Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni


Download 63 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1542706
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlarii

tadqiq mavzusida o`z aksini topishi zarur.
Ilmiy tadqiq mavzusi (odatda, ilmiy ishning sarlavhasi) tadqiq manbayiga va tadqiq predmetiga ishorani o`z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiq mavzusi, odatda, ilmiy tadqiqotning sarlavhasidir. Tadqiq jarayonida u juda muhim ahamiyatga egadir. Tadqiqotchilar orasida "sarlavha ish muvaffaqiyatining yarmi" degan hikmatli sozning tarqalganligi bejiz emas. Akademik shoir G`afur G`ulomning iste`dodi, chuqur falsafiy mushohadasi va tafakkuri mahsuli bo`lgan "Vaqt" she`rining dunyoga kelishi bilan bog`liq qiziq bir hodisa va adibning so`zlari sarlavha ijodiy ishda qanchalik muhim ekanligini ko`rsatadi. O`zbekiston qahramoni Said Ahmad shunday eslaydi1:
"Said Ahmad "Qizil O`zbekiston" gazetasi redaktori topshirig`i bilan G`afur akadan bir she`r undirish ilinjida tayinlangan vaqtda G`afur akaning uyiga boradi. Biroq....
Domla o`sha kuni meni kechgacha ovora qildilar. Fe`llarini bilganimdan xalaqit bermadim. Kech bo`ldi. Qorong`u tushdi. Domlaning she`r yozib berish niyati yo`qqa o`xshardi.
- Menga qara, ke, shu ishni ertaga qoldiraylik.
Men ko`nmadim. Ertaga ertalab she`rsiz redaksiyaga borsam, redaktor xafa qilishini aytdim.
-Azonda yozamiz. Bo`ptimi? G`afur G`ulomning gapi bitta bo`ladi. Tamom. Yaxshi she`r yozaman degan shoir kechqurun palov yeb yotishi kerak. Hozir ikkovimiz osh qilamiz.
Ko`nmay ilojim yo`q edi. Oshdan keyin to yarim kechagacha Bedil o`qib ma`nosini tushuntirib berar, afandi aytib kulardi. Bilib turibman, domla she`r yozish oldidan ruhini yengillatmoqchi, o`ziga yaxshi kayfiyat yaratmoqchi. Yotish oldidan bilagidagi soatni echib, ko`zoynak taqib qaradi.
-Bo`ldi, - dedi domla, qayta o`rnidan turib, - she`r tayyor,. Komil Aliyev shunday degan edi: "Sarlavhasi bilan tagiga yoziladigan o`z noming naqd bo`lsa, asaring bitdi deyaver. " She`rning nomi bilan tagiga G`afur Gulom` so`zini bitdi.
U kishiga savol bilan qaradim.
-Jiyanim Hamidulla o`tkan kuni shu soatni sovg`a qilgan edi. Shu soatga bag`ishlab she`r yozaman.
Boshqatdan kiyinib o`tirib oldik. Men pastga tushib choy damlab chiqdim. Stolga choynakni qo`ya turib qarasam, she`rning ikki satri yozilib qopti:
G`uncha ochilguncha o`tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik.
. Xayolini buzmaslik uchun choy quyib, stol qirg`og`iga qo`ydim. Qarab turibman, G`afur aka o`ylayapti. Ko`zi goh shiftga tikilar, goh qoshlari chimirilib xuddi urishmoqchi bo`lgandek, menga yomon qarab qolardi. Bilaman, bunaqa paytda G`afur aka qaragani bilan meni ko`rmaydi. Xayolida yaratayotgan narsanigina ko`radi. Ruchkani siyohdonga zarda bilan botirdi-yu yoza ketdi:
Gohida bir muddat olgulik nafas.
Bu satrni shoshib o`chirdi-yu, boshqatdan yozdi:
"Ba`zida bir nafas olgulik muddat.
Ming yulduz so`nishi uchun yetgulik"
Bu xotirada olim-adibning: "
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling