Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni


Download 63 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1542706
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlarii

uqilganni ifodalash oson" degan hikmatli so`z bor. Shuning uchun har bir ilmiy tadqiqot mavzusi ilmiy jamoatchilik orasida (dastlab, tadqiqotchi va uning ilmiy rahbari orasida, so`ngra kafedra, laboratoriya yig`ilishida, muassasa ilmiy kengashida, dissertatsiya mavzulari esa yana mintaqa va respublika muvofiqlashtiruvchi kengashlarida) muhokama etilib, ma`qullanishi talab etiladi. O`zR OAK nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi mavzularini "OAK Bulleteni"da e`lon qilib, keng jamoatchilikka ma`lum qilishni ham talab etadi.
3.Tadqiqot mavzusi, manbayi va predmetini to`g`ri belgilash tadqiq manbayi
Tadqiqot mavzusi, manbayi va predmetini to`g`ri belgilash tadqiq manbayirning fanda o`rganilish tarixini chuqur bilishni talab etadi. O`rganilish tarixi deganda tanlangan mavzu fanda kimlar tomonidan qay darajada o`rganilganligi tushuniladi. Tadqiqotchi mavzuning o`rganilish tarixini, ya`ni undan oldin shu masala bo`yicha kimlar nimalar qilganligini, qanday yutuqlarni qo`lga kiritganlarini, qaysi muammolarni o`rtaga qo’yganliklarini tugal bilmog`i lozim. Buni amalga oshirmay, tadqiqotchi ilmiy tadqiq ishiga kirishishi, hatto sarlavha belgilashi va asoslashi mumkin emas. Mavzuning o`rganilish tarixi bilan tanishish ucnun shu masalaning:
a) dastlab ta`limning turli bosqich va bo`g`in darsliklarida,
b) keyin oliy ta`lim tizimi darslik va qo`llanmalarida yoritilishi bilan qaytadan tanishish zarur.
Shundan so`ng bu qollanmalarda shu masalaga oid ko`rsatilgan zaruriy va qo`shimcha ilmiy-tadqiqiy adabiyotlar bilan tanishishga o`tish mumkin. O`rganayotgan (mutolaa qilinayotgan) ilmiy-tadqiqiy asarlardagi ilmiy havolalar tadqiqotchiga yangi-yangi tadqiqotlarni topish va o`rganish uchun yo`llanmadir.
Mavzuning o`rganilish tarixiini bilish uchun har bir fan (jumladan, tilshunoslik va uning bo`limlari) bo`yicha bibliografik ko`rsatkichlar, kutubxonalar va INTERNET tizimida esa sistematik (mavzuviy) katalogdan unumli foydalana olish katta ahamiyatga egadir. Sistematik katalogda ilmiy adabiyotlar tadqiq manbayi, predmeti va mavzulariga ko`ra "kattadan (umumiylikdan) kichikka (xususiylikka)" yo`nalishida muayyanlashtirib boriladi.
Ilmiy tadqiqning farazi mavzuning o`rganilish tarixidan kelib chiqadi. Zeroki, har bir tadqiqotchi o`z tadqiq manbayi xususiyatlarini o`rganar ekan, uning yangi-yangi aloqa va munosabatlarini, tomon va qirralarini ochadi, yangi bog`lanish, muammolarini kashf etadi, lekin ularning barchasini o`z ilmiy ishida mufassal ko`rib o`tolmaydi, ammo bu yangi qirra va aloqadorliklar haqida yo`l-yo`lakay fikr, faraz va taxminlar bildirib o`tadi. Mana shunday tadqiqotlar tadqiq manbayini yangi bosqichda o`rganish uchun mayoq - ilmiy faraz bo`lib xizmat qiladi. Har bir jiddiy va tom ma`noda ilmiy izlanish fan oldiga yangi-yangi muammolarni, maxsus o`rganilishi zarur masalalarni qo`yadi, tadqiq manbayini yangi bosqichda tahlil va tavsif etishga zamin hozirlaydi. Haqiqiy olimning o`ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda juda ehtiyotkor bo`lishining asosiy sababi ham shunda: u har bir masalada o`zining bilganidan bilmagan tomonlari ko`proq ekanligini tushunadi. 3 Ilmiy faraz tadqiqotchi tomonidan ehtiyotkorlik bilan asosli ravishda shakllantirilishi va bayon etilishi, atroflicha tekshirilib, navbatdagi bosqich tadqiqotlari uchun mayoq qilib olinishi zarur.


1


  1. 2

3



Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling