1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Hayot faoliyat xavfsizligi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari


Download 69.66 Kb.
bet2/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Hayot faoliyat xavfsizligi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Mustaqillik sharofati bilan inson manfaati, uning qadr-qimmati va sihat-salomatligiga alohida e`tibor berilmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon Prezidentimiz olib borayotgan siyosat, huquqiy demokratik davlat qurish yo`lidagi sa`y-harakatlari tufayli mamlakatimiz aholisining turmush tarzi, madaniy va ma`naviy hayot darajasi kundan kunga taraqqiy etib bormoqda. Xalqimiz yangi ming yillikning dastlabki 20 - yilligiga qadam qo`ydi. Bu esa eng avvalo yangicha fikrlash, yangicha yashash sharoitiga o`tish demakdir. Ushbu sharoitda “inson-tabiat-jamiyat” o`rtasidagi muvozanatni saqlash faqat qonun ustuvorligi va keng ko`lamli izlanishlar asosida amalga oshirishi mumkin. «Jamiyat fuqarolarning huquklari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlangandagina u chinakam fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Kishi o`z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o`z huquqi va erkinliklarini himoya qila olishi lozim. Buning uchun avvalo mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur bo`ladi». Barcha fuqarolarning huquqiy me`yorlarga rioya etishi, qonun talablarini bajarishi, qonunga itoatkorligi, demokratik fuqarolik jamiyatda huquqiy madaniyatning yuqori darajasini ko`rsatadi.
Biosfera-barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bulgan atrof-muhit bo`lib, u murakkab tuzilishdagi er sharining muhim qobig’idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. Zamonaviy olimlar biosferani moddalarni planeta buyicha harakatini ta`minlovchi yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot er qatlamining yuqori (litosfera) qismida, erning pastki havo (atmosfera) qobig’ida va er sharining suvli qobig’i (gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada er osti suvlari va tog’ cho`kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100 oS va yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200 dan 1500 oS cha) ni tashkil etadi.
Erning yuzasida hayotning kontsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir. Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zining oziq-ovqat, moddiy boylik, iqlim va ob-havo ta`siridan himoyalanish, o`ziga qulaylikni oshirish buyicha ehtiyojlarini samaraliroq qanoatlantirishga intilib tabiiy muhitga birinchi o`rinda biosferaga to`xtovsiz o`z ta`sirini o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera - o`tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlarning o`zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir. Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi. Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada buladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, o`zining ma`naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling