Ilmiy tadqiot mavzularini tanlash va asoslash


Ilmiy izlanish yo‘nalishi bo‘yicha ishlarning bajarilishi


Download 60 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi60 Kb.
#1640943
1   2   3
Bog'liq
6-лекция

3. Ilmiy izlanish yo‘nalishi bo‘yicha ishlarning bajarilishi
Ilmiy izlanish ishlari turlariga qarab bajarilish bosqichi har xil bo‘lsada, ular ketma-ketlik xususiyatga ega. Shuning uchun barcha ilmiy izlanish ishlariga qo‘yidagi taxminiy ketma-ketlikdagi bajarilish bosqichlarini keltirish mumkin:
1. Ilmiy izlanish nomini aniqlash.
2. Texnikaviy-iqtisodiy asoslash.
3. Ilmiy izlanish bosqichi, ya’ni nazariy va amaliy axborotlar bilan
tanishib, maqsad va vazifa yanada aniqlashtiriladi.
4. Eksperimental izlanish bajariladi va fizikaviy modeli yaratiladi.
5. Olingan natijalar umumiy tahlil qilinadi va modellarning gipotezalari aniqlanadi.
6. Ilmiy va ishlab chiqarish xulosalari qilinadi.
7. Ilmiy texnikaviy hisobot yoziladi.
8. Amaliyotga tadbiq etiladi.
Ilmiy izlanish mavzusining nomini aniqlashda muammoning mohiyati, tushunchasi va vazifasi aniqlanadi. Buning natijasida texnikaviy-iqtisodiy tasdiqlashni bajarish uchun boshlang‘ich yo‘llanma beriladi.
Texnikaviy-iqtisodiy tasdiqlashda ushbu mavzu nima uchun bajarilayotgani, dolzarbligi qisqacha adabiy tahlil tariqasida shungacha olingan natijalar, kutiladigan natijalarning qayerda tadbiq etilishi, iqtisodiy samaradorligi va boshqa ko‘rsatgichlar aniqlanadi. Texnikaviy-iqtisodiy tasdiqlashda tanlangan mavzuning bajarilishi maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Faqatgina shundan so‘ng bajariladigan ishlarning maqsad va vazifasi aniqlanadi.
Nazariy izlanish etapida - izlanish predmetining fizikaviy tushunchasi va mohiyati aniqlanadi. Shu bilan birga matematik modellari tuzilib, boshlang‘ich natijalari tahlil qilinadi.
Albatta, nazariy izlanish etapi amaliy eksperimental izlanish bilan chambarchas bog‘liklikda olib borilsa, ilmiy izlanish samaradorligi ancha oshadi va sifati yaxshilanadi.
Eksperimental izlanishda eksperiment-tajriba uslubi va dasturi tanlanadi yoki tuziladi va shu dastur bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladi.
Nazariy va amaliy izlanishdan so‘ng olingan natijalarning umumiy tahlili o‘tkaziladi va oldindan qilingan gipotezalar bilan taqqoslanadi.
Ilmiy ish xulosalari tuziladi, ishlab chiqarish xulosalari bilan taqqoslanadi. Kerak bo‘lganda yana tajribalar o‘tkaziladi va qo‘shimcha izlanishlar olib boriladi.
Shundan so‘ng qilingan ishlar bo‘yicha ilmiy texnikaviy hisobot tuziladi.
Ilmiy ishning navbatdagi bajarilish etapida olingan natijalarning amaliyotga tadbiq qilish va uning haqiqiy iqtisodiy-samaradorligini aniqlash ishlari bajariladi. Bu etapdagi ishlarni bajarishda tajriba-konstruktorlik byurolarning, loyiha tashkilotlarining, tajribada zavod va ustaxonalarning ahamiyati katta bo‘ladi. Ularning yordamidan samarali foydalanish kerak.
Muvoffaqiyatli bajarilgan ishlar davlat nazoratidan o‘tgandan so‘ng keng ko‘lamda xalq xo‘jaligida tadbiq qilinadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Ilmiy izlanish ishlarining turlanishini tushuntiring.
2. Ilmiy izlanishnig maqsadi nimadan iborat?
3. Fundamental va amaliy izlanish mohiyati nimada?
4. Ilmiy izlanishlarning muhimligi darajasi bo‘yicha qanday
bo‘linadi?.
5. Ilmiy izlanish yo‘nalishlarini aytib bering.
6. Ilmiy muammo, yo‘nalish, ilmiy mazu va savollar tushunchasini tushuntiring.
7. Ilmiy yo‘nalish dolzarbligini aniqlash deganda nimani tushunasiz?
8. Ilmiy izlanish ishlarining bajarilishi qanday bosqichlardan iborat?.
9. Nazariy amaliy izlanishdagi natijalarning umumiy tahlilini
tushuntiring.
10. Texnikaviy iqtisodiy tasdiqlash etapining mazmuni.
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling