Ilmiy tadqiqot asoslari


Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi


Download 364.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2020
Hajmi364.18 Kb.
#119193
1   2   3
Bog'liq
l-mavzu


  Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi.

 

 



 

Avvalo mavzu o’zi nima?

 

Mavzu  (arabchada  –  joylashtirilgan,  qo’yilgan,  degan  ma’noni  anglatadi)  –  muhokama, 



ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda 

etgan nomlanish.

 

Mavzu,  odatda  ijodkor  tomonidan  tanlanadi  va  asoslanadi.  Mavzu  ijodiy  faoliyat 



jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.) 

mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi 

va  uni  hal  qilishdagi  vazifalar  ko’lamiga  qarab  mavzu  va  mavzuchalar  tanlanishi  mumkin  hamda 

bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi.

 

Muammo,  odatda  kishilik  jamiyati  oldiga  qo’yilgan  insonlarning  orzu-istagi  sifatida  paydo 



bo’ladi.  Masalan  «  Uchar  gilam»(Samalyotlar),  «Oynai  jahon»  (Televideniya),  «Otash  arava» 

(Poezdlar) va h.k.

 

Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu  –istagini ilm-fan 



yuzaga  chiqaradi  va  natijada  odamlarni  qiynab  yotgan  og’ir  jismoniy  mehnatlar  aqliy  mehnatga 

almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning 

xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq.

 

Endi  ilmiy  muammo  haqida  qisqacha  tushuncha  beraylik.  Mazkur  darslikning  «Kirish» 



qismida  «Ilm»ning  qichqacha  ta’rifini  keltirgan  edik.  Ma’lumki,  ilmiy  muammo  bevosita  «Ilm» 

bilan  bog’liq.  SHu  sababli  ham  ilmiy  muammoni  quyidagicha  ifodalasak,  maqsadga  muvofiq 

bo’ladi: 

 

Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga 

kelishi  yoki  o’rganilishi  mumkin  bo’lgan  voqea  va  hodisalarni,  jarayon  va  predmetlar  (qurilma, 

mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib 

berish. 

 

Ilmiy  muammo  ijodiy  jarayon  bo’lib,  uning  yordamida  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyotining 



ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi.

 

Ilmiy  muammo  yechimiga  voqeylik  haqida  yo’llangan  bilim  va  tajribalarga  (ilm-fan 

yutuqlariga),  voqeylikning  o’zgarish  va  rivojlanish  qonuniyatlariga  tayangan  holda  chiqariladigan, 

ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar asosida erishiladi. 

 


Ilmiy muammo o’z mohiyatiga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda uchrashi mumkin: 

 

-  ijtimoiy  hodisalarning  rivojlanish  qonuniyatlariga  tayanib  jamiyat  taraqqiyotining  dolzarb 



masalalarini hal etish;

 

- jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dinamik va statistik qonuniyatlarni yaratish;



 

- jamiyat taraqqiyotiga va insoniyat  manfaatlariga xizmat qiluvchi iqtisodiy masalalarni hal 

etish metodologiyasini yaratish;

 

-demografik  va  siyosiy  sohalardagi  davlat  boshqaruvining  demokratik  tomoyillarini 



yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar;

 

-  komil  inson  tarbiyasi  va  uning  jamiyat  taraqqiyotidagi  roli  va  o’rnini  ijtimoiy  jihatlarini 



ilmiy asoslash va h.k.

 

Har  qanday  turdagi  muammo  va  uning  yechimidan  davlat,  jamiyat,  jamoa,  odam  va  shu 



kabilar  albatta  samara  (foyda)  ko’rish,  ya’ni  ilgarigi  mavjud  daraja  yangi  sifat  darajasiga  o’tish 

kerak,  chunki  insonning  muammo  va  uning  yechimini  topishi  ijodkorlikdir.  Ma’lumki,  ijodkorlik–

yangilik  uchun  kurashish  demakdir.  Bunda  ilm–fan  va  texnika-texnologiyaning  eng  so’ngi 

yutuqlarini  tahlil  qila  bilish  va  undan  o’zining  ilmiy  faoliyatida    oqilona  foydalanishga  erishish, 

doimo o’z ustida ishlash orqali erishiladi. 

 

Demak,  har  qanday  ilmiy  muammoni  hal  qilishda  uning  yangiligiga,  yaratuvchiligiga, 



rivojlantiruvchiligiga va shu kabilarga e’tibor berish kerak bo’lib, u muammo dolzarbligini baholash 

jarayonida kerakli ko’rsatkichlardir. 

 

Umuman olganda, muammo dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga 



muvofiq bo’ladi:

 

-  shakllantirilayotgan  (rejalashtirilayotgan)  muammo  tegishli  soha  (yo’nalish)  va  uning 



jamiyat hamda davlat oldidagi istiqbolini bilish;

 

-  rejalashtirilayotgan  muammoga  tegishli  soha  (yo’nalish)    bo’yicha  ilm-fan  va  texnika-



texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan habardorlik;

 

-  tanlanayotgan  muammoning  unga  tegishli  bo’lgan  soha  (yo’nalish)dagi  o’rnining 



aniqlanganligi;

 

-  tanlanayotgan  muammoning  yechimini  topish  natijasida  tegishli  soha  (yo’nalish)dagi 



rivojlanish, yaratuvchanlik haqidagi ishchi farazning mavjudligi;

 

-  tanlangan  mavzu  yoki  unga  yaqin  boshqa  mavzularning  ishlanganlik  darajasi  va  ular 



erishgan  yutuqlarning  amaliy  hayotdagi  va  ayniqsa  rejalashtirilayotgan  tadqiqotni  olib  borish 

jarayonidagi ahamiyatini hamda unga nisbatan yangiligi haqidagi bilim va tasavvurlarga egalik;

 

-tanlangan muammoning ilm–fan yoki texnika-texnologiyani rivojlantirish uchun xizmat qila 



olishligi haqidagi fikrning shakllanganligi va uning nechog’lik mustahkam ifodalanganligi va h.k.

 

Demak,  ilmiy  muammo  dolzarbligini  to’g’ri  ifodalash,  ob’ektiv  dunyo  narsa–hodisalarning 



muhim  qonuniy  aloqadorliklarini  (munosabatlarini)  aks  ettirish  va  shu  asosda  voqeylikni  ijodiy 

o’zgartirish  haqidagi  tasavvurni  shakllantirish  imkonini  beradi.  Bunda  ilmiy  fikrning  teranligi, 

tanqidiyligi,  uyg’unligi,  kengligi  va  tezligi  muammo  dolzarbligini  baholashda  eng  muhim  sifatlar 

bo’lib hisoblanadi.

 

 

  Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:



 

mavzu, deganda nimani tushunasiz?

 

ilmiy muammo ta’rifini ochib bering?



 

ilmiy muammoning mohiyatiga ko’ra ko’rinishlarini aytib bering?

 

muammo dolzarbligini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerak deb o’ylaysiz?



 

 

 



  Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid 

 

ma’lumotlar:

 


mavzu – bu muhokoma, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini 

o’zida qisqa va ixcham ifoda etgan nomlanish;

 

ilmiy  muammo  –  bu  tabiat  va  jamiyatning  ayni  paytida  noma’lum,  ammo  kelajakda  yuzaga 

kelishi  yoki  o’rganilishi  mumkin  bo’lgan  voqg’a  va  hodisalarni,  jaryon  va  predmetlar  (qurilma, 

mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.) ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib 

berish.


 

 

 



                    Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:

 

mavzuni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, deb o’ylaysiz?



 

ilmiy  qadriyatlar  ilmiy  muammolarning  yuzaga  kelishiga  sababchi  bo’lgan  ijodiy  faoliyatini 

sanab  o’ting  va  siz  ularning  qaysilarida  o’z  izlanishlaringiz  bilan  qatnashish  salohiyatiga  egaman, 

deb o’ylaysiz. Bular to’g’risida yozma axborot tayyorlang.

 

ilmiy  faoliyat  jamiyat  taraqqiyotiga  sezilarli  ta’sir  qilishi  ma’lum.  Siz  shug’ullanmoqchi 



bo’lgan ilmiy muammongiz bu borada qanday ahamiyatga ega. Yozma axborot tayyorlang.

 

 



 

  Tadqiqotchilarga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda 

 

foydalanishga 

tavsiyalar:

 

pedagogika  nazariyasidan  innovatsion  ta’lim  texnologiyalarini  yaratish  borasidagi  ijodiy 



ishlaringshizda barkamol avlodni shakllantirishning metodologik asoslariga ko’proq e’tibor bering;

 

tanlagan  mavzungiz  tegishli  yo’nalish  bo’yicha  ilm-fan  va  texnika-texnologiyalarning  eng 



so’ngi yutuqlarini hisobga olinishiga imkoniyat    yarata oladigan bo’lsin;

 

tanlangan mavzu ilm-fan va texnika-texnologiyalarni rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan 



bo’lsin.

 

 



 

  Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar 

 

ro’yxati:

 

O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – 5 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 707 b.



 

To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.

 

 

 



 

1.6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari

 

  Tayanch iboralar va atamalar: mavzuni tanlash va asoslash, muammoning qo’yilishi, 



dastlabki  faraz,  ishchi  faraz,  nazariy  bilimlar,  anketa  savollari,  suhbatlar,  mutaxassis  olimlar 

maslahatlari,  mavzuga  mos  metodologik  asoslar,  ob’ekt,  nazariy  tadqiqot,  modellar,  algoritmlar, 

metodlar,  ilmiy-nazariy  ishlanmalar,  texnologiyalar,  mezonlar,  tamoyillar,  yechimlar  (natijalar), 

amaliy  tadqiqot  natijalari,  tasdiqlovchi  eksperiment  o’tkazish,  xulosalar,  uslubiy  tavsiyalar  va 

ko’rsatmalar.

 

 



  Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari.

 

 



Ma’lumki,  ilm-fan  ijtimoiy  ong  shakllaridan  biri,  ularni  turli  holatlarda  uchratish  mumkin. 

Odatda,  ular  tabiat  va  jamiyatdagi  qonuniyatlarni  qondirish  jarayoni  sifatida  qaraladi  va 

qonuniyatlar  ulardagi  barcha  bog’lanishlar  (aloqadorliklar)ni  o’rganishga  yaroqli  bo’lmog’i  lozim. 

Ilm-fanning  bilish  jarayonining  asosi  ekanligi  ham  ushbu  xususiyat  bilan  belgilanadi.  SHu  sababli 

ham  ilm-fan  tabiat  va  jamiyatdagi  jarayonlarni  o’rganish  hamda  ular  natijalari  tahlili  asosidagi 

bilimlarni hosil qilishni hal etadi va bunga ilmiy tadqiqot jarayoni, deb qaraladi. 

 

 

Albatta, har bir jarayon kechishi va hodisa ro’y berishi ma’lum ketma-ketlik asosida bo’ladi, 



ya’ni  ularni  shartli  ravishda  algoritmik  tarzda  ifodalash  mumkin.  Demak,  tabiiyki,  ularni  aks 

ettiradigan  (o’rganadigan  va  tahlil  qiladigan)  ilmiy  tadqiqot  jarayoni  ham  algoritmik  tarzda 

shakllanadi.  Bunda  aniqlash,  o’rganish,  yaratish  natijasi,  tahlil  qilish,  sintezlash,  xulosalash  va 


tavsiya  berish  borasidagi  ishlarida  ilm-fan  imkoniyatlari  cheksizligi  haqidagi  tushunchani 

tadqiqotchining  bilishligi  nihoyatda  muhim.  SHuning  uchun,  tadqiqotchining  bilish  jarayoni 

mazmuni va shaxsiy ko’nikmalaridan qat’iy nazar,  ilmiy  tadqiqotlar  jarayoni hamma vaqt  ma’lum 

bir bosqichlar ketma-ketligi bo’yicha olib boriladi. 

 

Ma’lumki, ilmiy tadqiqot bu ob’ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari 



aloqadorligini o’rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida 

boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to’liqmaslikdan to’liqlikka 

yo’naltirilgan murakkab jarayon. 

 

Demak,  bu  jarayonni  murakkab  ya’ni  ko’p  qirrali  va  ko’p  variantli  dinamik  tizim  sifatida 



qarash mumkin bo’ladi. SHu sababli ham uni boshqarish ham o’ziga xos innovatsion yondashuvni 

talab etadi va ular mazkur jarayonni boshqarishning optimal variantlarini yaratish imkonini beradi. 

Ularni  shartli  ravishda  quyidagi  tartibda  ifodalashni  lozim  topdik  (1.6.1-shakl).  Endi  ushbu 

jarayonning har bir bosqichiga qichqacha ma’lumot berib o’tamiz.

 

I. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash.

 

Mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi hisoblanadi. 

Bunda  asosan  soha,  yo’nalish  va  undagi  mavzuni  tanlash  amalga  oshiriladi.  Mavzu  tanlashda 

tadqiqotchining  sohaga,  yo’nalishga  qiziqishi  va  bu  boradagi  ilmiy  salohiyati  e’tiborga  olinadi. 

Bunda  tadqiqotchining  o’zi  shug’illanmoqchi  bo’lgan  sohaning  yutuq  va  kamchiliklarini  mustaqil 

o’rganish orqali mavzuni tanlash  imkoniyatiga ega  bo’ladi. Mavzu tanlanayotganda shug’ullanishi 

kerak  bo’lgan  sohaning  yirik  –  istiqbolli  mutaxassislari  maslahatiga  amal  qilinsa  ham  yaxshi 

samaralar beradi.

 

 

Mavzuni  asoslashda  esa  tanlangan  mavzu  bo’yicha  qilingan  ishlar  atroflicha  o’rganiladi, 



tahlil  qilinadi,  soha  bo’yicha  yutuq  va  kamchiliklar  tahlil  qilinadi  va  muammoning  qo’yilishiga 

zamin tayyorlanadi.

 

 

II. Muammoni qo’yilishi.



 

 

Muammoning  qo’yilishi  bevosita  mavzuni  dolzarbligini  asoslashning  davomi  hisoblanadi 

va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak 

bo’lgan  muammoni  izlash  bilan  bog’liq  bo’lib  qolmasdan,  ilmiy  tadqiqotning  vazifalarini  (hal 

qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham o’z ichisha oladi.

 

 



1.6.1-shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni bosqichlari

 

 



Muammoning qo’yilishida ma’lumot yig’ish va ularni qayta ishlashga katta e’tibor beriladi. 

Undagi  nazariy  usullar  va  texnik  yechimlar,  o’xshash  muammolarini  yechimini  topish  vositalari, 

tadqiqotga  yaqin  sohadagi  tadqiqotlar  natijalari  haqidagi  ma’lumotlar  va  boshqa  maxsus 

ma’lumotlar  yig’ish  tadqiqot  boshlangunga  qadar  emas,  balki  butun  tadqiqot  davomida  amalga 

oshiriladi.

 

 



III. Dastlabki faraz

 

 



Dastlabki  faraz,  ya’ni  ishchi  faraz  aniq  ifodalangan  tadqiqot  muammosiga  va  yig’ilgan 

dastlabki  materialning  tanqidiy  tahlili  natijasiga  tayangan  holda  shakllantiriladi.  U  bir  necha 

variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo’yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni 

ifodalashning  turli  usullari  bor.  Ular,  asosan  tadqiqot  muammosini  aniqlashda  va  mavzu 

dolzarbligini  asoslashda  nazariy  ma’lumotlarga  asoslanadi  va  tadqiqot  manbasini  chuqurroq 

o’rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so’rovlari, suhbatlari, mutaxassis-

olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o’tkaziladi. 

 

 



IV.  Nazariy  tadqiqot  (o’rganilayotgan  jarayon  va  hodisaning,  ya’ni  muammoning 

nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni).

 

 



Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm-

fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot    usullari va vositalari yordamida olingan yangi, 

ya’ni  hali  ma’lum  bo’lmagan  qonuniyatlarini  tahlil  va  sintez  qilinadi.  Nazariy  tadqiqotning 


maqsadi  o’rganilayotgan  manbani,  ularning  turli  aloqalarini  to’liqroq,  chuqurroq  umumlashtirish 

ishchi  farazga  iloji  boricha  ko’proq  bog’lanishdan  iboratdir.  Bunda  ishchi  faraz  yanada 

takomillashtiriladi  va  tekshirilayotgan  ma’lumot  nazariyasini  ishlab  chiqishga  imkon  yaratiladi, 

ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini    yaratish imkoni topiladi. Bularning 

ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi. 

 

 



V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).

 

 



Amaliy  tadqiqot  ilmiy  tadqiqotning  eng  ko’p  mehnat  talab  qilinadigan  qismi  bo’lib,  u 

tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba-

sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan 

tadqiqot  natijalari  ishchi  farazni  va  rejalashtirilgan  muammo  yechimini  rad  qilsa,  u  holda  tadqiqot 

olib  borish  tartibi  o’zgartiriladi.  Bunda  natijalarni  tahlil  qilish  (nazariy  va  tajribaviy  tadqiqotlar 

natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.

 

 

Natijalarni  tahlil  qilishda  asosan  nazariy  jihatdan  ilmiy  asoslangan  tadqiqot  usullarini 



qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan 

natijalarning  tadqiqot  maqsadi  va  ishchi  farazga  mosligi  tahlil  qilinadi,  shuningdek,  nazariy  va 

amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi. 

 

 



VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot 

manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish.

 

 



Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini  e’tiborga olgan 

holda  nazariy  jihatdan  qo’lga  kiritilgan  yutuqlar  (usul,  uslubiyat,  texnika,  texnologiya  va  h.k.) 

natijasining  amaliy  tadqiqot  natijasiga  mosligi  o’rganiladi  va  shu  asosda  tadqiqotning  keyingi 

bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.

 

 

VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar. 



 

 

Xulosalash  ilmiy  tadqiqot  ishining  muhim  bosqichi  bo’lib,  bunda  tadqiqot  oxirgi 

bosqichidagi  natijalar  asosida  umumlashtirishlar  olib  boriladi  va  unda  olingan  natijalarning 

muammo  qo’yilishi  bilan  mosligi  ham  ifodalanadi.  Nazariy  tadqiqot  uchun  bu  so’nggi  bosqich 

bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.

 

 



Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni 

iste’mol  uchun  tayyorlash.  Bunda  tadqiqotchi  ishtiroki  muhim  rolь  o’ynaydi,  chunki  kerak 

bo’lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.

 

 



VIII.  Natijalarni  amaliy  faoliyatda  joriy  etishga  uslubiy  tavsiyalar  va  ko’rsatmalar 

tayyorlash.

 

 



Uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning 

tadqiqot  manbaiga  hamda  muammo  qo’yilishiga  mosligi  asosida  tayyorlanadi  va  ishlanmadan 

amaliyotda  foydalanish  yo’l-yo’riqlari  ifodalanadi.  Uslubiy  tavsiyalar  shunga  o’xshash  ilmiy 

tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo’lishi mumkin.

 

 

Demak, yuqorida keltirilgan ITIning har bir bosqichi ham o’ziga xos xususiyatga ega ekan 



va bu jarayonlarni bosib o’tishda alohida talablar qo’yiladi.

 

 



 

  Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:

 

mavzuni  tanlash  va  asoslashda  tadqiqotchi  intellektual  salohiyatining  ahamiyati  nimada  deb 



o’ylaysiz?

 

ITI jarayoni bosqichlarini sanab bering?



 

muammoning qo’yilishi nimalarga bog’liq?

 

dastlabki ishchi faraz qanday shakllantiriladi?



 

nazariy va amaliy tadqiqotlardagi umumiylik va xususiylik nimada, deb o’ylaysiz?

 

ITI natijalarini sinflab bering?



 

 

  Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid holatlar:



 

mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ITI ning dastlabki bosqichi hisoblanadi;

 

muammoning  qo’yilishi  bevosita  mavzuning  dolzarbligini  asoslashning  davomi  hisoblanadi 

va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi;

 

dastlabki  faraz,  ya’ni  ishchi  faraz  aniq  ifodalangan  tadqiqot  muammosiga  va  yig’ilgan 

dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi;

 

nazariy  tadqiqotda  tadqiqot  manbaini  o’rganishning  ilmiy-nazariy  asoslari  qaraladi  va  ilm-

fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, 

ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi;

 

amaliy  tadqiqot  –  bu  ITI  ning  eng  ko’p  mehnat  talab  qilinadigan  qismi    bo’lib,  u 

tadqiqotning  xususiyati  va  bajarilish  ketma-ketligi  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lgan  ijodiy  faoliyat 

jarayonidir;

 

natijalarni  o’zlashtirish  –  bu  olingan  natijalarni  amaliy  o’zlashtirilishiga  tayyorlash,  ya’ni 

iste’mol uchun tayyorlash jarayonidir.

 

 



 

              Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:

 

muammoning  qo’yilishiga  zamin  tayyorlash  deganda  nimani  tushunasiz  va  o’z  ilmiy 



ishingizda tadqiqot maqsadi aniqlanganmi?

 

ishchi  farazni  shakllantirishda  mutaxassis  olimlar  bilan  suhbat  qay  tarzda  olib  boriladi. 



Tadqiqot yo’nalishiga qarab ular qaysi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin;

 

nazariy va amaliy tadqiqot uyg’unligini ITI ning qaysi asoslari bo’yicha hal qilish mumkin?



 

amaliy  tadqiqot  natijalaridan  amaliyotda  foydalanishda  xulosalar,  uslubiy  tavsiya  va 

ko’rsatmalar qanday ifoda etiladi. Buni o’z ilmiy ishlaringiz asosida o’ylab ko’ring va shu asosida 

yozma ravishda ma’lumotnoma tayyorlang.

 

 

 



  Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda 

 

foydalanishga 



tavsiyalar:

 

ITI  ni  olib  borishda  uni  olib  borishning  bosqichlariga  amal  qilishning  algoritmik  tizimini 



ishlab  chiqish  kerak  va  shu  asosda  ma’lumotlarni  to’plab,  ularni  tadqiqot  maqsadiga  mos 

tizimlashtirish lozim;

 

ITI  bo’yicha  olingan  natijalarning  amaliy  ahamiyatini  yanada  oshirish  bo’yicha  ulardan 



foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash kerak va bu natijalardan qo’yilgan 

muammodan  tashqari  boshqa  shunga  o’xshash  muammolarni  hal  qilishda  ham  foydalanish 

mumkinligiga alohida e’tibor qaratish kerak.

 

 



 

  Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar 

 

ro’yxati:

 

  1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.



 

2.To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. 

– 248 b.


 

 

 



Download 364.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling