Ishlab chiqarishda zararli omillar, yoritish, shovqin, titrash, zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Yo`l qo`yilishi mumkin bulgan me`yorlar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o`tish davrlarida (tashqi havoning) o`rtacha kundalik harorati +10 °S dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (6.1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o`zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (6.2-jadval) ish joylari havosining oshgan harorati (ayniqsa, Markaziy Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bulgan ish joylarida) issiqlikning ancha ortiqcha bulishini kuzda tutadi. Bu tashqi muhitning issiq bulishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo`qotishning qiyinligi bilan bog’liq. Biroq bu holda ham me`yorlar yo`l qo`ysa buladigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bulgan ish joylarida havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi. Xonalarning katta-kichikligi, bir vaqtning o`zida ham issiqlik, ham namlikning ajralishi, doimiy harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan koeffitsientlarni ishlab chiqish lozim buladi. Ish nechog’liq og’ir bulsa, harorat shunchalik past va havo harakati shuncha yuqori buladi
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o`ringa ega hisoblanadi. Ko`rish inson uchun asosiy ma`lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma`lumotning taxminan 90% ko`z orqali olinadi. Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar etkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. YOrug’lik ko`zni qamashtirmaydigan bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko`zga to`g’ridan-to`g’ri tushmasligi kerak. YOrug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to`g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo`lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgartirib turishi natijasida ko`zining akkomodatsiya xususiyati buzilib, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. SHuning uchun ham korxonalarni me`yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi. Me`yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo`ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |