Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J


III bob: G`AZAL MATNIDAGI SO`Z, IZOFALAR BILAN BOG`LIQ TAFOVUTLAR VA ULARNING MA’NO VA BADIIYATGA TA’SIRI


Download 173.43 Kb.
bet20/26
Sana21.06.2023
Hajmi173.43 Kb.
#1639938
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Sayidova Firuza Dissertatsiya

III bob: G`AZAL MATNIDAGI SO`Z, IZOFALAR BILAN BOG`LIQ TAFOVUTLAR VA ULARNING MA’NO VA BADIIYATGA TA’SIRI
3.1 Ayrim juz’iy tafovutlarning ma’no va badiiyatga ta’siri
4-gàzal Tatabbui Xoja Hofiz
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Buvad chun bar asiri noqai Layli,ki dar vody
Figòn az choki dil Majnun kashad ,ne zangi mahmilho.57
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Buvad chun abr sayri noqai Layli,ki dar vody
Figòn az choki dil Majnun kashad ,ne zangi mahmilho. 58
Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,bar’’ 1) meva ,hosil 2) ustida ma`nosini ifodalovchi old ko`makchi(38-b) ,,asir’’1)tutqun,bandi 2)yuksak;sipehri~osmonning yuqori qavati kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(25-b)
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,Abr “ bulut ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan.(25-b) Bayt mazmuni quyidagicha: Laylining tuyalari sahroda bulutdek sayr qilganida eshitiladigan ovoz,Bu tuyalar qo`ngìrogìning ovozi emas, balki Majnun dilining fig’onidir.Ko`rinadiki bayt mazmuniga ,,bar asiri” so`zi emas ,, abr sayri” kalimasi mos keladi.
17-gàzal Tatabbui Xoja Hofiz
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Bigu k-orand jomi Jam zi mahzan ,ey shahi diniy,
Ki binmoyam ba shohon bevfoixoi dunyoro .
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Bigu k-orand jomi Jam zi mahzan ,ey shahi xubon,
Ki binmoyam ba shohon bevfoixoi dunyoro .
Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,shahi ’’podshoh,,din” ko`pligi ,,aydon’’ ilohiy kuchga ishonishga asoslanish kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(79-b) .,,Xubon” so`zining ma`nosi esa lugàtlarda ifodalanmagan .Bayt mazmuni quyidagicha:Ey din podshohi,ayt,jamshid jomini xazinadan olib kelsinlar ,toki dunyoning vafosizliklarini shohlarga korsatayin. Ko`rinadiki,,shahi dini”kalimasi bayt mazmuniga mos keladi.
18-gàzal Tatabbui amir Xusrav va dar tavri xoja Hofiz
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom )da bayt quyidagicha berilgan.
Toiri farxundai aysh ast romi nuqlu may,59
Az payi sayde chunin,merezam obu donaro.
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Toiri farxundai ishq ast romi nuqlu may,
Az payi sayde chunin,merezam obu donaro.60
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,Aysh”1)yaxshi turmush,hayot 2)xursandchilik ,shod-u xurramlik,rohat-farogàt,ko`ngilxushlik“ ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan.(70-b),,Ishq” so`zi esa sevgi,oshiqlik Bayt mazmuni quyidagicha: Ayshning farxunda(qutlug’,saodatli)qushi gazak va mayga rom bo’ladi,Bunday sayd (ovlanuvchi) uchun don-u suv sepaman. Bayt mazmuniga ,,aysh ast’’kalimasi mos keladi.
22-gàzal Tatabbui hazrati Mahdumiy
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’ XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Ey ,az bahori husni tu bar chehraam gulzorho,
Dar chehra z-on gulzorho doram xalida xorho.61
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Ey ,az bahori husni tu bar chehraam gulzorho,
Dar siyna z-on gulzorho doram xalida xorho.62
Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,chehra ’’yuz .(316-b) ma`nosida kelishi To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’uchinchi jildida. ,,siyna’’ ,,sina” ko’krak ma’nosi zikr qilingan(360-b).Bayt mazmuni quyidagicha:Ey (go`zal)Husning bahoridan mening chehramda gulzorlar,o`sha gulzorlardan siynamga tikanlar qadalgan.Bayt mazmunidan anglashiladiki ,,chehra’’so`zi emas ,,siyna’’so`zi mos keladi.
Shu g’azal 2-bayt
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom )da bayt quyidagicha berilgan.
Az peshi hachrash muttasil,go’ rishtai jonam gusil,
Chun do’xt natvon choki dil,z-on so’zanu z-in torho.
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Az neshi hachrash muttasil,go’ rishtai jonam gusil,
Chun do’xt natvon choki dil,z-on so’zanu z-in torho.
Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at’’da ,,peshi ’’old,ro’para .(222-b) ma`nosida kelishi To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’ikkinchi jildida. ,,nesh’’ 1.zaharli hayvonlarning chaqish a`zosi,nesh nayza 2.o’tkir narsaning uchi 3.tikon 4.azob ma’nosi zikr qilingan(360-b).Bayt mazmuni quyidagicha: Hajring neshidan jonim ipi doim uzilib turadi,chunki u ignava bu ip bilan dilning chokini tikib bo’lmaydi. Baytimiz mazmuniga ,,pesh’’ so`zi emas ,,nesh’’ ya`ni azob ma’nosi o`z ifodasini topgan .
23-g’azal Tatabbui Maxdumiy
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Be qaddi tu dar bo’stonhar shoh ,ki barg ast,
Morest,marok-az vay ovexta aqrabho.
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Be qaddi tu dar bo’stonhar shoh ,ki pur barg ast,
Morest,marok-az vay ovexta aqrabho.
Bayt mazmuni:Sening qadding bo’lmagan chog’da bo’stondagi seryaproq har bir shox mening ko’zimga chayonlar osilgan ilon bo’lib ko’rinadi. Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)lardagi nashrlarda,, pur’’ko’p,ser so`zi tushirib qoldirilgan va bayt mazmuniga ta`sir qilgan Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da so`z tiklangan va bayt mazmuni to’liqlashgan.
24-gàzal Tatabbui maxdumi Jomi
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Man,ki doram azmija bar dida chandin xorro,
Jumla dar chashmam,narubam gar davri xamorro.
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Man,ki doram azmija bar diyda chandin xorro,
Jumla dar chashmam,narubam gar davri xamorro.
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,dida”1)ko’rmoq ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan.(483-b) Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at’’da ,,diyda ’’ko`z ma`nosida kelishi aytib o’tilgan(78-b).Bayt mazmuni: Mening ko’zimda kiprikdan bir qancha tikanlar bor,agar ular bilan mayfurush eshigini supurmasam ,barchasi ko’zimga qadalsin.Ko’rinadiki ,,diyda’’ ko’z kalimasi mos keladi.
26-g’azal Tatabbui Mir
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom )da bayt quyidagicha berilgan
Maro shud zindagoni sar bar sar barbod az hachrat,
Xusho onho,ki dorand az visolat zindagoniho.63
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Maro shud zindagoni sar ba sar barbod az hachrat,
Xusho onho,ki dorand az visolat zindagoniho.64
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Maro shud zindagoni sarbasar barbod az hachrat,
Xusho onho,ki dorand az visolat zindagoniho.65
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’uchinchi jildida.,,sarbasar”1)boshdan –oyoq,butunlay;~bo’lmoq,to’lmoq,lim-lim bo’lmoq ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan.(50-b) Bayt mazmuni:Sening hajringda tirikligim barbod,sening visoling tirik qolganlarga qanday yaxshi.bayt mazmuniga ,,sarbarsar” kalimasi mos keladi.
35-g’azal Tatabbui Shayx
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom )da bayt quyidagicha berilgan.
Hadisi vasli tu gar bar zabon nameoram,
Zi gar chiguna berun oram in tamannoro66
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Hadisi vasli tu gar bar zabon nameoram,
Zi gar chiguna birun oram in tamannoro.67
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan.
Hadisi vasli tu gar bar zabon nameoram,
Zi gar chiguna burun oram in tamannoro.68
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,berun”1)tashqari ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan.Mazkur lugàtda ,,burun’’ I –tana a`zosi II –avval,ilgari,qadim ma`nosida kelishi aytib o’tilgan(337-b).Lug’atlarda birun so’zining ma’nosi berilmagan.Bayt mazmuni:sening vasling so’zini tilimga olmasam (o’zimni ovuntirmasam ),bu tamannoni xayolimdan qanday chiqara olaman?Bayt mazmunidan anglashiladiki ,,berun ’’ so’zi bayt mazmuniga muvofiq keladi.
36-g’azal Ixtiro
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Garam buvad mai gulgun zi soqiyi gulruh,
Ba huru Kavsarat ,ey porso ,chi kor moro?69
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Karam buvad mai gulgun zi soqiyi gulruh,
Ba huru Kavsarat ,ey porso ,chi kor moro?70
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’uchinchi jildida.,,karam”1)yaxshilik,ehson) 2)sahovat II poliz ekini ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan. Lug’atlarda ,, garam” so’zining ma’nosi izohlanmagan.Bayt mazmuni:Gul yuzli soqiy tomonidan menga gul rang may karam qilinsa,ey porso,hur va Kavsaring bilan nima ishim bor?Nashrlaridagi tafovutlar arab yozuvidagi kva g tovushining ifodalanishi bilan bog`liq bo’lishi mumkin. Bayt mazmunidan anglashiladiki ,,karam ’’ so’zi bayt mazmuniga muvofiq keladi.
40-gàzal Javobi xud go’yad.
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Davo ba kulbayi xammor jomi gulrang ast ,
Gahe ki g’uncha kunad mehnati xumor turo. 71
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Davo ba kulbayi xammor jomi gulrang ast ,
Gahe ki ranja kunad mehnati xumor turo.72
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’to’rtinchi jildida.,,g’uncha” 1.g’uncha,gul 2go’zallar og’zi ,go’zal xushbichim og’iz ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan(119-b). Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,ranja’’1)mehnat;qadam aylamak qiyin bo’lsa ham borib kelmoq;2)bezovtalik 3)ozor chekmoq .(218-b) ma`nosida kelishi izohlangan.Bayt mazmun quyidagicha:Xumor mashaqqatidan dardmand bo’lsang ,uning davosi mayfurush kulbasidagi gul rang maydir.Ko’rinadiki bayt mazmuniga bayt mazmuniga ,,ranja’’emas ,,g’uncha’’ kalimasi mos keladi.
45-g’azal Tatabbui Xoja
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Ba husni beh zi pari odamigariy bar sar,
Nagashta misli tu paydo zi nasli odam xub.73
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Ba husni beh zi pari odamigariy bartar,
Nagashta misli tu paydo zi nasli odam xub.74
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,bar” 1.meva,hosil,samara2.ust~ma ma`nosini ifodalovchi ko’makchi.(214-b).Mazkur lugàt uchinchi jildda ,,sar” bosh har narsaning boshi tepasi.ma’nolari istifoda etilgan.,,Bartar “so’zining ma’nosini esa lug’atlardan topa olmadik.Bayt mazmuni:Odam naslidan husn bobida paridan go’zal,boshida odamgarchiligi bo’lgan sen kabi go’zal paydo bo’lgan emas.Bayt mazmunidan anglashiladiki ,, bar sar’’ so’zi bayt mazmuniga muvofiq keladi.
52-g’azal dar tavri Xoja
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
To z-oftob zebu fari olamast ,bod
Az raxshi tavsani tu ba zebu far oftob.75
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
To z-oftob zebu fari olamast ,bod
Az na’li tavsani tu ba zebu far oftob.76
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’uchinchi jildida.,,raxsh” yugurik ot,tulpor(610-b).Mazkur lugàt ikkinchi jildida ,,na’l” 1.taqa 2.etik va kovushning tovoniga qoqiladigan temir nag’al ma’nolari istifoda etilgan.Bayt mazmuni:Quyoshdan zeb-u ziynat olamda davom qilar ekan ,sening tulpor oting taqasidan quyoshga zebu ziynat bo’lsin.Bayt mazmunidan anglashiladiki.
Az raxshi na’li tavsani tub a zebu far oftob baytdagi so’zlar har ikkalasi qo’llanganda mazmun yanada yorqinlashadi.
49-g’azal Muxtara’
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Sababi rifati dunon zi falak justam guft:
,,Sababi in don,ki nayorand zi mo chust sabab’77
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Sababi rifati dunon zi falak justam guft:
,,Sababi in don,ki nayorand zi mo hasbi sabab’
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’to’rtinchi jildida.,,chust” 1.chaqqon ,shaylangan,mahkam 2.darhol, to’xtovsiz(482-b).Mazkur lugàtning shu jildida ,,hasbi’’qadr,turmush kechirish darajasi. ma’nolari istifoda etilgan.Bayt mazmuni:Pastkash va johillarning baland martaba turish sabablarini falakdan so’raganimda :,,bizdan munosiblik sabablarini so’ramasliklari sababdir’’ dedi.Bayt mazmunidan anglashiladiki:,,hasbi’’ kalimasi mazmunga muvofiq keladi.
56-g’azal Dar tavri Xoja
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Chu ami xoxi az in korgohi purosho’b,
Mayo zi maykada berunu bosh masti xarob.78
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Chu amn xoxi az in korgohi purosho’b,
Mayo zi maykada berunu bosh masti xarob.79
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,amn” 1.tinchlik,osoyishtalik,harakat 2.tinch;xilvat,rohat(86-b) Ammo lug’atlardan ,,ami’’so’zining izohini topolmadik .Bayt mazmuni:Bu sertashvish dunyodan tinchlik istasang,mayxonadan tashqari chiqma va doim mastu xarob bo’l.Bayt mazmunidan anglashiladiki:,,amn’’ kalimasi mazmunga muvofiq keladi.
60-g’azal Dar tavri Xoja
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild )
Biguftamash chi shitobat ba raftanast,ey um,
Biguft umr tu guftiy mago’ digar mashitob.80
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Biguftamash chi shitobat ba raftan ast,ey umr?
Biguft umr tu guftiy mago’ digar mashitob!
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Biguftamash chi shitobat baraftanat,ey umr,
Biguft umr tu guftiy mago’ digar mashitob.
Ushbu baytga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak uchchala nashrda uch xillik uchraydi.
Bayt mazmuni:Umr( mahbub)ga xitob qilib :,,Nima uchun buncha shitob bilan ketyapsan ?’’dedim.u aytdi:Meni umr dedingmi,(endi ),,shitob qilma “dema’’
Biguftamash chi shitobat ba raftan ast,ey umr? 2013-yilda nashr qilingan ,,To’la asarlar” o’n jildlik(5-jild)da imloviy jihatdan tinish belgilari to’g’ri qo’yilgan va ajratib ko’rsatilgan jumla to’g’ri qo’llangan.
Shu g’azal 2-bayt Navoiy
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild)da
Zi ishqi toza javone bigu,chi gasht ,rasid
Hazor javr ba in piri notavon har shab .
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Zi ishqi toza javone ba ko’cha gasht ,rasad
Hazor javr ba in piri notavon har shab .
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Zi ishqi toza javone bigo’,chi gasht ,rasid
Hazor javr ba in piri notavon har shab ?
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’ikkinchi jildida.,,rasad” 1.kuzatish,jadval tuzish 2.hissa,ulush(605-b) Shu lugàt ,,rasid’’ yetadi,yetmoq .(605-b)ma’nolari izohlangan Bayt mazmuni:U navqironning ishqida ko’cha kezganimda har kecha bu keksa notavonga minglarcha jabr va zulm yetadi.Bayt mazmunidan anglashiladiki:,,rasid’’ kalimasi mazmunga muvofiq keladi.
Shu g’azal 6-bayt
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Harifi bazmi tu xoson,maro bas in, ki niham
Sari niyoz baron xoki oston har shab 81
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan.
Harifi bazmi tu xoson,maro basast, ki niham
Sari niyoz baron xoki oston har shab 82
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,bas” 1.kifoya,yetarli,tamom,bas 2.g’oyat,benihoya,ziyod,ortiq;3.faqat 4.demak 5.shunchalik 6.shuda (223-b) Bayt mazmuni:Sening bazming ahllari ulug’ kishilardir,boshimni ostonang tuprog’iga qo’ysam ,menga shu basdir.Bayt mazmunidan anglashiladiki:,,bas in’’ kalimasi bayt mazmuniga muvofiq keladi.
79-g’azal Tatabbui Xoja
Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-jild )da bayt quyidagicha ifodalangan:
Foniyo,chun dat xarobat omadi az xonaqah,
Zuhdro bigzor ,k-in cho rasmi mayxoron xush ast83
Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan
Foniyo,chun dat xarobat omadi az xonaqah,
Zuhdro bigzor ,k-in cho rasmi xammoron xush ast84
To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’ikkinchi jildida.,mayxora,mayxoralig”1.mayxo’rlik,ko’pichishlik (212-b) mazkur lug’atning uchinchi jildida ,,xammoron” ichkilikbozlik ,ichkilik sotish bilan shug’illanuvchi ma’nolari istifoda etilgan. Bayt mazmuni:Ey Foniy ,xonaqahni tashlab ,xarobatga kelding,endi zohidlikni tark et ,bu joyda mayfurushlar rasmi go’zaldir.Bayt mazmunidan anglashiladiki:,,xammoron’’ kalimasi bayt mazmuniga muvofiq keladi

Download 173.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling