Ilmiy rahbar: Jumanyozova Muqaddas Teshayev Furqat; Qudratullayev Behruz; Shaymanov Adham
Download 52.5 Kb.
|
Тешаев Фуркат Октябрвич
Ilmiy rahbar: Jumanyozova Muqaddas Teshayev Furqat; Qudratullayev Behruz; Shaymanov Adham. ELEKTRON TIJORAT VA UNING O’ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga olgan bo’lib, internet tarmog’ida tijorat soxasiga oid faollikni, unda asosan oldi sotdi operatsiyasini amalga oshirish uchun qo’llaniladi. U komputer tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshib bormoqda va uning huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi, jumladan 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi va Markaziy bank tomonidan «Elektron tijorat to'g'risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Yangi tahrirdagi qonun Prezident Islom Karimovning 2013- yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014- yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 17- yanvardagi yig'ilishidagi topshiriqlarini ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi. Markaziy Bankning xabar berishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi hamda respublikada elektron tijoratni yanada kengroq joriy etilishi quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: — savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (tranzaktsion harajatlar) ancha kamayadi, elektron tijorat sub'ektlarining bir-biridan geografik uzoqligi bilan bog'liq muammolar hal etiladi; — sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o'rnatish uchun sharoit yaratiladi, shu jumladan bozorda yangi ishtirokchilar paydo bo'ladi (bunday sharoitda kichik biznes sub'ektlari xalqaro bozorda ham samarali raqobat qilishlari mumkin bo'ladi); — axborot tarmoqlari vositasida elektron savdo qilishda operatsiyalarning shaffofligi oshadi, bu esa sotuvchilar va xaridorlarga qisqa fursatda narxlar, sifat va tovarni etkazib berish bilan bog'liq har xil raqobatchilar taklif etgan ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Hammamizga malumki elektron tijoratni amalga oshirish uchun birinchi navbatda elektron to’lov tizimi rivojlangan bo’lishi kerek. Elektron to’lov bu texnika vositalaridan, axborot texnalogiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to’lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob kitoblarni amalga oshirishdir. Elektron to’lov tizimida tovar va xizmatlar to’lovi xaridorning elektron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag’larini chiqarish imkoniga ega bo’lgan sotuvchining elektron hisobiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Hozirda dunyo bo’ylab 1000 dan ortiq elektron to’lov tizimilaridan foydalanib kelinmoqda bulardan WEBMONEY, Datacash, IntellectMoney ,Perfect Money, RBK Money, Paypal, wia Escrow va boshqalardir. Elektron tijorat va elektron to’lov tizimini rivojlantirish borasida O’zbekistonda ham bir qancha ishlar olib borilmoqda buning samarasi o’laroq hozirgi paytga kelib mamlakatimizda 15 milliondan ziyod plastik kartochka muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ularning qariyb 3 million 500 mingtasi onlayn kartochkalardir va bu kartochkalar orqali telekommunikatsiya, kommunal xizmatlar uchun elektron to‘lovlarni Internet orqali to‘lash imkoniyati mavjud. Bundan tashqari banklarning masofadan turib hisob raqamlarni boshqarish bilan bog‘liq ishlarida ijobiy natijalar kuzatilib, 2014 yilning 1 noyabr holatiga asosan O‘zbekistonda «Internet-banking» foydalanuvchilari 96144, «SMS-banking» xizmatidan foydalanuvchilar esa 84568 tani tashkil etgan. Bu hammasi elektron tijoratning rivoji tomon qo’yilgan qadamlar hisoblanadi, chunki elektron tijorat an’anaviy tijotardan ancha foydali bo’lib undan tubdan farq qiladi va quidagi xususiyatlarga egadir. Xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud; Ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati; Kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi; Xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; Hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati va ko’plab shunga o’xshash imkoniyatlarni yaratadi. Elektiron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarni sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo’ladi. Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, manapoliyadan chiqaradi va mahsulotning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik hayotida kerakli mahsulotlar ichidan sifatlilarini tanlashi yoki chet el firmalariga murojat qilishi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda elektron tijoratning jadal rivojlanishi sababli butun dunyo bo’ylab online savdo do’konlar ( online shopping) ko’pymoqda bu esa mamlakatlar aro savdo sotiq ishlarini olib boorish uchun juda qulay hisoblanadi. Bugungi kunda eng katta online do’konlarga misol qilib biz Alibaba.com, Ebuy.com, Amazon.com va boshqa minglab saytlarni misol qilish mumkin. Bular orasida Alibaba.com hozirda dunyodagi eng yirik online bozor hisoblanadi. Bu kompaniyaning bosh offisi Xitoyda joylashgan bo’lib, dunyoning 90 dan ziyod mamlakatida joylashgan kompaniyalar bilan shartnoma tuzib xaridorlar va sotuvchilar o’rtasida aloqani taminlab beradi, va bu butun dunyo ish bilarmonlari uchun juda qulay hisoblanadi, chunki bu kompniyaning global online savdo sayti mavjud bo’lib xohlagan tadbirkor bu baytdan o’zining shaxsiy tokchasiga ega bo’lishi va ishlab chiqarayotgan mahsulotini va u haqidagi malumotlarni yozib qoldiradi va uni butun dunyodagi xaridorlar ko’rishi mumkin bo’ladi , agar mahsulotga qiziqish bildirilsa xaridor sotuvchiga to’g’ridan to’g’ri sayt orqali bog’lanishi mumkin va shartnoma tuzib mahsulot uchun to’lovni bir qancha usullar yordamida to’lashi mumkin. Bu to’lov usullaridan eng samaralisi bank hisob raqami orqali to’lash yoki xalqaro plastik kartochkalar orqali to’lash hisoblanadi. Mijozlar to’lovlarini xavfsizligini taminlash maqsadida kompaniya 100 % himoyalangan via Esrow to’lov tizimi orqali to’lshni ham taklif qiladi. Bu tizimda to’lanadigan pul via Escrow tizimining o’zida qoladi va xaridor tovarni olganligi haqidagi xabarnoma tasdiqlangandan so’ng pul sotuvchiga o’tkaziladi. Kichik internet do’konlarida (online shop) ham bu to’lov tizimidan foydalanish mumkin lekin kichik internet do’konlarida xalqaro plastic kartochkalar (VISA, MasterCard) yordamida to’lovni amalga oshirish qulay hisoblanadi. Bundan tashqari kichik internet do’konlaridan maxsulot sotib olish ancha soda bo’lib bu bir nechta bosqichlardan iborat. Bu shu internet do’konga a’zo bo’lishdan boshlanadi va a’zolik tasdiqlangandan keyin xaridor o’ziga yoqqan tovarni izlab topadi va uni tanlab xarid qutisiga joylashtiradi va ko’rsatilgan muddat ichida to’lovni amalga oshiradi, so’ngra sotuvchi tomonidan xaridorning shaxsiy e-mail adresiga xarid yakunlangani haqida ma’lumot yuboriladi va tovar jonatishga tayyorlanadi so’ng tovar jo’natilgandan keyin sotuvchi xaridorga tovarning pochta kuzatuv kodini va pochta usuli, eltib berish muddati haqida ma’lumot yuboradi. Tovar eltib berilgandan so’ng xaridordan jo’natmani tasdiqlash so’raladi va jonatma xaridor tomondan tasdiqlanganidan keyingina xarid to’la yakunlangan hisoblanadi. Bu operatsiyalar hammasi elektron tarzda amalga oshiriladi va bu ham xaridorga, ham sotuvchiga qulaylik yaratib, katta foyda keltiradi va bu orqali mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shiladi, shuning uchun bugungi kunda mamlakatimizda ham elektron tijoratni rivojlantirish asosiy maqsadlardan biriga aylangan. Elektron tijoratning ishlash tizimini o’rganib chiqqan holda quidagilarni taklif qilish mumkin. Elektron tijorat tizimi bo’yicha aholi savodxonligini oshirish. Elektron to’lov xizmatlarini ko’paytirish va kengaytirish. Elekrton tijoratning infrastrukturalaridan biri bo’lmish On-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar uchun o’z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog’i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Elektron tijorat saytlari sonini ko’paytirish va bu orqali erkin raqobatni kuchaytirish va istemolchilarga keng tanlash imkoniyatini yaratish. Kuriyerlik va pochta xizmatlarini rivojlantirish va bu orqali istemolchilarga online orqali sotib olgan tavarlarini qisqa muddatlar ichida eltib berish imkoniyatlarini yaratish. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling