Ilmiy tadqiqot asoslari
Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi
Download 364.18 Kb. Pdf ko'rish
|
l-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy muammo yechimiga
- Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar
- Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid
- Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar
- Tadqiqotchilarga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
- Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
- 1.6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari
- Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari.
- I. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash.
- II. Muammoni qo’yilishi. Muammoning qo’yilishi
- 1.6.1-shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni bosqichlari
- III. Dastlabki faraz
- IV. Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni).
- V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
- Natijalarni tahlil qilishda
- VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish.
- VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar. Xulosalash
- Natijalarni o’zlashtirish
- VIII. Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etishga uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash.
- Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid holatlar: mavzuni tanlash va asoslash
- Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi.
Avvalo mavzu o’zi nima?
Mavzu (arabchada – joylashtirilgan, qo’yilgan, degan ma’noni anglatadi) – muhokama, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda etgan nomlanish.
Mavzu, odatda ijodkor tomonidan tanlanadi va asoslanadi. Mavzu ijodiy faoliyat jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.) mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi va uni hal qilishdagi vazifalar ko’lamiga qarab mavzu va mavzuchalar tanlanishi mumkin hamda bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi.
Muammo, odatda kishilik jamiyati oldiga qo’yilgan insonlarning orzu-istagi sifatida paydo bo’ladi. Masalan « Uchar gilam»(Samalyotlar), «Oynai jahon» (Televideniya), «Otash arava» (Poezdlar) va h.k.
Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq.
Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish» qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm» bilan bog’liq. SHu sababli ham ilmiy muammoni quyidagicha ifodalasak, maqsadga muvofiq bo’ladi:
kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.
Ilmiy muammo ijodiy jarayon bo’lib, uning yordamida tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi.
yutuqlariga), voqeylikning o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar asosida erishiladi.
Ilmiy muammo o’z mohiyatiga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda uchrashi mumkin:
- ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalarini hal etish;
- jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dinamik va statistik qonuniyatlarni yaratish; - jamiyat taraqqiyotiga va insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi iqtisodiy masalalarni hal etish metodologiyasini yaratish;
-demografik va siyosiy sohalardagi davlat boshqaruvining demokratik tomoyillarini yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar;
- komil inson tarbiyasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o’rnini ijtimoiy jihatlarini ilmiy asoslash va h.k.
Har qanday turdagi muammo va uning yechimidan davlat, jamiyat, jamoa, odam va shu kabilar albatta samara (foyda) ko’rish, ya’ni ilgarigi mavjud daraja yangi sifat darajasiga o’tish kerak, chunki insonning muammo va uning yechimini topishi ijodkorlikdir. Ma’lumki, ijodkorlik– yangilik uchun kurashish demakdir. Bunda ilm–fan va texnika-texnologiyaning eng so’ngi yutuqlarini tahlil qila bilish va undan o’zining ilmiy faoliyatida oqilona foydalanishga erishish, doimo o’z ustida ishlash orqali erishiladi.
Demak, har qanday ilmiy muammoni hal qilishda uning yangiligiga, yaratuvchiligiga, rivojlantiruvchiligiga va shu kabilarga e’tibor berish kerak bo’lib, u muammo dolzarbligini baholash jarayonida kerakli ko’rsatkichlardir.
Umuman olganda, muammo dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:
- shakllantirilayotgan (rejalashtirilayotgan) muammo tegishli soha (yo’nalish) va uning jamiyat hamda davlat oldidagi istiqbolini bilish;
- rejalashtirilayotgan muammoga tegishli soha (yo’nalish) bo’yicha ilm-fan va texnika- texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan habardorlik;
- tanlanayotgan muammoning unga tegishli bo’lgan soha (yo’nalish)dagi o’rnining aniqlanganligi;
- tanlanayotgan muammoning yechimini topish natijasida tegishli soha (yo’nalish)dagi rivojlanish, yaratuvchanlik haqidagi ishchi farazning mavjudligi;
- tanlangan mavzu yoki unga yaqin boshqa mavzularning ishlanganlik darajasi va ular erishgan yutuqlarning amaliy hayotdagi va ayniqsa rejalashtirilayotgan tadqiqotni olib borish jarayonidagi ahamiyatini hamda unga nisbatan yangiligi haqidagi bilim va tasavvurlarga egalik;
-tanlangan muammoning ilm–fan yoki texnika-texnologiyani rivojlantirish uchun xizmat qila olishligi haqidagi fikrning shakllanganligi va uning nechog’lik mustahkam ifodalanganligi va h.k.
Demak, ilmiy muammo dolzarbligini to’g’ri ifodalash, ob’ektiv dunyo narsa–hodisalarning muhim qonuniy aloqadorliklarini (munosabatlarini) aks ettirish va shu asosda voqeylikni ijodiy o’zgartirish haqidagi tasavvurni shakllantirish imkonini beradi. Bunda ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi muammo dolzarbligini baholashda eng muhim sifatlar bo’lib hisoblanadi.
mavzu, deganda nimani tushunasiz?
ilmiy muammo ta’rifini ochib bering? ilmiy muammoning mohiyatiga ko’ra ko’rinishlarini aytib bering?
muammo dolzarbligini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerak deb o’ylaysiz?
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid
mavzu – bu muhokoma, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini o’zida qisqa va ixcham ifoda etgan nomlanish;
kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqg’a va hodisalarni, jaryon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.) ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
mavzuni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, deb o’ylaysiz? ilmiy qadriyatlar ilmiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan ijodiy faoliyatini sanab o’ting va siz ularning qaysilarida o’z izlanishlaringiz bilan qatnashish salohiyatiga egaman, deb o’ylaysiz. Bular to’g’risida yozma axborot tayyorlang.
ilmiy faoliyat jamiyat taraqqiyotiga sezilarli ta’sir qilishi ma’lum. Siz shug’ullanmoqchi bo’lgan ilmiy muammongiz bu borada qanday ahamiyatga ega. Yozma axborot tayyorlang.
Tadqiqotchilarga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
pedagogika nazariyasidan innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaratish borasidagi ijodiy ishlaringshizda barkamol avlodni shakllantirishning metodologik asoslariga ko’proq e’tibor bering;
tanlagan mavzungiz tegishli yo’nalish bo’yicha ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlarini hisobga olinishiga imkoniyat yarata oladigan bo’lsin;
tanlangan mavzu ilm-fan va texnika-texnologiyalarni rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan bo’lsin.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – 5 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 707 b. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.
1.6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari
Tayanch iboralar va atamalar: mavzuni tanlash va asoslash, muammoning qo’yilishi, dastlabki faraz, ishchi faraz, nazariy bilimlar, anketa savollari, suhbatlar, mutaxassis olimlar maslahatlari, mavzuga mos metodologik asoslar, ob’ekt, nazariy tadqiqot, modellar, algoritmlar, metodlar, ilmiy-nazariy ishlanmalar, texnologiyalar, mezonlar, tamoyillar, yechimlar (natijalar), amaliy tadqiqot natijalari, tasdiqlovchi eksperiment o’tkazish, xulosalar, uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar.
Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari.
Ma’lumki, ilm-fan ijtimoiy ong shakllaridan biri, ularni turli holatlarda uchratish mumkin. Odatda, ular tabiat va jamiyatdagi qonuniyatlarni qondirish jarayoni sifatida qaraladi va qonuniyatlar ulardagi barcha bog’lanishlar (aloqadorliklar)ni o’rganishga yaroqli bo’lmog’i lozim. Ilm-fanning bilish jarayonining asosi ekanligi ham ushbu xususiyat bilan belgilanadi. SHu sababli ham ilm-fan tabiat va jamiyatdagi jarayonlarni o’rganish hamda ular natijalari tahlili asosidagi bilimlarni hosil qilishni hal etadi va bunga ilmiy tadqiqot jarayoni, deb qaraladi.
ya’ni ularni shartli ravishda algoritmik tarzda ifodalash mumkin. Demak, tabiiyki, ularni aks ettiradigan (o’rganadigan va tahlil qiladigan) ilmiy tadqiqot jarayoni ham algoritmik tarzda shakllanadi. Bunda aniqlash, o’rganish, yaratish natijasi, tahlil qilish, sintezlash, xulosalash va
tavsiya berish borasidagi ishlarida ilm-fan imkoniyatlari cheksizligi haqidagi tushunchani tadqiqotchining bilishligi nihoyatda muhim. SHuning uchun, tadqiqotchining bilish jarayoni mazmuni va shaxsiy ko’nikmalaridan qat’iy nazar, ilmiy tadqiqotlar jarayoni hamma vaqt ma’lum bir bosqichlar ketma-ketligi bo’yicha olib boriladi.
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot bu ob’ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari aloqadorligini o’rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to’liqmaslikdan to’liqlikka yo’naltirilgan murakkab jarayon.
Demak, bu jarayonni murakkab ya’ni ko’p qirrali va ko’p variantli dinamik tizim sifatida qarash mumkin bo’ladi. SHu sababli ham uni boshqarish ham o’ziga xos innovatsion yondashuvni talab etadi va ular mazkur jarayonni boshqarishning optimal variantlarini yaratish imkonini beradi. Ularni shartli ravishda quyidagi tartibda ifodalashni lozim topdik (1.6.1-shakl). Endi ushbu jarayonning har bir bosqichiga qichqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Bunda asosan soha, yo’nalish va undagi mavzuni tanlash amalga oshiriladi. Mavzu tanlashda tadqiqotchining sohaga, yo’nalishga qiziqishi va bu boradagi ilmiy salohiyati e’tiborga olinadi. Bunda tadqiqotchining o’zi shug’illanmoqchi bo’lgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil o’rganish orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Mavzu tanlanayotganda shug’ullanishi kerak bo’lgan sohaning yirik – istiqbolli mutaxassislari maslahatiga amal qilinsa ham yaxshi samaralar beradi.
tahlil qilinadi, soha bo’yicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va muammoning qo’yilishiga zamin tayyorlanadi.
va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak bo’lgan muammoni izlash bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham o’z ichisha oladi.
1.6.1-shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni bosqichlari
Muammoning qo’yilishida ma’lumot yig’ish va ularni qayta ishlashga katta e’tibor beriladi. Undagi nazariy usullar va texnik yechimlar, o’xshash muammolarini yechimini topish vositalari, tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar va boshqa maxsus ma’lumotlar yig’ish tadqiqot boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga oshiriladi.
III. Dastlabki faraz
Dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo’yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor. Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so’rovlari, suhbatlari, mutaxassis- olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o’tkaziladi.
IV. Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni).
Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm- fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi. Nazariy tadqiqotning
maqsadi o’rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to’liqroq, chuqurroq umumlashtirish ishchi farazga iloji boricha ko’proq bog’lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz yanada takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma’lumot nazariyasini ishlab chiqishga imkon yaratiladi, ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi.
V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
Amaliy tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba- sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.
qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi, shuningdek, nazariy va amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi.
VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish.
Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.) natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.
bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.
Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash. Bunda tadqiqotchi ishtiroki muhim rolь o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
VIII. Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etishga uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash.
Uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning tadqiqot manbaiga hamda muammo qo’yilishiga mosligi asosida tayyorlanadi va ishlanmadan amaliyotda foydalanish yo’l-yo’riqlari ifodalanadi. Uslubiy tavsiyalar shunga o’xshash ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo’lishi mumkin.
va bu jarayonlarni bosib o’tishda alohida talablar qo’yiladi.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
mavzuni tanlash va asoslashda tadqiqotchi intellektual salohiyatining ahamiyati nimada deb o’ylaysiz?
ITI jarayoni bosqichlarini sanab bering? muammoning qo’yilishi nimalarga bog’liq?
dastlabki ishchi faraz qanday shakllantiriladi? nazariy va amaliy tadqiqotlardagi umumiylik va xususiylik nimada, deb o’ylaysiz?
ITI natijalarini sinflab bering?
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid holatlar: mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ITI ning dastlabki bosqichi hisoblanadi;
va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi;
dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi;
fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi;
tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyat jarayonidir;
iste’mol uchun tayyorlash jarayonidir.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
muammoning qo’yilishiga zamin tayyorlash deganda nimani tushunasiz va o’z ilmiy ishingizda tadqiqot maqsadi aniqlanganmi?
ishchi farazni shakllantirishda mutaxassis olimlar bilan suhbat qay tarzda olib boriladi. Tadqiqot yo’nalishiga qarab ular qaysi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin;
nazariy va amaliy tadqiqot uyg’unligini ITI ning qaysi asoslari bo’yicha hal qilish mumkin? amaliy tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanishda xulosalar, uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar qanday ifoda etiladi. Buni o’z ilmiy ishlaringiz asosida o’ylab ko’ring va shu asosida yozma ravishda ma’lumotnoma tayyorlang.
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
tavsiyalar:
ITI ni olib borishda uni olib borishning bosqichlariga amal qilishning algoritmik tizimini ishlab chiqish kerak va shu asosda ma’lumotlarni to’plab, ularni tadqiqot maqsadiga mos tizimlashtirish lozim;
ITI bo’yicha olingan natijalarning amaliy ahamiyatini yanada oshirish bo’yicha ulardan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash kerak va bu natijalardan qo’yilgan muammodan tashqari boshqa shunga o’xshash muammolarni hal qilishda ham foydalanish mumkinligiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 2.To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. – 248 b.
Download 364.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling