Ilmiy raxbar: A. Turg’unov Qo‘qon-2023 Mundarija Kirish Asosiy qism
Download 225.8 Kb.
|
Mavzu Kombinatorika elementlari Reja Kombinatorika masalalar t
Kurs ishining dolzarbligi:
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o’qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish matematika faniga qiziqadigan o’quvchilarning imkoniyatlarini oshiradi. Matematika fani bo’yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizim Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanishi esa kelajak avlodning savodxonligining sifatini oshirishga xizmat qiladi. O’tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Masalan, ilg’or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi. Xalqaro fan olimpiadalarida g’olib bo’lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag’batlantirish tizimi joriy etildi. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o’zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o’rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag’lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi. Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi. Ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo’yicha respublika kengashi tashkil etildi. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko’rsatmoqda. Masalan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o’rtasidagi uzviylik to’liq ta’minlanmagan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o’quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirilmagan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g’oliblari bo’lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo’lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog’liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas. Iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo’yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o’rinlarni egallashini ta’minlashda o’quvchi yoshlarni bilimini oshirish maqsadida malakali va bilimli mutaxassislarni jalb qilish va yetarlicha adabiyotlar va texnik vositalar bilan ta’minlanishi muhim. Bugungi kunda ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o’qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilinganligi ko’plab ilmga chanqoq va ayrim sabablarga ko’ra ananaviy ta’lim tizimida tahsil ololmayotgan yoshlar uchun juda ham qulay imkoniyat bo’ldi. Kelgusi o’quv yilida oliy ta’limning ayrim yo’nalishlariga onlayn ta’lim olish imkoniyati bilan talabalar qabul qilinishi esa yangilik bo’ldi. Matematika fanini bilish darajasini baholash bo’yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo’nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo’yicha mashg’ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish esa har bir kadrning o’z ustida tinimsiz ishlashda davom etishiga yana bir sabab bo’lmoqda. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish esa bugungi yosh avlodning kelajakda butun jahon iqtisodiyotida vatanimizning o’rnini yuksaltirishga xizmat qilishlariga bir yo’l bo’lib xizmat qiladi. Matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim sohasidagi olib borayotgan ishlaridan namuna sifatida foydalanish hamda yangiliklar yaratish matematika darslarining sifatini oshiribgina qolmay kelgusidagi natijalarning kafolati bo’lib xizmat qiladi deb o’ylayman. Mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichmabosqich jahonning matematika fani bo’yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish esa biz yosh avlodga berilayotgan imkoniyatlardan qay darajada unumli foydalanayotganimizni ko’rsatib beradi. Shuningdek hozirgi zamon matematika darslarini loyixalashda esa yuqoridagi aytib o’tilgan ishlarning amalda qo’llash va bugungi zamon talabiga mos bo’lgan matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Matematika fani chuqurlashtirilib o’qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o’quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi. O'quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi. Matematika fani chuqurlashtirilib o’qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo’nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo’yicha o’qishga qabul qilinadi. Ixtisoslashtirilgan maktablarning nizomlarini, mazkur maktablarda matematika fani o’qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish esa darslarning sifatini oshirishga va o’quvchidagi imkoniyatlarning ortishiga sabab bo’ladi. Shuningdek hozirgi zamon matematika darslarini loyixalash mavzusi dolzarb bo’lib, buning natijasida o’zaro malaka, bilmlar va metodlarni almashish mumkin. Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan darslarni tashkillashda o’zaro fikrlar almashinuvi esa zamonaviy matematika darslarining sifat darajasini oshirishda yordamchi bo’lib xizmat qiladi. Download 225.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling