1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Download 69.66 Kb.
bet1/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hayot faoliyati


1-b 1. Hayot faoliyati xavfsizligi – inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir. Hayot faoliyati – insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini o‘zgartiradi. Shu sababli, “Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi: 1. O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish. 2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni xavfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash. Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘liga zarar etishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar etkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar xavflar deyiladi. Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning me’yoriy faoliyati qiyinlashadi. Hayot faoliyati xavfsizligi – maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmudir. U atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fani – inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi. Hayot faoliyati xavfsizligi – insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini o‘rganuvchi fandir. Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi vazifalarni echishni talab etadi: 1. Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy baholash va tahlil etish. 2. Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf etish. 3. Xavfli va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan himoyalash. 4. Yashash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir.
2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlashda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar asosiy o‘rin egallaydi. Mehnat qonunlari hujjatlari – jamiyatning mehnat sohasidagi va u bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarning yigindisi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari - texnika xavfsizligi bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan mehnat jarayonlarining meyorlarini o‘rnatish, ishchi xodimlarni ish jarayonidagi munosabatlarini tartibga solish va ularni huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ishchi va xizmatchilarni mehnat huquqlarini va burchlarini, mehnat intizomini, ishga qabul qilish kafolatlarini va mehnat sharoitlarni sog‘lom va xavfsizligini ta’minlash, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va Hayot faoliyati xavfsizligining boshqa qonunlari bo‘yicha yo‘riqlarni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlarini o‘rnatadi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarni asosiy maqsadlari: Fuqarolarni mehnat huquqlarini va erkinligini Davlat tomonidan kafolatlanishi; Qulay mehnat sharoitlarini yaratish; Ish beruvchilarini va xodimlarni huquq va istaklarini himoyalash; Ishlovchilarni ularni sog‘lig‘i va ish joyidagi jismoniy xavfsizligiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash (mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash); Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklar sodir bo‘lganida tovon pulini to‘lanishi kafolatlanadi; Ishlab chiqarishda jarohat olganlar uchun tibbiy va kasbiy reabilitatsiyasini o‘tkazish. Davlat tomonidan; - ish beruvchilar uchun ish beruvchi xodimlarni o‘z mehnat vazifalarini bajarish va ish beruvchining mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish talablari, - ishchi-xodimlar uchun xodimlarni Hayot faoliyati xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarda ishlash huquqlarini himoyalash kafolatlanadi.
3. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi - ishchilаrgа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrini tа’sirini оldini оluvchi vоsitаlаr, sаnitаr-tехnik, gigiеnik vа tаshkiliy tаdbirlаr sistеmаsidir. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasidа аsоsiy e’tibоr insоngа hаvо muhiti vа bеvоsitа tеgish оrqаli sаlbiy tа’sir etаdigаn ishlаb chiqаrishning zаrаrli оmillаrigа qаrаtilаdi. Hаvо оrqаli ishchigа tа’sir etаdigаn zаrаrlаr, nоqulаy mikrоiqlim, changlаr, gаzlаr, shоvqinlаr, infrа vа ultratоvushlаr, ish jоylаrini yoki хоnаni yetarlicha bo’lmаgаn vа judа hаm yoritilgаnligi elеktrоmаgnit, infrаqizil, ultrabinаfshа, rаdiоаktiv vа bоshqа nurlаnishlаr ko’rinishlаridа bo’lishi mumkin. Insоngа zаrаrli оmillаr ulаrgа bеvоsitа tеkkаndа hаm sаlbiy tа’sir qilishi mumkin. Ulаrgа qаttiq yoki suyuq zаrаrli ,,mоddаli" uskunаlаr yoki jihоzlаrni misоl qilib kеltirish mumkin. Оchiq mаydоnlаrdа dаlаdа jаrаyonlаrni bаjаrishdа ishchilаr хаvfsizligi vа sоg’ligi mеtеоrоlоgik (hаvо hаrоrаtining yuqori yoki pаstligi, shаmоl, yomg’ir, qоr, quyosh rаdiаtsiyasi vа bоshqаlаr) shаrоitgа hаm bоg’liq bo’lаdi. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasining vаzifаsi esа ishlаb chiqаrish zаrаrlаrining ruхsаt etilgаn dаrаjаsi аsоsidа sоg’lоm vа хаvfsiz mеhnаt shаrоitini yarаtishdir.
2-b. 1. Xavf-xatardeganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir. Xavflar taksonomiyasi- bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi: - kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi; - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi; - salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi; - xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi; - kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi; - keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi; - namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo`ladi; - olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi. Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir
2. Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo`ladigan, insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar etkazadigan voqealardir. Hayot faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma`noda, ya`ni xavfning amalda sodir bo`lishi va insonlar sog’ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish mumkin. FH larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish mumkin. Avariyaga – texnik sistemada sodir bo`lib insonlar halok bo`lmagan, texnik vositalarni tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan voqealarni misol qilib keltirish mumkin. Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo`lib, insonlarning halok bo`lishiga yoki izsiz yo`qolishiga sabab bo`ladigan hodisalardir. Baxtsiz hodisalar – erdagi yuz beradigan FV lar bilan bog’liq bo`lib biosferani, texnosferalarni buzilishiga, insonlarni halok bo`lishi yoki sog’ligini yo`qolishiga sabab bo`ladigan holatlardir. Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob`ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH dan keyingi holati bo`lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, aholi va iqtisodga moddiy zarar etkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir. Ma`lumki, favqulodda holatlar o`ziga xos xususiyatlar va aniqlanishlarga ega bo`lib, bu ko`rsatkichlar asosida favqulodda holatlarni ta`riflash mumkin bo`ladi. YUqorida ta`kidlanganidek, insonning har qanday faoliyatida patentsial xavf mavjud bo`ladi. Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun, qandaydir sharoit yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi sharoit, baxtsiz hodisalarning sabablari deb tushuniladi. Sabablar ma`lum yoki noma`lum ko`rinishda bo`lishi va ular har doim ham mavjud bo`lmasligi mumkin. SHaxsga tahdid soluvchi xavflar dunyosi juda keng va u tinimsiz o`sib boradi. Ishlab chiqarishda, shaharda, maishiy sharoitda insonga bir vaqtda bir necha noxush omillar ta`sir qiladi. Ma`lum vaqtda ta`sir etuvchi zararli xavflar majmui «inson-atrof muhit» sistemasining joriy holatiga bog’liq bo`ladi. Barcha xavflar qator belgilari bo`yicha klassifikatsiyalanadi. Favqulodda holatlarga olib keluvchi barcha sabablarni va ularni identifikatsiyalashni puxta bilish, favqulodda holatlarni oldini olishning asosi hisoblanadi. SHu jihatdan sabablarni favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi mexanizm deb ham tushunish mumkin. SHunday qilib, ma`lum va noma`lum sabablar natijasida patentsial xavf yuzaga keladi va inson uchun turli xil kungi lsiz hamda oxir oqibatlarga olib keladi.
3. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda ma’qullangan 36-moddadan iborat.
3-b. 1. 1996 yil 4 martda PF-1338 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha favqulodda vaziyatda fuqaro himoyasi vazifalari shu vazirlikka yuklatildi. Duyoning taraqqiy etgan mamlakatlari kabi Respublikamiz hukumati XXI asr bo’sag’asida aholining xavfsizligini ta`minlash borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib ularni ijro etish bo’yicha qator tadbirlar o’tkazmoqda. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim tug’risida»gi (1997 yil 27 avgust), «Aholini va xududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tug’risida»gi (1999 yil 20 avgust) va «Fuqarolar muhofazasi tug’risida»gi (2000 yil 26 may) qonunlarini, hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tug’risida»gi 427-sonli qarorini, O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni (1997 yil 27 avgust) amalga oshirishni ta`minlashda umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Hayot xavfsizligi asoslari», o’rta maxsus kasb hunar ta`limi tizimida «Fuqaro muhofazasi asoslari va hayot faoliyati xavfsizligi», oily o’quv yurtlarida «Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) «Favqulodda vaziyatda hayot faoliyati xavfsizligi» fanlarini o’qitishni tashkil qilish ta`limning uzluksizligini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi. «Fuqaro muhofazasi tug’risida»gi qonunning 16 va 18-moddalarida umumta`lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o’rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi bo’yicha o’qitish umumiy va majburiydir, deb ta`kidlangan.
2. Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta`sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo`llaniladi. Ximoya vositalari qo`llanilish xarakteri bo`yicha guruhiy himoya vositalari (GHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo`linadi. Ularning ham har biri vazifasiga ko`ra sinflarga bo`linadi. Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma`qul sharoitlarni hosil qilishi va xavfsizlikni ta`minlashi lozim. Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan to`g`ri va qaytma (teskari) aloqada bo`ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya`ni tashqi ta`sirga nisbatan qarshi ta`sir ko`rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan.
3. Xavfli geologik hodisa va jarayonlar – er qobig`ida turli tabiiy yoki geodinamik omillar hamda ularning birga qo`shilishi ta`sirida sodir bo`lib, odamlarga, qishloq xo`jalik hayvonlari va o`simliklarga, iqtisodiy ob`ektlarga va atrofdagi tabiiy muhitga shikastlovchi ta`sir ko`rsatadigan yoki ko`rsatishi mumkin bo`lgan natija. Xavfli geologik hodisa va jarayonlarga O`zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favkulotda vaziyatlarning tasnifi to`g`risida”gi 455 sonli qaroriga ko`ra: zilzila, er ko`chishlari, tog` o`pirilishlari kiradi. Er yuzasida sodir bo`ladigan xavfli geologik jarayonlar asosan erning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta`sirida bo`ladi. Bundan tashqari geologik muhitga insonning xo`jalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlari ham ta`sir etadi natijada ko`lami katta yoki kichik bo`lgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi Xavfli gidrometeorologik xavfli hodisalar – turli tabiiy, gidrodinamik omillar yoki ularning birga qo`shilishi ta`sirida sodir bo`lib, odamlarga, qishloq xo`jalik hayvonlari va o`simliklarga, iqtisodiy ob`ektlarga va atrofdagi tabiiy muhitga shikastlovchi ta`sir ko`rsatadigan yoki ko`rsatishi mumkin bo`lgan tabiiy hodisa va jarayonlar. Xavfli gidrometeorologik xavfli hodisalarga: suv toshqini, sel, qor ko`chkisi, shamol, dovul, to`fon, quyun, jala va h. kiradi.
4-b. 1. Respublikamiz hududida tabiiy ofatlarning ko`proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan bog`liqdir. Tabiiy favqulodda vaziyatlar manbaining xarakteriga va o`zining ko`lamiga qarab farqlanadi. Tabiiy favqulodda vaziyat (TFV)– bu ma`lum bir hududda xavfli tabiiy hodisalar (jarayonlar) natijasida odamlarning qurbon bo`lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar etishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib kelgan muayyan hududda tarkib topgan sharoit. Xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir bo`lish joyi, sababi, ko`lami, keltirgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tabiiy favqulodda vaziyatlar kelib chiqish manbalariga ko`ra: 1. Xavfli geologik hodisa va jarayonlar. 2. Xavfli gidrometeorologik hodisa va jarayonlar. 3. Xavfli epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarga bo`linadi. Tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlarning sodir bo`lishida xavfli geologik jarayon va hodisalar alohida ahamiyatga ega, shu bois ularning falokatli oqibatlaridan aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza qilish uchun xavfli geologik hodisalarning yuzaga kelish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari o`rganiladi, baholanadi va bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil choratadbirlar ishlab chiqiladi.
2. Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada buladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bulgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Atrof-muhit – insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir. Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo buldi. Tabiiy muhit o`zi etarli bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo’la oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bulganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum. Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topadi.
3. Ergonomika - bu mehnat jarayonlari va mehnat qonuniyatlari haqidagi fandir. Grekcha: ergon - mehnat va nomos - qonun degan so`zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika- texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiena fanlarining chegaralarida paydo bo`lgan fandir. Ergonomikada- anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya, biofizika va boshqa fanlarning ma`lumotlari qo`llaniladi. Egronomika so`zini birinchi bo`lib, 1875 yili o`zining “Ergonomika jihatlari, ya`ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. Yangi ilmiy fanni yaratish g`oyasi boshida, ya`ni 1921 yilda, rus olimlari V.M. Bexterev va V.N. Myasievlar uni “ergologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan. 1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birlashganlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Ergonomikaning o`rganish ob`ekti: “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimidir. Ergonomikaning maqsadi: Mashinalar va ishlab chiqarish qurollari parametrlarini, hamda ishlab chiqarish muhiti sharoitlarini insonning fizik va psixofiziologik imkoniyatlariga moslashtirishdir, ya`ni mehnat jarayonlarini me`yorlash (optimallashtirish) va barcha ko`ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal darajada kamaytirishdan iboratdir. Ergonomikadagi moslashish turlari quydagilardan iborat: Ma`lumotiy moslashish; Biofizik moslashish; Energetik moslashish; Fazoviy – antropometrik moslashish; Texnik - estetik moslashish.
5-b. 1. Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, "Hududgazta’minot" AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. Is gazi nima? Is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrositlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi. Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari. Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish; Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ulashishi; Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi; Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal; Yurak qismida: puls va AB ortishi; Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash). Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda; Avtoulovlar turargohlarida; Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda; Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda; Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
2. Bo`ron, dovul va girdoblar – bu favqulodda tez yuz beradigan havo yoki shamolning ko`p holatdagi katastrofik harakatidir. Ular atmosferadagi tsiklonik faoliyatlar natijasida yuz beradi. Bu favquloddagi holatlarning halokatli kuchi shundaki bunda o`rama quvursimon harakatdagi shamolning tezligi soatiga 100 km/s dan oshadi. Dovul eng quvvatli favquloddagi hodisalardan bo`lib, o`zining halokatli ta`siri bo`yicha er qimirlashi bilan tenglashtiriladi. U kutilmaganda yuz beradi. Dovul quriqlikdagi qurilishlarni, aloqa va elektr tarmoqlarini, transport kommunikatsiyalarini va ko`priklarni vayron qiladi, daraxtlarni sindirib tomiri bilan sug`uradi, dalalarni yalang`ochlaydi; dengiz yuzasida tarqalganda 10-12 m balanlikdagi ulkan to`lqinlarni hosil qiladi, odamlarni halok bo`lishiga olib keladi. Garmsel dovulning boshqa ko`rinishidir. U dovulga qaraganda past darajadagi nisbiy namlikka ega bo`lib, tuproq erroziyasiga va erga ekilgan ekinlarni er bilan birga shamollatib quritadi, tuproqka ko`madi, ekinlarni tomirini ochib tashlaydi. Bunga diametri bir necha o`n metrdan yuz metrgacha bo`lgan vertikal, ba`zan qiyshaygan simyog`ochga o`xshash, tez aylanuvchi girdobni ham kiritish mumkin. Suv bosishi bu ma`lum hududni daryo, ko`l va dengizlar sathining ko`tarilishi natijasida vaqtinchalik suv bosgan hududlardir. Bu holat kuchli yomg`ir yog`ishi, muzliklarning tez erishi, suv hovzalari va gidrotexnik inshootlar dambalarini buzilishi, dengiz tomondan daryolarga suvlarni shamol yoki tsunami orqali haydalishida yuz beradi. Suv bosishlari qisqa (bir necha soatdan bir necha haftagacha) va uzoq muddatli (2 haftadan ortiq) bo`ladi. Suv bosishi vaqtida odamlar sog`ligi va hayoti uchun real xavf tug`iladi, inshootlar va kommunikatsiyalar vayron bo`ladi, uskunalar ishdan chiqadi, hayvonlar halok bo`ladi, suv ostida qolgan ekin va moddiy boyliklar yo`qotiladi. Bundan tashqari suv bosish hududida hamda aholi ko`chirilgan joyda sanitar-gigenik va sanitar-epidemiologik holat yomonlashadi. Suv bosishidan ko`riladigan zararni kamaytirish uchun aholii o`rtasida ogohlantirish ishlari olib boriladi. er qimirlashi – eng xavfli va vayron qiluvchi favqulodda holatdir. er qimirlaganda atrofni o`rab turgan fazoda seysmik zarb kuzatiladi, vulqonlar otilishi, tsunamilar paydo bo`lishi, tog` qatlamlarini so`rilishi, qor va muzliklarni ko`chishi va boshqa hodisalar ro`y berishi mumkin. er yuzasidagi er qimirlash kuchini ball orqali ifodalash, uning ob`ektga ta`sirini esa er qimirlashning intensivligi sifatida qabul qilingan. er qimirlash kuchi 1 dan 4 ballgacha bo`lganda binolar va inshootlarga zarar etmaydi, er yuzasida va suvlarda o`zgarishlar kuzatilmaydi. Vulqon otilishi etarlicha xavfga ega bo`lgan geologik hodisa hisoblanadi. er qatlamida sodir buluvchi, otiluvchi jarayonlar hozirgacha etarlicha o`rganilmagan.
3. “Mehnatni muhofaza qilish to`g’risida” gi qonunning 19-moddasiga quyidagicha yozilgan. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o`z kasblari va ish turlari bo’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o`qishlari, yo`l-yo`riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o`tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o`tishlari shart. -Ma`muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek, boshqa ishga o`tayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o`rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko`rsatish bo’yicha yo`l-yo`riqlar berishlari shart. -O`ta xavfli ishlab chiqarishga yoki kasbiy tanlov tanlab qiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo’yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o`tiladigan o`quv o`tkaziladi. -Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha belgilangan tartibda o`qitish, yo`l-yo`riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o`tmagan shaxslarni ishga qo`yish taqiqlanadi. -Ma`muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha malakasini oshirib borilishini ta`minlashi shart. -“Mehnat kodeksi” ning 13-bobi 215-moddasida quyidagilar ta`kidlangan. -Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo`l-yo`riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi. -Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o`qishlarini ta`minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart. -Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o`quvdan, yo`l-yo`riqdan o`tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo`yish taqiqlanadi. -Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, institut, muassasalar, tashkilotlarining ishchi-xodimlariga, davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o`qishlari, yo`l-yo`riqlar olishlari borasida, shu korxonalarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilgan va ular ushbu soha bo’yicha javobgar shaxs hisoblanadilar. Ishlab chiqarishdagi kasallanishlar. Kasbiy va umumiy kasallanishlar noqulay ish sharoitlaridan kelib chiqishi mumkin. Kasbiy kasalliklar zararli ishlab chiqarish omillari ta’siridan kelib chiqadi (kasbiy zararlar). Ular vaqtinchalik, uzoq vaqtgacha yoki umuman ish qobiliyatini yo’qotishga (nogironlikka) olib kelishi mumkin. Kasb kasalliklarining ayrim hollari kasbiy zaharlanish deb hisoblanadi (o’tkir yoki surunkali). Kasb kasalliklarning etiologiyasi (kelib chiqish) bo’yicha fizikaviy omillar, chang, kimyoviy moddalar va biologik omillarning odam organizmiga ta’sir etishidir. Fizikaviy omillar natijasida sodir bo’ladigan kasbiy kasalliklarga titrash kasalligi kiradi va u odam organizmiga titrashni ta’sir qilishidan kelib chiqadi. Odam organizmiga og’ir jismoniy mehnat, odam tanasining ish vaqtida egilib turishi doimo ta’sir ko’rsatadi. Sovuqning ta’siri natijasida radikulitlar paydo bo’ladi. Odam organizmiga changning ta’sir qilishi natijasida sodir bo’ladigan kasb kasalliklariga surunkali kasbiy o’pka fibrozi, pnevmokonioz va changlardan uzoh vaqt nafas olish nati-jasida kelib chiqadigan kasalliklar kiradi. Kimyoviy moddalarning ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasbiy kasalliklarga surunkali va o’tkir zaharlanish, o’tkir va surunkali teri kasalliklari (dermatitlar va ekzemalar), kon’yuktivitlar va boshqalar kiradi. qishloq xo’jaligi xodimlarining organizmiga ko’pincha turli xil kimyoviy moddalar pestisidlar, kamroq hollarda mineral o’g’itlar, uglerod oksidi va boshqa kimyoviy moddalar ta’sir qiladi.
6-b.1. Texnogen halokatlar. Katta hududlarda portlash, yong`in, radioaktiv, ximiyaviy va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o`limlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish jarayonining keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar, ya`ni mashina va mexanizmlarni qo`qqisdan, kutilmaganda foydalanish davrida ishdan chiqib avariya hamda halokatlarga olib kelishi texnogen halokatlar deb ataladi. Texnogen halokatlarga sanoat ob`ekglaridagi, qurilish, temir yo`l, havo va avtomobil transporti, suv transportidagi quvurlar, gaz-neft` quvurlari va boshqa shu kabi ob`ektlardagi avariyalar misol bo`ladi. Bunday avariyalar natijasida yong`inlar va portlashlar kelib chiqishi, aholi yashash va sanoat binolarining buzilishi, radiatsion, ximiyaviy va biologik zaharlanishlar vujudga kelishi, har xil avariyalar oqibatida neft` mahsulotlari va zaharli moddalarni oqishi bilan er, suv va havoning ifloslanishi, aholi hayotiga va atrof-muhitga katta xavf tug`ilishi ro`y beradi. Texnogen halokatlar tashqi tabiiy omillar ta`sirida, jumladan, tabiiy ofatlar oqibatida, bino va inshootlarni loyihaviy va ishlab chiqarish nuqsonlari, kamchiliklari va ishlab chiqarish texnologiyasini buzilishi natijasida ro`y berishi mumkin.
2. Inson mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi (gomosfera), doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo`ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi: a) gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi; b) xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi; d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi. Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV) himoya vositalari kiradi. Ular o`z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
3. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mehnat muhofazasi (IX-bob). Har qanday mustaqil davlatning yoki demoqratik jamiyatning taraqqiyoti qay darajada bo’lishidan qat`iy nazar, o`zining ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari, ya`ni Konstitutsiyasi bo’lishi zarur. 8 dekabr 1992 yilda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinib, O`zbekistonda yashovchi barcha fuqarolarga, o`zlariga ma`qul va jamiyatga foydali bulgan mehnat bilan shug’ullanish, hunar o`rganish, ilm olish, ijod qilish, dam olish, sog’liqni muhofaza qilish, davolanish va boshqa huquqlar kafolatlangandir. Konstitutsiyaning IX-bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan, matn davomida “ Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan ( harbiy xizmat chog’ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat ta`qiqlanadi” deb qo`yilgan. 38-moddada ”Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to`lanadigan ta`tilining muddati qonun bilan belgilanadi” deyilgan. 39-moddada “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas“ deyilgan va bu (tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor) nafaqa miqdorini doimiy ravishda oshirish imkoniyatini tug’diradi. 40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilangan bo`lib, bunda tibbiyot xizmati bo’yicha cheklanish yo`qolib, turli - tuman kasalliklarni davolashda tibbiyot xodimlari o`z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo’ladilar, natijada davolash sohasida raqobat vujudga keladi va fuqarolar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
7-b. 1.xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrofmuhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar). Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
8-b 1. Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, "Hududgazta’minot" AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. Is gazi nima? Is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrositlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi. Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari. Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish; Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ulashishi; Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi; Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal; Yurak qismida: puls va AB ortishi; Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash). Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda; Avtoulovlar turargohlarida; Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda; Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda; Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
2. Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo`ladigan, insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar etkazadigan voqealardir. Hayot faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma`noda, ya`ni xavfning amalda sodir bo`lishi va insonlar sog’ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish mumkin. FH larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish mumkin. Avariyaga – texnik sistemada sodir bo`lib insonlar halok bo`lmagan, texnik vositalarni tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan voqealarni misol qilib keltirish mumkin. Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo`lib, insonlarning halok bo`lishiga yoki izsiz yo`qolishiga sabab bo`ladigan hodisalardir. Baxtsiz hodisalar – erdagi yuz beradigan FV lar bilan bog’liq bo`lib biosferani, texnosferalarni buzilishiga, insonlarni halok bo`lishi yoki sog’ligini yo`qolishiga sabab bo`ladigan holatlardir. Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob`ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH dan keyingi holati bo`lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, aholi va iqtisodga moddiy zarar etkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir. Ma`lumki, favqulodda holatlar o`ziga xos xususiyatlar va aniqlanishlarga ega bo`lib, bu ko`rsatkichlar asosida favqulodda holatlarni ta`riflash mumkin bo`ladi. YUqorida ta`kidlanganidek, insonning har qanday faoliyatida patentsial xavf mavjud bo`ladi. Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun, qandaydir sharoit yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi sharoit, baxtsiz hodisalarning sabablari deb tushuniladi. Sabablar ma`lum yoki noma`lum ko`rinishda bo`lishi va ular har doim ham mavjud bo`lmasligi mumkin. SHaxsga tahdid soluvchi xavflar dunyosi juda keng va u tinimsiz o`sib boradi. Ishlab chiqarishda, shaharda, maishiy sharoitda insonga bir vaqtda bir necha noxush omillar ta`sir qiladi. Ma`lum vaqtda ta`sir etuvchi zararli xavflar majmui «inson-atrof muhit» sistemasining joriy holatiga bog’liq bo`ladi. Barcha xavflar qator belgilari bo`yicha klassifikatsiyalanadi. Favqulodda holatlarga olib keluvchi barcha sabablarni va ularni identifikatsiyalashni puxta bilish, favqulodda holatlarni oldini olishning asosi hisoblanadi. SHu jihatdan sabablarni favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi mexanizm deb ham tushunish mumkin. SHunday qilib, ma`lum va noma`lum sabablar natijasida patentsial xavf yuzaga keladi va inson uchun turli xil kungi lsiz hamda oxir oqibatlarga olib keladi.
9-b . 3. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi - ishchilаrgа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrini tа’sirini оldini оluvchi vоsitаlаr, sаnitаr-tехnik, gigiеnik vа tаshkiliy tаdbirlаr sistеmаsidir. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasidа аsоsiy e’tibоr insоngа hаvо muhiti vа bеvоsitа tеgish оrqаli sаlbiy tа’sir etаdigаn ishlаb chiqаrishning zаrаrli оmillаrigа qаrаtilаdi. Hаvо оrqаli ishchigа tа’sir etаdigаn zаrаrlаr, nоqulаy mikrоiqlim, changlаr, gаzlаr, shоvqinlаr, infrа vа ultratоvushlаr, ish jоylаrini yoki хоnаni yetarlicha bo’lmаgаn vа judа hаm yoritilgаnligi elеktrоmаgnit, infrаqizil, ultrabinаfshа, rаdiоаktiv vа bоshqа nurlаnishlаr ko’rinishlаridа bo’lishi mumkin. Insоngа zаrаrli оmillаr ulаrgа bеvоsitа tеkkаndа hаm sаlbiy tа’sir qilishi mumkin. Ulаrgа qаttiq yoki suyuq zаrаrli ,,mоddаli" uskunаlаr yoki jihоzlаrni misоl qilib kеltirish mumkin. Оchiq mаydоnlаrdа dаlаdа jаrаyonlаrni bаjаrishdа ishchilаr хаvfsizligi vа sоg’ligi mеtеоrоlоgik (hаvо hаrоrаtining yuqori yoki pаstligi, shаmоl, yomg’ir, qоr, quyosh rаdiаtsiyasi vа bоshqаlаr) shаrоitgа hаm bоg’liq bo’lаdi. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasining vаzifаsi esа ishlаb chiqаrish zаrаrlаrining ruхsаt etilgаn dаrаjаsi аsоsidа sоg’lоm vа хаvfsiz mеhnаt shаrоitini yarаtishdir.
13-b 2. Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta`sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo`llaniladi. Ximoya vositalari qo`llanilish xarakteri bo`yicha guruhiy himoya vositalari (GHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo`linadi. Ularning ham har biri vazifasiga ko`ra sinflarga bo`linadi. Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma`qul sharoitlarni hosil qilishi va xavfsizlikni ta`minlashi lozim. Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan to`g`ri va qaytma (teskari) aloqada bo`ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya`ni tashqi ta`sirga nisbatan qarshi ta`sir ko`rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan.
24-b. 2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlashda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar asosiy o‘rin egallaydi. Mehnat qonunlari hujjatlari – jamiyatning mehnat sohasidagi va u bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarning yigindisi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari - texnika xavfsizligi bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan mehnat jarayonlarining meyorlarini o‘rnatish, ishchi xodimlarni ish jarayonidagi munosabatlarini tartibga solish va ularni huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ishchi va xizmatchilarni mehnat huquqlarini va burchlarini, mehnat intizomini, ishga qabul qilish kafolatlarini va mehnat sharoitlarni sog‘lom va xavfsizligini ta’minlash, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va Hayot faoliyati xavfsizligining boshqa qonunlari bo‘yicha yo‘riqlarni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlarini o‘rnatadi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarni asosiy maqsadlari: Fuqarolarni mehnat huquqlarini va erkinligini Davlat tomonidan kafolatlanishi; Qulay mehnat sharoitlarini yaratish; Ish beruvchilarini va xodimlarni huquq va istaklarini himoyalash; Ishlovchilarni ularni sog‘lig‘i va ish joyidagi jismoniy xavfsizligiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash (mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash); Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklar sodir bo‘lganida tovon pulini to‘lanishi kafolatlanadi; Ishlab chiqarishda jarohat olganlar uchun tibbiy va kasbiy reabilitatsiyasini o‘tkazish. Davlat tomonidan; - ish beruvchilar uchun ish beruvchi xodimlarni o‘z mehnat vazifalarini bajarish va ish beruvchining mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish talablari, - ishchi-xodimlar uchun xodimlarni Hayot faoliyati xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarda ishlash huquqlarini himoyalash kafolatlanadi.
25-b 1. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda ma’qullangan 36-moddadan iborat.
26-b 1. Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada buladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bulgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Atrof-muhit – insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir. Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo buldi. Tabiiy muhit o`zi etarli bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo’la oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bulganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum. Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topadi.
2. Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, "Hududgazta’minot" AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. Is gazi nima? Is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrositlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi. Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari. Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish; Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ulashishi; Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi; Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal; Yurak qismida: puls va AB ortishi; Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash). Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda; Avtoulovlar turargohlarida; Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda; Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda; Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
27-b .3. Inson mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi (gomosfera), doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo`ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi: a) gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi; b) xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi; d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi. Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV) himoya vositalari kiradi. Ular o`z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling