Ilmiy tadqiqot asoslari
ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati; izlanish
Download 364.18 Kb. Pdf ko'rish
|
l-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar
- Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
- Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan dabiyotlar
- Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi
- Mavzuning matni: Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi.
- Bunday kishilar olimlardir
- Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola»
- Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar
- Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar
- Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
- 1.4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari
- Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar
- 1.4.1- shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni
- 1.5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi
ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati;
boshqarib turadigan faoliyati;
bo’lgan shaxsiy munosabati;
ilm – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi;
passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnematik xotira, faoliyat;
hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi;
amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri;
qobiliyati - bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir;
topishidagi darajsidir;
qilish jarayonlari, shaxsning xis-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
ijodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? U sizda bor deb o’ylaysizmi? izlanish olib borishni zaruriy holat, deb o’ylaysizmi va u Sizning kasbiy faoliyatingizni yuksaltirishga yordam beradimi?
magistrlik dissertatsiyaning yo’nalishi ilmiy ijodga to’g’ri keladimi yoki badiiy ijodgami? kishining ilmiy ish qilishida asosiy poydevor nimadan iborat, deb o’ylaysiz?
aynan bir mavzu bo’yicha ITI ni olib borishga harakat qiling va buning uchun atama va terminlar mazmun-mohiyatini yorituvchi yon daftar yuriting va undan muntazam ravishda foydalanishga erishishga harakat qiling.
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
tavsiyalar:
ilmiy ijodiyotni olib borishda zamonaviy hayotiy ehtiyojlarni qondirib borish borasidagi ITI ga harakat qiling;
qilayotgan ishingiz mavjudlarini to’ldirsin, to’liq yangi fikr yoki qarashni hal qilsangiz yanayam yaxshi bo’ladi va bunda tadqiqotning induktsiya metodidan foydalansangiz adashmaysiz;
shug’ullanayotgan ITIgiz avvalo magistrlik dissertatsiyasiga, qolaversa Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga mos tushsin.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan dabiyotlar
b.
5.O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. – 8 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. – 704 b.
dvigateli, elektr, ichki yonuv dvigateli, algoritm, uchinchi darajali tenglamalar, “Al-jabr val- muqobola”, Algebra, Arifmetika, tafakkur, mafkura, urf-odat, irq, din, til, millat, kasb-kor, kitob bosish.
Mavzuning matni: Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi.
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat hodisalarining sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi.
Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga bo’lgan qiziqish, intilish hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat ham tanlamadi.
Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida hayot, voqelik muhim o’rin tutadi. Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish mumkin, ya’ni insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, «Uchar gilam», «Oynai jahon», yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari, elektr, atom, elektronika, kompьyuterlar va shu kabilarning paydo bo’lishi (yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi. Demak, dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir. SHu sababli ham mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni hayotga tadbiq etadilar. Olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga joylashtirishdan iboratdir. Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, texnika va texnologiya tadrijiy (evalyutsion) tarzda rivojlanib kelmoqda va takomillashib boraveradi. Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta SHarq mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Ishoq va boshqalar o’z asarlaridagi qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini qo’shganlar. Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning ishlariga e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel (Arsatu),Aflotunning eng yaqin shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid), Evklid (Uklidus), Arximed, Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus), Ptolemey (Al-Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, Al- Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn SHokir, Sag’oniy, Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo Konernik, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnits, Isak N’yuton, Jeymis Uatt, Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, M.Kelьdesh, M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov, M. O’razboev, H. A. Abdullaev, V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi fikrimiz o’z tasdig’ini topganligining guvohi bo’lamiz.
Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual asr»da yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, yozuvni, qog’ozni va h.k.larni kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar.
O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan shug’illanganlar va natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. Jumladan, kitob bosishni (I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni (M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler, K.Bents), algoritmni (Al-Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom) kashf etgan bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda foydalanmoqdalar.
Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros qoldirgan. Bu yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shiladi, chunki ular fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar.
Xulosa o’rnida quyidagi ma’lumotni keltirishni lozim topdik. Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola» risolasida olimlarni, ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan: 1. Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib. o’zgalardan o’zib ketadilar. 2. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi. 3. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi. SHu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini «Algebra»ning muallifi sifatida birinchi guruhga, «Arifmetika»si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin.
Demak, yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan ham, yashash tarzi bo’yicha ham, tafakkuri ham, mafkurasi, urf - odati, irqi, dini, tili, millati, kasb-kori, milliy qadriyatlari va boshqa xislatlari bilan bir-biridan sezilarli fprqlanib turadi va ongli omma (olimlar) tomonidan yaratilib bizga qoldirilgan ilmiy merosdan, ya’ni intelektual mulkdan ular bab-baravar o’z hayotiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanaveradilar. Ana shu sababli ham ilm-fan xalqlarni biror maqsad atrofida birlashtiradi va jipslashtiradi. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi ham ana shundadir.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ijtimoiy maqsad deganda nimani tushunasiz?
insonlarning o’zaro yaqinlashtiruvchi ilmiy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? olimlar deganda nimani tushunasiz va ularning vazifalari nimalardan iborat?
Intellektual salohiyatning asoschilari haqidagi fikringizni yozib chiqing. Al-Xorazmiyning olimlarni guruhga ajratishini aytib bering.
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:
ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini ifoda etadi; dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni ninsonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir;
Al-Xorazmiy o’zining “Al-jabr val-muqobola” risolasida olimlarni ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan:
Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar.
O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi.
Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi. SHu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini “Algebra” ning muallifi sifatida birinchi guruhga, “Arifmetika” si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
ilmiy qadriyatlar zamonaviy ilmiy ijodiyotda qanday ahamiyat kasb etadi? jamiyat taraqqiyotida olimlar ishtiroki haqida qanday fikrlarni bildira olasiz?
siz tanigan olimlarni Al-Xorazmiyning tasniflashi bo’yicha qaysi guruhga kiritsa bo’ladi?
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
tavsiyalar:
bo’lajak mutaxassislarni ijodiy faoliyatga tayyorlashda ilmiy qadriyatlardan foydalanish pedagogik ITI ning samarasini yanada oshiradi;
ilmiy ijodiyotning evalyutsion tarzdagi rivojlanishi bo’lajak ITIni tayyorlashni evalyutsion tarzda olib borishga imkoniyat yaratadi;
pedagogik ITI ni olib borishda ushbu paragrafdagi ma’lumotlardan foydalanish innovatsion tadqiqotlar olib borishda qo’l keladi.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
– 248 b.
Tayanch iboralar va atamalar: tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ilmiy faoliyat, omillar, maqsad va vazifalar, rejalashtirilgan natija, ilmiy ishlanmalar, nazariyani rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, texnologiya, metod, metodologiya, fundamental ilmiy tadqiqotlar, ITI ning ko’lami, ilmiy-nazariy, ilmiy-tajribaviy, nazariy-amaliy, ilmiy bilimlar.
Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va
vazifalarni qo’ymoqda. Bu esa mazkur asrning faol ishtirokchisidan jahon andozalari talablari bo’yicha axborot ma’lumotlari bilan ishlash yo’nalishidagi savodxonligini oshirish muammosini qo’ymoqda. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, har qanday hodisa va jarayonni o’rganish yoki boshqarishga ijodiy yondashilmas ekan ko’zlangan maqsadga erishishning optimal variantini har doim ham tanlay olish kafolatlanmaydi. Bu esa inson tafakkuri maxsuli bo’lgan zamonaviy bilimlar bilan bog’liqdir.
Ilm-fanning rivojlanishi insoniyat ilmiy, ijodiy faoliyati mahsuli bo’lganligi sababli ham mazkur faoliyat orqali kishilar ilmiy bilimlarni topadi, o’zlashtiradi, tizimlashtiradi va keyingi faoliyatda ulardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarni hisobga olib ilmiy bilimlarni shartli ravishda quyidagicha tuzilmaga (tashkil etuvchilarga) ega deb atashimiz mumkin:
- bilim sohalari bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.; - ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat, annotatsiya, tezis, maqola va h.k.
Ma’lumki, ilmiy faoliyat bilim olish va ularning tahlili hamda sintezi, undan ilmiy ijodiyotning keyingi bosqichini takomillashtirishida foydalanishi kabi jarayonlarga yo’naltirilgan bo’ladi.
kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnologiyalaridan og’ishmay foydalana olishlik, ya’ni bilim, ko’nikma va malakaga egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, metodologiya, texnologiya, texnika va h.k.)ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni zamonaviy fan–texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammaligi va iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta olishligi va shu kabilar.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ilmiy bilimlar qanday tuzilmaga ega?
ilmiy faoliyat qanday omillar bilan baholanadi? ilmiy faoliyatning maqsad va vazifalarini gapirib bering?
ITI jarayonini ilmiy tahlil qiling?
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:
ilmiy bilimlar tuzilmasi quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi: 1.Bilimlar sohasi bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.;
ilmiy faoliyat taraqqiyoti omillari quyidagilardan iborat: ilmiy natijani qo’lga kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnoldogiyalaridan og’ishmay foydalana olishlik, ya’ni, bilim, ko’nikma va malaka egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, metodologiya, texnika, texnologiya va h.k.) ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni zamonaviy fan- texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammalligi va iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy natajalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta olishligi va shu kabilar.
1.4.1- shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
ilmiy faoliyat haqidagi fikringiz qanday va o’z kasbiy faoliyatingiz bo’yicha qanday muammolar bilan shug’ullanish deb o’ylaysiz. Ular mavzulari va qisqacha mazmunini yozib keling;
ITI ning qanday ko’lami bo’yicha mavzu tanlagansiz va dastlabki natijalaringiz haqida yozma hisobot tayyorlab ko’ring;
ITI ning tadqiqotchi ilmiy saviyasini oshirishdagi ahamiyatini qanday omillardan izlaysiz?
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
tavsiyalar:
magistrlik yoki nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlashning dastlabki bosqichidayoq ITI ning ko’rinishlari, turlari, ko’lami va metodologikasoslariga e’tiborni qaratish lozim hamda ular tarkiblariga e’tibor berilsa ijodiy faoliyatning optimal varianti kafolatlanadi;
ITI ning rejasini algoritmik tizim ko’rinishida ifodalab olishga harakat qiling. SHundagshina ijodiy faoliyatda tizimlilik, izchilllik va uzviylik tamoyilllariga amal qilishlik ta’minlanadi;
ITI ning har bir qadamiga e’tiborni qaratish kerak (ITI da e’tiborsiz narsaning o’zi qo’y), aks holda tadqiqot jarayonidagi ozgina e’tiborsizlik, uning pirovardida katta (qo’pol) xatolikka olib kelishi mumkin.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
– 248 b.
1.5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi
Tayanch iboralar va atamalar: mavzu, otash arava, ilmiy muammo, ijodiy jarayon, demografik va siyosiy sohalar, ilmiy izlanishlar, komil inson tarbiyasi, muammo dolzarbligi, ob’ektiv dunyo, ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi.
Download 364.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling