Inson mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi (gomosfera),doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo`ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi: a. gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish
uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari
yordamidan foydalaniladi;
b.xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga c.ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi; d.
bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi. Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV) himoya vositalari kiradi. Ular o`z
navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi
bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan
qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya`ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo`ladi.
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish.Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro ta`siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi. Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo`lishi mumkin. Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi. Masalan, «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».