Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J
Ma’no, vazn va badiiyat nuqtayi nazaridan ayrim so`zlar bilan bog`liq mulohazalar
Download 173.43 Kb.
|
Sayidova Firuza Dissertatsiya
3.2 Ma’no, vazn va badiiyat nuqtayi nazaridan ayrim so`zlar bilan bog`liq mulohazalar
1-g’azal G`azalho Gàzal olloh madhiga bagìshlangan Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan. Bayt: Dar bodiyai shavqi tu chun rohila bandem, Zikri malak oyad zi fig`oni charasi mo. Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan. Bayt: Dar bodiyai shavqi chun rohila bandem, Zikri malak oyad zi fig`oni charasi mo. Bayt mazmuni :Shavqing sahrosida safar yukini tangìr ekanmiz, Zikri malak oyad zi fig`oni charasi mo. Baytda ajratib ko`rsatilgan so`z MATning 18 –tomida hamda X tomlikning 5-tomidA shavqi tu chun shaklida XV tomlikning (5-tom 1-kitobi)da shavqi chun shaklida berilgan bayt mazmunidan anglashiladki shavqing sahrosida ,,shavqi chun’’ kalimasi to`g`ri qo`llangan. Shu gàzalning 6-bayti Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan. Hark as,ki zi aftodagiorad ba kase ro`y, Mo ro`baki orem,tu chun ki kasi mo?! Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan. Hark as,ki zi aftodagiorad ba kase ro`y, Mo ro`baki orem,tu chunki kasi mo?! Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,chun’’ 1) chunki ,shu sababdan 2) agar 3)qachonki(318-b) kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(25-b) Bayt mazmuni: Har kishining boshiga ish tushganda yordam so`rab biror kishiga murojaat qiladi , Biz,sigìnadigan kishimiz sen bo`lgach kimga murojaat qilaylik.Mazkur lugàtda berilishicha chunki va chun ki shaklda ham bir mazmunni ifodalayapti nashrlardagi o`zgarish baytning mazmuniga ta`sir etmagan orfografik xato tufayli tafovut kelib chiqqan. Devoni foniyda hazrati Navoiy 317 ta tatabbu`va tavr bitganlar quyida tahlilga tortayotgan tatabbu` shayx Sa`diyga bagìshlangan .Asarda Shayx Muslihiddin Sa`diy Sheroziy 22ta gàzallariga tatabbu` va 2ta gàzallariga tavr bitganlar . Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan. Goh ba ma’shuq shevagit tasahhub, Ham ba hudaz noz karda g’oratu yag’mo. Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan. Goh ba ma`shuq shevagiyat tasahhub, Ham ba hudaz noz karda gòratu yag`mo. Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,sheva’’ 1) ravish,yo’sin, 2) qiliq,ishva,~bo’lmak,odatga kirmoq (328-b) kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(25-b) Bayt mazmuni:Goh ma`shuqalardek nozu karashma qilasan ,ham o’zing nozingdan talon-taroj solasan. Bayt mazmunidan kelib chiqadiki nashrlarda ajratib ko`rsatilgan ,, shevagi’’ va ,,shevagiyat’’ so’zlari ikkalasi ham bayt mazmuniga mos noz-u karashma ma`nosini ifodalayapti . Na`t gàzal Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan. Ba sole gar shabe qadrest dar yak mah du shomi qadr, Buvad az gesuvoni anbarin ro`y chu mohatro Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan. Ba sole gar shabi qadrest dar yak mah du shomi qadr, Buvad az gesuvoni anbarin ro`y chu mohatro Bayt mazmuni;Har yili bir marta laylatulqadr kechasi bo`lsa ham, oy yuzingdagi ikki qora kokildan har oyda ikki marta laylatulqadr kechasi bor. Nashrlarda ajratib ko`rsatilgan so`z shabe va shabi tarzida ifodalangan ikkala so`z ham bayt mazmuniga mos tun ma`nosini ifodalayapti. Shu gàzal 6-bayt Az on didori Haq didi kiham nuri ilohi kard Munir az surmai ,,moz og`’’chashmoni siyohatro. Baytda ajratib ko`rsatilgan so`z MATning 18-tomida vaTo`la asarlar X jildlikning(5-tomida),,moz og`’’ tarzida. Az on didori Haq didi kiham nuri ilohi kard Munir az surmai ,,mozog`’’chashmoni siyohatro. Alisher Navoiy Asarlar XV tomlik(1-kitob)da ,, mozog`’’ tarzida berilgan. Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,mo zog’ ,,1) aldamadi , 2) ko`zi topti,ko’zi aldamadi? kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(143-b) Bayt mazmuni:Qora ko’zlaringni Xudo mo zog’ surmasi bilan ravshan qildi,shuning uchun Xudo diydorini yaqqol ko’ra olding.Lug’atlardan,, mozog’’so’zining istilohini izlab topolmadik va ,,mo zog’’’ kalimasini to’g’ri deb hisobladik. 4-g’azal Tatabbui Xoja Hofiz So’i dayri mugòn bihrom to biny dusad mahvil, Sarosar z-oftobimay furuzon sham` mahfilho Baytda ajratib ko`rsatilgan so`z MATning 18-tomida vaTo`la asarlar X jildlikning(5-tomida),,dusad’’ tarzida. So’i dayri mugòn bihrom to biny du sad mahvil, Sarosar z-oftobimay furuzon sham` mahfilho. Alisher Navoiy Asarlar XV tomlik(1-kitob)da ,, du sad’’ tarzida berilgan. Bayt mazmuni:Sen mayxonaga bor ,ul yerda ikki yuzcha davrani ko`rarsanki , undagi davralar boshdan- oyoq may shamidan yop-yoruq bo`lib turadi.Bayt mazmunidan anglashiladiki ,,du sad”ikki yuz raqamini ifodalaydi orfografik xato sababli ,,dusad ’’qo`llangan va bu bayt mazmuniga putur yetkazmagan. Shu gàzal 5-bayt: Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan. Manu behosili,k-az ilmu zuhdam ,onchi shud hosil, Yako-yak dar sari ma`shuqumay shud jumla hosilho. Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan. Manu behosili,k-az ilmu zo`hdam ,onchi shud hosil, Yako-yak dar sari ma`shuqu may shud jumla hosilho. Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,zuhdam’’1) taqvo , 2) taqvodorlik kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(143-b) Bayt mazmuni:men ilm va taqvodorlikdan bebahraman,(ammo)nimadan bahramand bo’lgan bo’lsam ,u ham ma`shuq va mayga qurbon bo’ldi,Lug’atlardan,,zo’hdam’’so’zining istilohini izlab topolmadik va ,,zuhdam’’ kalimasini to’g’ri deb hisobladik. 9-gàzal Muxtara` Alisher Navoiy,, Mukammal asarlar to`plami’’ XX tomlik (18-tom ) va Alisher Navoiy ,,To`la asarlar’’XV jildlik beshinchi tom (1-kitob)da bayt quyidagicha berilgan. Labi la`lu dahan ey mug`bacha,k-az boda oludat, Asirash gùnchayi dilho ,fidoyash chavhari chonho Alisher Navoiy ,,To`la asarlar to`plami”o`n jildlik (5-jild)da bayt quyidagicha ifodalangan. Labi la`lu dahan ey mug`bacha,k-az boda oluda Asirash gùnchayi dilho ,fidoyash chavhari chavhari chonho Filologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov tomonidan tayyorlangan ,,Navoiy asarlari uchun qisqacha lugàt’’da ,,va oluda’’1) buzilgan , 2) bulg`angan kabi ma`nolarda kelishi zikr qilingan(223-b)Bayt mazmuni:Ey mug’bacha ,la’li labi og’zingni boda bilan rangin qilding,endi dillar g’unchasi uning asiri-yu,jon javhari fidosidir.Ofografik xato tufayli t tovushi tovushin ortgan bayt mazmuniga sezilarli ta`sir etmagan. 12-gàzal Tatabbui yori aziz Chu za’fi mo zi xayoli ruhi labi sho`hest, Dilo, chi muchibi quvvat gul angubin moro Baytda ajratib ko`rsatilgan so`z MATning 18-tomida va Asarlar XV tomlikning(1-kitobida),,gul angubin’’ tarzida. Chu za’fi mo zi xayoli ruhi labi sho`hest, Dilo, chi muchibi quvvat gul angabin moro. To`la asarlar X jildlikning(5-tomida),,gul angabin’’ tarzida ifodalangan. To`rt jildlik ,,Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugàti’’birinchi jildida.,,Angabin,angubin”1)asal2)bol ma`nosini ifodalashi aytib o`tilgan.(90-b) Bayt mazmuni quyidagicha: Bizning zaifligimiz bir sho’xning yuzu labining xayolidandir,Ey ko’ngil bizning zaifligimizga gulqand quvvat bag’ishlamaydi. Nashrlardagi ,,angabin’’ va ,,angubin ‘’so`zlari sinonim sifatida qo`llangan. 14-gàzal Tatabbui yori aziz Suxayli Download 173.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling