan yorug`likning intensivligi ortgan sari ajralib chiayotgan fotoelektronlarning energiyalari ortishi lozim edi. Тajribalarning ko`rsatishicha, fotoelektronlarning energiyasi yorug`lik intensivligiga mutlaqo bog`liq emas. 1905 yilda A. Eynshteyn agar M. Plank taxmin qilganidek yorug`lik h kvant (porsiya) tarzida chiqarilgani kabi xuddi o`shanday porsiyalar bilan yutiladi deb qaralsa fotoeffektni hamma qonunlarini oson tushuntirish mumkin deb ko`rsatdi. Eyshteyn fotoeffektga energiyani saqlanish qonunini qo`lladi. Foton bilan elektronning ta’sirlashuv jarayonida fotonning h energiyasi elektronga o`tadi. Demak, ta’sirlashuvga qadar yorug`lik kvanti tarzida namoyon bo`layotgan energiya ta’sirlashuvdan so`ng elektronning energiyasiga aylanadi. Foton agarda impulsga ega bo’lsa, u holda jismga tushayotgan yorug’lik unga bosim ta’sirini o’tkazadi, chunki foton sirtga urilganda, unga o’z impulsini uzatadi [5]. Jism sirtiga ν chostotali monoxromatik yorug’lik nuri tushayotgan bo’lsin. Agarda birlik sirt yuzasiga birlik vaqtda N ta foton tushsa, jism sirtining ρ- qaytarish koeffitsentiga asosan ρN fotonlar qaytadi, (1- ρ)N fotonlar esa jismda yutiladi. Har bir yutilgan foton sirtga: impuls uzatadi, qaytgan foton esa: impuls uzatadi. U holda sirtga ta’sir etuvchi bosim quydagiga teng bo’ladi: bu yerda hν bitta fotonning energiyasi bo’lgani uchun, barcha fotonlarning energiyasi bo’ladi yoki sirtga tushayotgan yoritilganlik energiyasi bo’ladi. Bu yerda nurlanish energiyasining hajmiy zichligi deb ataladi. Shuning uchun, yorug’lik sirtga normal tushishida hosil qilgan bosimi quydagicha bo’ladi; Download 489.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling