1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Xavfsizlikni ta`minlash uslublari va ularning turlari. Uslub (metod) -


Download 69.66 Kb.
bet5/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Xavfsizlikni ta`minlash uslublari va ularning turlari. Uslub (metod) - maqsadga erishish usulidir. Uslublar printsiplarni konstruktiv va texnikaviy jihatdan mavjud sharoitda shakllantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta`minlash uslublarini bilgan holda inson bilan ishlab chiqarish muhiti parametrlari orasidagi o`zaro ta`sirlarni muvofiqlashtirish mumkin, ya`ni ma`lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlikni ta`minlash 2 turga bo’linadi: gomosfera va noksosfera. Gomosfera - ko`rilayotgan faoliyat jarayoni vaqtida inson turgan zona. Noksosfera - har doim yoki davriy ravishda xavf sodir bo`lib turadigan zona. Uslub – A. Bu uslub gomosfera bilan noksosferani bir-biridan vaqtiy va (yoki) fazoviy jihatdan ajratishdan iborat. Bu uslub ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi. Uslub – B. Bu uslub xavfsizlik printsiplarini qo`llab xavflarning darajasini pasaytirish yoki xavflarni bartaraf qilish bilan noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirishga, hamda noksosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu uslub insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Uslub – V. Bu uslub tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanganlik xususiyatlarini oshirishga, hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, kasbiy o`qitish, instruktsiyalar berish, psixologik ta`sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo`llash bilan amalga oshiriladi. V-metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o`zgartirish uchun har xil vositalar qo`llaniladi.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, faoliyat xavfsizligi psixologiyasi va xavfsizliking iqtisodiy jihatlari. Ergonomika - bu mehnat jarayonlari va mehnat qonuniyatlari haqidagi fandir. Grekcha: ergon - mehnat va nomos - qonun degan so`zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika- texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiena fanlarining chegaralarida paydo bo`lgan fandir. Ergonomikada- anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya, biofizika va boshqa fanlarning ma`lumotlari qo`llaniladi. Egronomika so`zini birinchi bo`lib, 1875 yili o`zining “Ergonomika jihatlari, ya`ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. Yangi ilmiy fanni yaratish g`oyasi boshida, ya`ni 1921 yilda, rus olimlari V.M. Bexterev va V.N. Myasievlar uni “ergologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan. 1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birlashganlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Ergonomikaning o`rganish ob`ekti: “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimidir. Ergonomikaning maqsadi: Mashinalar va ishlab chiqarish qurollari parametrlarini, hamda ishlab chiqarish muhiti sharoitlarini insonning fizik va psixofiziologik imkoniyatlariga moslashtirishdir, ya`ni mehnat jarayonlarini me`yorlash (optimallashtirish) va barcha ko`ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal darajada kamaytirishdan iboratdir. Ergonomikadagi moslashish turlari quydagilardan iborat: Ma`lumotiy moslashish; Biofizik moslashish; Energetik moslashish; Fazoviy – antropometrik moslashish; Texnik - estetik moslashish.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling